A ashirov, sh. Atadjanov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/142
Sana14.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#671921
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
Bog'liq
Ashirov A. Etnologiya

NAM ANGAN DAVLAT 
№55 
UNIVERSITET1 
{ ^ fC £ 0
A h Ь о г о t - r« s u r s m a 
r
k a 
1
1


Mustaqillik 
yiJlarida etnologiya fani. 
XX asr davomida etnolo­
giya yo‘nalishida boy empirik va nazariy materiallar yig'ildi. XX asr­
ning birinchi yarmida bajarilgan akademik tadqiqotlarda ko‘proq 
o'tmishga aylanayotgan an’anaviy urf-odatlar to ‘g‘risidagi m a’lu- 
motlarni yozib olishga diqqat-e’tibor qaratilgan bo‘lsa, XX asr ik­
kinchi yarmidan boshlab mavjud vaziyat o‘zgardi va etnologik mate- 
riallarning kolarni kengaydi, amaliy qadr-qimmati osha boshladi.
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin etnologiya fani ham 
yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa, etnogenez va etnik tarix 
muammolari bo‘yicha qator tadqiqotlar yaratildi. Bu sohada 
etnologiya fani daig‘alaridan biri, akademik Karim Shoniyozovning 
qator fundamental tadqiqotlari va monografiyalari alohida e’tiborga 
molikdir. Zahmatkash va fidoyi olim K. Shoniyozov o ‘zining 
qariyb yarim asrlik ilmiy faoliyati m obaynida 0 ‘rta Osiyo 
m intaqasida yashovchi o ‘zbeklar va boshqa qardosh xalqlar 
etnogenezi va etnik tarixini izchil o ‘rgandi. Natijada, bu mavzu 
doirasida bir necha yirik monografiyalar va yuzdan ortiq ilmiy 
maqolalar yaratildi. Olimning « 0 ‘zbek qarluqlari» (Т.: 1964), 
« 0 ‘zbek xalqining etnik tarixiga oid»(T.: 1974), « 0 ‘zbek xalqining 
moddiy madaniyatidan etnografik lavhalar»(T.: 1981), «Qang‘ 
davlati va qang‘lilar»( Т.: 1990), «Qarluq davlati va qarluqlar» 
(Т.: 1999), « 0 ‘zbek xalqining shakllanish jarayoni»( T.:2000) 
kabi fundamental monografiyalari boy tarixiy manbalar, ko‘pdan- 
ko‘p folklor-etnografik ekspeditsiyalarning materiallari asosida 
yaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. K. Shoniyozov 
o ‘zining o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixiga oid fundamental 
tadqiqotlari orqali o ‘zbek xalqi etnik tarixini o ‘rganishda yangi 
ilmiy yo‘nalishga asos soldi. Tarixiy va etnografik m a’lumotlarni 
arxeologiya, antropologiya, numizmatika, folklorshunoslik va 
tilshunoslik kabi yondosh fanlar yutuqlari bilan qiyosiy o ‘rganish 
va m uam m oni yoritishda muayyan ilmiy xulosalarga kelish 
0 ‘zbekiston etnologiyasi fanida Karim Shoniyozov asos solgan 
yangi yo‘nalishning muhim bir xususiyatidir. Shuning uchun 
ham akademik olimning tadqiqotlari nafaqat respublikamizdagi 
ilmiy jamoatchilik tom onidan yaxshi kutib olingan, balki xorijlik 
mutaxassislar tom onidan ham e ’tirof etilgan.


i I nogcnez va etnik tarix inuammolarini tadqiq qilishda akademik 
A Asqarovning ham xizmatlari kattadir. Taniqli olim o ‘z tad- 
(|K|ollarida birinchilardan bo‘lib tarixiy va arxeologik, etnografik 
vn imtmpologik manbalarga ham da adabiyotlarga asoslanib, 
ii’/bcklarning shakllanish jarayonini bir necha bosqichlarga bo‘lib 
ladqiq qilgan va qator nazariy-metodologik hamda ilmiy konseptua! 
xulosalar chiqargan. Mualiif keyingi yillardagi tadqiqotlarida 
etnogenez va etnik tarix muammolari bilan jiddiy shug‘ullanib, 
d u o s nazariyasiga oid bir qator ilmiy arijum anlar va sem inarlar 
liishkil etdi ham da bu borada o ‘zining qator ilmiy-nazariy va 
melodologik qarashlarini ilgari surdi.
Sluiningdek, bu davrda xalqimizning moddiy va m a’naviy 
uiiulaniyati, oilaviy va jamoaviy hayoti, etnoslararo jarayonlarni 
o'rganish borasida ham ancha samarali ishlar bajarildi. Xususan, 
o'/tick oilasi tarixi (O. Bo‘riyev), to ‘y va motam marosimlari (H. 
Ismoilov, Q. Nasriddinov), an ’anaviy uy hunarmandchiligi (X. 
I'oshcv va M. 0 ‘roqov), o'zbeklar orasidagi mahalla va qo‘ni- 
(|o‘shnichilik an ’analari (Z. Orifxonova), qadimiy diniy e’tiqodlar 
va ularning o‘zbek xalqi turmush tarzidagi izlari (A. Ashirov), 
etnoslararo jarayonlar (U. Abdullayev) mavzulari doirasida qator 
ilmiy monografiya va risolalar e’lon qilindi. Shu bilan birga 0 ‘zbe- 
kistonning tarixiy etnografik mintaqalari - Toshkent shahri (Z. 
( )iifxonova, G. Zunnunova), Buxoro vohasi (A. Jumayev, M. Qur- 
bonova), Farg'ona vodiysi (Sh. Abdullayev, U.Abdullayev, V. Haq- 
liyev, A. Ashirov, B. Tursunov, I. Xo'jaxonov), Janubiy 0 ‘zbe- 
kiston (O. Bo‘riyev, Q. Nasriddinov, F. Rahmonov, G. Tosheva, S. 
Tursunov, A. Qayumov, B. Hamroqulova, M. Ibragimova) etno- 
logiyasini tadqiq etish borasida samarali natijalarga erishildi.
0 ‘zbekistonda etnografiya va etnologiya fanining tarixshunosligi 
(Л. Doniyorov, D. Hoshimova), m azkur fanning Oliy o ‘quv 
yurt larida o'qitilishi bo'yicha qo‘llanma va risolalar (I. Jabborov, 
(). Bo'riyev, T. Salimov, B. Isoqov), etnologiya atam alarning 
qisqacha lug‘ati (O. Bo‘riyev va T. X o‘jamberdiyev) chop etildi.
Hozirgi davrga kelib, 0 ‘zbekiston Respublikasining qator 
ilmiy maskanlarida mazkur yo‘nalishda jiddiy tadqiqotlar amalga 
oshirilmoqda. Jum ladan, 0 ‘zR FA Tarix institutining Etnologiya


bo'lirni, 0 ‘zM Uda «Arxeologiya va etnologiya» kafedrasi, TerD U
va Qarshi DU da Etnologiya ilmiy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Mamlakatimiz bo‘yicha doimiy va mavsumiy ilmiy ekspeditsiyalar 
uyushtirilmoqda. 0 ‘zbekiston etnologiyasining dolzarb m uam - 
molariga bag‘ishlangan bir qator xalqaro va mintaqaviy anju- 
m anlar (1999, 2000, 2004, 2005, 2007) tashkil etildi. Etnologiya 
fanining so'nggi natijalariga bag‘ishlangan «Akademik Karim 
Shoniyozov o ‘qishlari» turkumidagi ilmiy konferensiyani har 
ikki yilda o ‘tkazish yaxshi bir an ’anaga aylanib ulgurdi.
M amlakatimiz etnologlari AQSh, Angliya, Fransiya, G er- 
maniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Markaziy Osiyo 
respublikalari etnologlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqala- 
rini o‘matganlar. Rossiya FA Etnologiya va antropologiya instituti 
bilan ham doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bunday ilmiy 
aloqalar yurtimizda etnologiya jahon ilmi bilan o ‘zaro uyg‘un 
rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda etnologik tadqiqotlar 
jam iyat hayotining turli sohalarida o‘ta m uhim ilmiy va amaliy 
ahamiyat kasb etib bormoqda. Etnolog olimlarning bilimi va 
maslahatlaridan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy m uam m olarni hal 
etishda keng foydalanilmoqda. Fan yutuqlari kommunikatsiya 
tizim ida, xalqaro savdoda, di plom atiya da va boshqa qator 
sohalarda samarali qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillarda etnologiya­
ning ko‘plab boshqa yondosh fanlar bilan doimiy aloqalari sama- 
rasi sifatida etnopsixologiya, etnolingvistika, etnodemografiya, 
etnom adaniyat, etnopedagogika, etnofolkloristika, etnozoolo- 
giya, etnobotanika kabi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ana shu 
yutuqlarga tayanib aytish mumkinki, etnologiya bugungi kunga 
kelib o ‘zining yangi bir rivojlanish bosqichiga ko‘tarildi.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish