7-AMALIY MASHG`ULOT TAJRIBANI QO`YISH TEXNIKASI. TAJRIBA VARIANTLARINI JOYLASHTIRISH VA HIMOYA QATORLARINI AJRATISH. Dars maqsadi: Talabalarga tajriba uchun mo’ljallangan dalani taqsimlash,
zarur bo’lgan asbob-uskunalar bilan ishlashni, variantlarni standartli, sistematik va
rendomizatsion usulda joylashtirish va tajriba uchastkasi maydoni yuzasini topishni o’rgatishdan iborat.
Identiv o’quv maqsadlari: 1. Tajrba uchastkasi maydonini taqsimlashda ishlatiladigan asbob uskunalardan foydalanish usulini biladi.
2. Tajriba uchastkasining umumiy hamda, variantlar va qaytariqlar yuzasini hisoblay oladi.
3. Variantlarni standartli, sistematik va rendomizatsion usulda joylashtira oladi.
Kerakli jihozlar: teodolit yoki ekker, 20 metrlik ruletka, chizimcha, 1,5-2 m
uzunlikdagi nishon qoziq, burchakli ustuncha (reper), 25-30 sm.li taxta oziqchalar, jadvallar.
Ishni bajarish tartibi: Tajriba o’tkazish amaliyotida variantlarni tajriba
qo’yish uchun uchun tayyorlangandan keyin tajribani joylashtirish uchun
mo’ljallangan joy sxematik rejaga o’tkazilishi unda takrorlashlar, paykallar, ixota
polosalari va boshqa band qilgan hamma maydonlar aniq ko’rsatilishi kerak.
Shu sxematik rejaga ko’ra tajriba qo’yiladi, ya’ni har bir takrorlash va
paykallarning umumiy chegarasi ajratiladi hamda yozib qo’yiladi. Barcha
takrorlashlarda hamma paykallar bir xil uzunlikda va kenglikda bo’lishi hamda qat’iy burchak shaklida joylashishi shart.Dalaga chiqish oldidan to’g’ri burchaklar ajratish uchun teodolit yoki ekker, tajriba chegaralarini belgilash uchun 20 metrlik ruletka, chizimcha, 1,5-2 m uzunlikdagi 5-10 ta nishon qoziq, 4-ta to’g’ri burchakli ustuncha (reper) hamda paykal chegaralarini belgilash uchun eni 3-4 sm va bo’yi 25-30 sm.li taxta qoziqchalar oldindan tayyorlab qo’yiladi. Qoziqchalar soni paykallar sonini ikki hissa ko’paytirilganidan 10-12 dona ortiq bo’lishi kerak.
Bo’laklarga joylashtirish uslubiyatining uch asosiy guruhlari mavjud:
standartli, sistematik va (tasodifiy) rendomazitsiya.
1. Standart guruhida - har bir qaytarilishdagi variantlar orasida kontrol
(standart yoki taqqos)ning tez-tez ya’ni 1-2 tajriba varianti bo’laklaridan so’ng
kelishidir (1-chizma).Variantlarning bu guruhida joylashish tartibi qaytarilishlarda o’zgarmas bo’lib qolishi taqozo etiladi. Standartli guruhda tajriba bo’laklarining joylashtirishning tajriba maqsadi va yer sharoitidan kelib chiqqan holda turli ko’rinishlari bo’ladi.
A) Yuqoridagi chizma variantlari ikki qatorda joylashishi talab etilsa u
quyidagicha ko’rinishga ega bo’lishi mumkin;
B) Variantlar bo’laklarini standartning bir tajriba variantidan so’ng uchrashi
holatidagi chizmasi quyidagicha.
Quyidagi chizmalardan bir qarashda tajribani amalga oshirish
murakkablashganday tuyiladi. Lekin, imkoniyat darajasida amalga oshirilsa bu
tadbirlar tajriba natijasida tajriba xatosini kamaytirib uning aniqligini oshiradi.
Variantlarni sistemali joylashtirish uslubiyati tajriba uchastkasi tuprog’ini
unumdorligini sekin-asta o’zgarib borib qo’shni variantlar hosili orasida korrelyatsion bog’lanish paydo bo’lishiga asoslangan. Shuning uchun ham har bir tajriba variant o’zining taqqosi (standarti) bilan tenglashtirilib hosili bir nomli variantlarda o’suvchi interpolyatsiya usulida hisoblanadi. Tuproq unumdorligi o’sishiga qarab funktsiyaning o’rta ko’rsatkichi topiladi. Tajriba dalasida variantlarni bu usulda joylashtirilishining tadqiqotchiga qulayli tomonlari shundan iboratki, birinchidan u oddiy, birinchi qaytarilishdan variantlar bo’laklari tartibi o’zgarmas holatda boshqa hamma qaytarilishlarda davom etadi. Ikkinchidan, tuproq unumdorligi farqining natijaga ta’sirini ahamiyatsizligini ta’minlab tajriba xatosini kamaytiradi. Standart guruhini joylashtirish usuli odatda selektsionerlar tomonidan foydalaniladi. Chunki yangi yaratilayotgan tizma yoki navlar urug’i dastlabki urug’ ko’paytiruv davrida kam bo’lgani uchun ko’p qatorli qaytarilishli tajriba yaratilishiga imkoniyat yo’q va har bir qator o’z standarti bilan tenglashtirilib uning afzalligi tekshiriladi. Variantlarni sistemali joylashtirish uslubiyati-tajriba qaytarilishlarining har birida tajriba va standart variantlari ma’lum bir alohida-alohida sistemalarda joylashtiriladi. Bizning vatanimiz tajriba amaliyotida sistemali joylashtirishning turli kichik xillari paydo bo’lgan, chunki tajribalar maqsad, vazifa va variantlar soni bilan bir-biridan tubdan farqlanadi. Eng oddiy sistemali joylashtirish uslubiyati tajriba variantlarini bir yarusli qaytarilish va bo’laklarda joylashtirilishidir (4-chizma).
Bu tartibda variantlarni tadqiqotchi tuproqqa ishlov berishni, o’g’it solish,
ekish, kuzatuv hosilni yig’ib olish tadbirlarni tashkiliy osonlashtirishni nazarda tutib bo’laklarni bir xil ketma-ketligida joylashtiradi. Agarda 2-chizmadagi kabi
tajribaning birinchi qaytarilishida 5 variant 1, 2, 3, 4 va 5 ketma-ketligida
joylashtirilgan bo’lsa keyingi hamma qaytarilishlarda bu ketma-ketlik saqlanib
qoladi. Tajribalar amaliyotda variantlarni sistematik joylashtirishda ikki ketma-ket bir yarusga va shaxmatli, qaytarilishlarni bir necha yaruslarda joylashtirish xillari hukm suradi. Yuqoridagi 3-chizma birinchi, bir yarusli joylashtirishga misoldir.
Variantlarni shaxmatli joylashtirish uchun variantlar joylashgan bo’laklarning
qaytarilishlari bo’yicha joylashuvi yaruslarda suriladi. Bu albatta bir nomli variantlar tomonidan uchastka qonuniy tuproq variatsiyasi kuchini butunlay qamrab olib tajriba variantlari effekti natijasiga ko’rsatadigan kuchini kamaytiradi.
Har bir ko’zda tutilgan yaruslarga variantlarni joylashtirishda surilishi kerak
bo’lgan variantlar soni umumiy variantlar soni rejasidagi yaruslar soniga bo’linadi.
Masalan, 6 - varintli tajribani ikki yarusga joylashtirish ko’zda tutilsa ikkinchi yarus uchun 3 nomerni surish kerak (6 : 2 =3), uch yarusli ko’zda tutilsa, har bir yarusga 2- tadan variant joylashish kerak va h.z. 5-chizma
8-variantli tajribani ikki yarusda bo’laklarga sistemali joylashtirish misoli
quyidagicha bo’ladi.
Bu uslubiyat agronomiya fani tarixida asosiy variantlarni joylashtirish
uslubiyati edi. U o’zining oddiyligi va uning yomon tomoni variantlar
ko’rsatkichlarining sezib bo’lmas o’zgarishi natijasida tajriba xatosiga statistik bahoberish ishonchsizligi. Shuning uchun ham bu uslub hozirgi vaqtda chet ellar
izlanishlar amaliyotida foydalanilib olingan statistik tahlil ahamiyatiga ega
bo’lmaydi.
Hozirgi kunda, aksariyat ko’pchilik tajribalarda tasodifiy yoki rendamizatsiya
variantlarini joylashtirish uslubiyati keng qo’llaniladi. Bu tartib tajriba variantlarining qaytarilish bo’laklarida joylashish imkoniyatlarini tasodifiy belgilash tartibiga asoslanadi. Bunda variantlar bo’laklarga jerebellanib belgilanadi, ya’ni har bir variant qaysi tartibga tushish uchun jerebiyada bir xil imkoniyatga ega bo’lib qaytarilishlar ichida o’z tartib o’rnini egallaydi.
Masalan, 3-chizmada 5-variantli tajribada variantlarni rendomizatsiyali 4 qaytarilishda joylashish misoli 6-chizmada keltirilgan. Dala tajribalari amaliyotida eng ko’p tarqalgan variantlarni rendomizatsiyalash texnikasi quyidagicha:
Variantlar nomerlanadi yoki harflar bilan belgilanadi. Bu nomer yoki harflar
har qaysisi alohida kartochkalarga yozilib, yaxshilab aralashtiriladi. Har bir kartochka tasodif holda to’dadan sug’urilib uning nomeri, qog’ozga sxemadagi bo’sh bo’lakcha katagiga yozib boriladi. Mana shu tartibda variantlar navbati hosil bo’ladi. har bir qaytarilishga kartochkalar alohida aralashtiriladi.