Kesim
(Shapes)
Yo‘nalish
(Path)
Loft obyektini
yaratish
% da kordinata yo‘li Kesim (Shapes)
First Point
(Splaynning bosh nuqtasi)
195
Yaratilgan loft obyektni keyinchalik Modify sahifasiga o‘tib
o‘zgartirish mumkin. Tegishli bo‘lmalarda quyidagi asosiy para-
metrlar mavjud:
1. Surface Parameters (Sirt parametrlari) bo‘lmasi: Smoothing
(Silliqlash) qism menyusi obyektni uzunligi va eni bo‘yicha
silliqlaydi; Mapping (Xaritani loyihalashtirish) qism menyusi
yaratilgan obyekt teksturasini loyihalashtiradi; Output qism
menyusida yaratilgan obyektning tuzilishi tanlanadi.
2. Path Parameters (Yo‘nalish parametrlari) yo‘nalish bo‘ylab
harakatlanish (Path qiymatini berish) va obyektga yangi kesimlarni
qo‘shish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu bo‘lmada
yo‘nalishlar koordinatalari o‘lchov birliklarini o‘zgartirish mumkin:
Percentage (Foizlarda); Distance (yo‘nalish uchidan kesim
joylashgan nuqtagacha masofa); Path Steps (Yo‘nalish qadamlari) –
splayn segmentlarining nuqtalari o‘rtasida ko‘chish.
3. Skin Parameters (Qobiq parametrlari) bo‘lmasi quyidagi
parametrlarga ega: Capping (Qopqoqlar) qism menyusi obyektni
tepadan va pastdan karkas bilan yopadi; Option (Opsiyalar) qism
menyusida loft obyekt geometriyasi o‘zgartiriladi: Shape Steps
(Kesishish qadamlari) va Path Steps (Yo‘nalish qadamlari)
buyruqlari obyekt segmentlari sonini beradi; Display (Displey) qism
menyusi Skin (Po‘st) parametri o‘chirilgan vaziyatda yaratilgan
obyekt karkasi aks etishini boshqaradi (5.48-rasm, b).
Izoh
: Bir qancha turli kesimlarga ega obyekt yaratilsa,
kesimlarning bosh nuqtalari mos kelmasligi mumkin. Natijada bir
kesimdan boshqa kesimga o‘tishda obyekt “buralib ketishi” mumkin
(5.48-rasm, a). Obyektning geometriyasini tuzatish uchun uning
kesimini burash (splaynlarning bosh nuqtalarini bir-birini ustiga
yotqizish) zarur.
a)
b)
5.48-rasm. 5.49-rasm.
196
Modify sahifasida, qo‘llangan modifikatorlar ro‘yxatida loft
ierarxiyasini ochish va Shape (Shakl) bandini tanlash zarur (shundan
so‘ng obyektning alohida kesimlarini o‘zgartirish mumkin). So‘ngra
Shape Commands (Shaklni tahrirlash buyruqlari) bo‘lmasidagi
Compare (Taqqoslash) tugmasi bosiladi. Paydo bo‘lgan oynada Pick
Shape tugmasi bosiladi va proeksiya oynasidagi barcha kesimlarni
tanlanadi (5.48-rasm, b) (ushbu holda aylana kesimning bosh
nuqtasi boshqa kesimlarga mos tushmayotganligi ko‘rinib turibdi).
Shundan so‘ng proeksiya oynasida zarur kesimlar tanlanadi va bosh
nuqtani Select and Rotate buyruqlari yordamida ko‘chiriladi (5.49-
rasm).
5.50-rasm. Loft obyekt deformasiyasi: 1. Scale (Masshtab); 2) Twist
(Burish); 3.Teeter (Tebranish); 4. Bevel (Qiyshaytirish); 5. Fit
(Moslashtirish).
Loft obyekt qobiqlarini tahrir qilishdan tashqari unga turli
deformasiyalarni (Deformations bo‘lmasi) qo‘llash, ya’ni uning
shaklini o‘zgartirish mumkin (5.50-rasm): 1. Scale (Masshtab) –
yo‘nalishning har bir nuqtasida obyektni masshtablaydi; 2) Twist
(Burish) – obyekt kesimini o‘q atrofida buraydi; 3.Teeter (Tebranish)
– obyekt kesimlarini burish; 4. Bevel (Qiyshaytirish) – kesimlarning
o‘tkir burchaklari va qirralarini qiyshaytiradi; 5. Fit (Moslashtirish)
– yaratilgan splayn shaklini qabul qilish imkonini beradi.
197
Biror-bir deformasiya yoqilganda uning parametrlarini tah-
rirlash oynasi paydo bo‘ladi. U o‘zida grafikni ifodalab, har qanday
o‘zgarishlar obyektni shaklini o‘zgartiradi (5.51-rasm).
5.51-rasm. Scale Deformations parametrlari oynasi.
Tarkibli obyektlarning boshqa turlari
BlobMesh (Tomchi-Karkas) obyekti obyektlarning bir-biriga
qo‘shilishini ta’minlaydi (5.52-rasm). Buning uchun BlobMesh
obyektini yaratish, Blob Objects qism menyusida Pick tugmasini
bosish hamda obyektlarda ko‘rsatish zarur.
5.52-rasm. Blob tipidagi obyekt. 5.53-rasm. Scatter tipidagi
obyekt.
Turli o‘qlar bo‘yicha
deformatsiyalash
Nuqtalar joyini
o‘zgartirish
Grafikada nuqtalar
yaratish
198
Scatter (Joylashtirish) buyrug‘i bir obyektning ko‘pgina nus-
xalarini boshqa obyekt sirtiga joylashtirish imkonini beradi. Dastlab
taqsimlash lozim bo‘lgan obyektni tanlash, so‘ngra Scatter
buyrug‘ini
faollashtirish
hamda
Pick
Distribution
Object
(Taqsimlanadigan obyektni ko‘rsatish) tugmasini bosish zarur.
Duplicates (Dublikatlar) parametri taqsimlanadigan obyektlarning
sonini beradi. Distribution Object Parameters (Taqsimlash obyekti
parametrlari) qism menyusida obyektni joylashtirish variantlarini
ko‘rsatish mumkin. 5.53-rasmda shar obyektiga konus obyekti
joylashtirilgan.
Connect (Birlashtirish) buyrug‘i agarda ikkala obyekt
karkasida teshik bo‘lsa, ularni birlashtirish imkonini beradi.
Obyektni tanlash uchun Connect buyrug‘ini faollashtirish, so‘ngra
Pick Operand (Operand tanlash) tugmasini bosish hamda ikkinchi
obyektni tanlash zarur.
Terrain (Landshaft) obyekti o‘zida turli balandlikda joylashgan
splaynlarning yopiq konturlaridan yaratilgan sirtni ifodalaydi.
ShapeMerge (Splayn bilan birlashish) buyrug‘i uch o‘lchovli
obyektda turli splaynlarni kesib olish imkonini beradi (5.54-rasm).
Obyektni tanlash uchun ShapeMerge buyrug‘ini faollashtirish,
shundan so‘ng Pick Shape (Splaynni tanlash) tugmasini bosish
zarur.
5.54-rasm. ShapeMerge tipidagi obyekt.
199
5.55-rasm. Conform tipidagi obyekt.
Conform (Moslashtirish) buyrug‘i bir obyektning uchini
boshqa obyekt sirtiga joylashtiradi. 5.55-rasmda Conform obyekti
yordamida sirtga joylashtirilgan yo‘nalish tasmasi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |