htskiylarning tadqiqotlarida o‘zbek xalqining etnik tarixi, ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti, geopolitik joylashuvi, o ‘zaro ichki va tashqi
aloqalari, a n ’anaviy turm ush tarzi va madaniyatiga doir ko‘plab
ilmiy materiallar to ‘plangan.
XX asrning birinchi choragida R espublikam iz hududida
cMnografik tadqiqotlarni o ‘tkazishda yosh Turkiston Respub-
likasining fan va m aorif tashkilotlari tom onidan ancha jonkuyar-
lik ko‘rsatilgan. 1921 -yilda mahalliy hokim iyat tom onidan o ‘z
d av rin in g m a sh h u r e tn o g ra f o lim la rid a n ta sh k il to p g a n
“Turkiston tub aholisining maishiy turm ushini o'rganish
ilmiy
komissiyasi” faoliyat yuritgan. Aynan shu komissiya ishtirokida
mashhur elshunos tadqiqotchi olim A.A. Divayev rahbarligida
Sirdaryo viloyati va 0 ‘rta Osiyo xalqlari etnografiyasining
hilimdonlaridan biri M.S. Andreyev boshchiligida Sam arqand
viloyatida yashovchi el-uluslar etnografiyasi va boy folklor —
xalq og‘zaki ijodi na’munalarini o‘rganish bo‘yicha etnofolkloristik
ckspeditsiyalar uyushtirilgan.
1928 — 30-yillarda yirik o ‘zbek folklorshunoslari G ‘ozi —
Olim Yunusov vaH odi Zaripov ham da m ashhur rus etnografi
L.P. Potapov tom onidan o ‘zbek xalqi m adaniyati, etnografiyasi
va folklorini o ‘rganish borasida uyushtirilgan maxsus ekspeditsiya-
lar jarayonida ham mahalliy aholining o ‘ziga xosligi yuzasidan
juda boy materiallar to ‘plangan.
XX
asrning 20 — 30-yillariga qadar etnografiya muammolari
bilan ko‘proq rusiyzabon olim lar shug‘ullangan
b o isalar, 30-
yillar oxiriga kelib M.A. Bikjanova, Sh. Inog‘omov, T. M ir-
giyosov, M. Yusupov, H. Husanboyev, G. Alimov, A. Boltayev,
M. Saidjonov kabi m ahalliy m utaxassis-etnograflarning yan
gi avlodi shakllangan. Bu davrda yaratilgan tadqiqotlar muzeylarda
va ilmiy markazlarda bajarilgan b o iib , ularning asosiy ilmiy
natijalari, asosan, turli jurnallarda m aqolalar tarzidagina e’lon
qilingan.
Etnografiya fani tarixshunosligi bilim donlaridan biri tarix
fanlari doktori A. Doniyorovning yozishicha, o‘sha yillarda etnograf
va tarix c h ila r o ‘zbek h am d a q o raq alp o q xalqlari va ular
ajdodlarining kelib chiqishi — etnogenezi
m uam m osini faol
o ‘rganishga kirishganlar1. N atijada, qator kom pleks ekspe-
ditsiyalar tom onidan m uhim tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu
borada, ayniqsa, mashhur arxeolog va elshunos olim S.P. Tolstov
boshchiligidagi Xorazm arxeo-etnografik ekspeditsiyasi muhim
o ‘rinni egallaydi. M azkur ekspeditsiya tarkibida o'zlarining
dastlabki ilmiy izlanishlarini olib borgan T.A. Jdanko, K.L.
Zadixina, I. Jabborov, S. Kamolov, G.P. Snesarev kabi tad
qiqotchilar keyinchalik m ashhur etnograf olimlar bo‘lib yetish-
ganlar. Ular Xorazm vohasida yashovchi xalqlar — o ‘zbeklar,
qoraqalpoqlar, tu rk m an lar va qozoqlarning m adaniyati va
turmushiga oid ko‘plab fundamental asarlar yaratganlar.
Xorazm ekspeditsiyasi tadqiqotlari, bir tom ondan, 0 ‘zbe-
kiston etnograflari uchun mintaqa xalqlarining etnogenezi, xo'jalik
o ‘tmishi, moddiy va m a’naviy madaniyati tarixi,
turm ushi va
urf-odatlarini tadqiq etishdek murakkab masalalarni hal etish
imkoniyatini yaratdi. Ikkinchi tom ondan, arxeologik va etnogra
fik tadqiqotlar, ularning xulosalari orqali tarixchilarning tadqi-
qotchilik amaliyoti uchun muhim hisoblangan ijtimoiy insti-
tutlar va oilaviy munosabatlar tarixini asoslashga xizmat qiluv-
chi muhim ilmiy asoslar yuzaga kelgan.
1943-yilda 0 ‘z FA Tarix va arxeologiya instituti tarkibida
Etnografiya bo'limining tashkil etilishi respublikada etnografik
ilmiy izlanishlarni
yanada jonlantirib yubordi, deb hisoblash
mumkin. Bu davrda tadqiqotchilar tom onidan, asosan, tarixiy
va zamonaviy etnografiya ham da o ‘zbeklarning etnik m u am
molari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borildi.
1950 — 53-yillar mobaynida Farg‘ona vodiysini o ‘rganish
bo‘yicha tashkil etilgan ekspeditsiya jarayonida Namangan va
Farg‘ona viloyatlari qishloq aholisi turmushida sovet davrida yuz
bergan o'zgarishlar kommunistik mafkura nuqtai nazaridan
o'rganilgan.
1960 — 70-yillarda o'zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi,
etnik tarkibi hamda mintaqalardagi qator subetnoslar bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: