200
Tayanch iboralar
: Create buyruqlar paneli, standart va
kengaytirilgan
primitivlar, Shapes turidagi obyektlar, obyektlarni
ko‘paytirish, obyektlar guruhi, bog‘lashlar, morfing, Loft obyektlar.
5.4. Modifikatorlar. Obyektlarni qurish (Mesh, Poly, Patch,
Splain, NURBS modellashtirishlari)
Modifikatorlar
Create sahifasida joylashgan geometrik obyektlar, keyinchalik
tahrirlash uchun mo‘ljallangan yarim tayyor obyektlar hisoblanadi.
Yaratilgan primitivlarni o‘zgartirish uchun ushbu grafik paketda
uskunalar mavjud bo‘lib, u o‘zida modifikatorlar deb ham
ataladigan buyruqlar to‘plamini ifodalaydi.
Modifikatorlarning har xil turlari mavjud:
obyekt shaklini
o‘zgartiruvchi, obyektga materiallarning joylashishini nazorat
qiluvchi, deformasiyalanuvchi sirtlar va b.
Modify (o‘zgartirish) sahifasining tuzilishi
Modify (O‘zgartirish) sahifasi obyekt va
modifikatorlar
parametri bilan ishlashga mo‘ljallangan (5.56-rasm).
Modifier List ro‘yxatidan modifikatorni obyektga qo‘llash
mumkin. U tanlangan obyekt nomi ostida, yoki bosh menyuning
Modifiers bandida joylashadi.
Modifikatorlar ro‘yxati uch toifadan tarkib topgan: Selection
Modifiers (Modifikatorlarni tanlash) – ushbu modifikatorlar
obyektning tarkibiy qismlarini tanlash va tahrirlash uchun mo‘ljal-
langan; World–Space Modifiers (Global-fazoviy modifikatorlar) –
dunyoviy koordinatalar sistemasidan foydalanuvchi modifikatorlar
ro‘yxati (Soch va mo‘ynani yaratish (Hair and Fur),
obyektga
materialni masshtablash (Map Scaler) va b.); Object–Space
Modifiers (Obyektli-fazoviy modifikatorlar) – obyektning lokal
koordinatalar sistemasidan foydalanuvchi modifikatorlar ro‘yxati.
201
5.56-rasm. Modify (O‘zgartirish) sahifasining tuzilishi
Obyektga qo‘llanilgan modifikatorlar ro‘yxati, shuningdek,
obyektning o‘zini parametrlari modifikatorlar stekida (Modifier
Stack) joylashgan (5.56-rasm). Obyektga qo‘llanilgan barcha modi-
fikatorlar stekning yuqori qismida, pastgi qismida esa obyektning
o‘zini parametrlari joylashadi.
Obyektni tahrirlash jarayonida qo‘llanilgan modifikatorlarning
ixtiyoriy biriga qaytish va uning parametrlarini o‘zgartirish mumkin.
Modifikator nomidan chapda turgan lampochka belgisi obyektga
uning akslanishini yoqish/o‘chirish imkonini beradi.
Modifikatorlar
holatini o‘zgartirish mumkin, buning uchun ro‘yxatdan ixtiyoriy
modifikatorni tanlash, sichqonchaning chap tugmasini bosish va uni
ro‘yxatning kerakli joyiga olib o‘tish zarur.
Modifikatorlarni bir vaqtda bir qancha obyektlarga qo‘llash
mumkin. Ushbu holatda har bir tanlangan obyektlar stekida
modifikator nomi qiya bosma yoki qalin harflar bilan yoziladi
(qo‘llash usuliga bog‘liq) va uning parametrlarini o‘zgartirish
barcha tanlangan obyektlarga ta’sir qiladi.
Modifikatorlar steki ro‘yxatiga sichqonchaning o‘ng tugmasini
bosish qo‘shimcha menyuni chaqiradi. Uning yordamida modifika-
Modify (O‘zgartirish)
sahifasi
Modifikatorlar ro‘yhati
Modifikatorlarning quyi
obyektlari (Sub-Objects)
Modifier Stack
(modifikatorlar steki)
Modifikatorlar parametri
beriladigan bo‘lma
Modifikatorni
o‘chirish/yoqish
Obyektga
tayinlangan
modifikatorlar ro‘yhati
202
tordan nusxa olish (Copy) va uni boshqa obyekt stekiga qo‘yish
(Paste) mumkin. Ushbu menyuning Collapse All (Hammasini
o‘chirish) buyrug‘i barcha modifikatorlarni o‘chiradi va obyektni
tahrirlanadigan karkasga o‘zgartiradi (Editable Mesh). Bu
kompyuter xotirasini tozalash uchun zarur (har bir modifikator
o‘zining individual parametrlarini tahrirlash uchun xotiradan
foydalanadi).
Ko‘pgina modifikatorlarda parametrlarni tahrirlash uchun
umumiy buyruqlar mavjud, ulardan biri Limits (Limitlar) qism
menyusi hisoblanadi. Mazkur buyruq yuqorida (Upper Limit) va
pastda (Lower Limit) cheklovchi tekislikni belgilaydi, obyektga
ushbu modifikatorning ta’sir etishi tarqalmaydi.
Aksariyat modifikatorlarni qo‘llashdan so‘ng, modifikator
berilgan obyektni qanday o‘zgartirishi ustidan nazoratni amalga
oshiradigan cheklovchi konteyner (Gismo) obyekt atrofida paydo
bo‘ladi. Gismo holatini tahrirlash uchun stekda modifikator nomi
ro‘parasigi «+» belgisini bosish kerak, va ochiladigan ierarxiyada
(Gismo) ost obyektni yoki cheklovchi konteyner markazini (Center)
tanlash zarur.
Stek ostida belgilangan modifikatorni
tahrirlash uchun beshta
tugma joylashgan (5.56-rasm):
1. Pin Stack (Stekni belgilab qo‘yish) – ushbu tugmani
faollashtirganda, belgilangan modifikator parametrlari kirish
mumkin bo‘lib qoladi, hattoki boshqa obyekt tanlangan bo‘lsa ham.
2. Show end result on/off toggle (Oxirgi/oraliq natijani
ko‘rsatish) – agar ushbu tugma bosilsa, u holda stekda
modifikatorlar bo‘yicha ko‘chirishda, barcha modifikatorlarni
qo‘llashning yakuniy natijasi har doim ko‘rinadigan bo‘ladi.
3. Make Unique (Yagona qilib tayyorlash) –
ushbu tugma
bosilgandan so‘ng, obyekt boshqa nusxalangan obyektlar o‘rtasida
aloqani o‘zadi va yagona bo‘ladi.
4. Remove modifier from the stack (Stekdan modifikatorni
o‘chirish) – tanlangan modifikatorni o‘chiradi.
5. Customize Modifier Sets (Modifikatorlar to‘plamini
o‘zgartirish) – ochiladigan menyuda modifikatorlarni faollashtirish
uchun tugmalar to‘plamini belgilash, shuningdek, modifikatorlar
ro‘yxatiga to‘plamlarni qo‘shish mumkin.
203
5.6-jadval
Object–Space Modifiers (Obyektli soha modifikatorlari) guruhidagi
asosiy modifikatorlar
Do'stlaringiz bilan baham: