Kimyo haftaligi
Kimyo haftaligini o’tkazishda har bir o’quvchi oz qobiliyatiga qarab, tayyorgarlik olib boradi. Haftalikda faol qatnashib, oz bilimi, qobiliyatini namoyish qilgan o’quvchining kimyo faniga bo’lgan mehri yanada ortadi. Kimyo haftaligini turli sanalarga, olimlarning tavallud kunlariga, kimyogarlar kuniga, guruh elementlariga bag‘ishlab o’tkazish mumkin.
Masalan: D.I.Mendeleyev tavalludiga bag‘ishlab o’tkaziladigan Haftalikni quyidagicha rejalashtirish mumkin:
Kimyo haftaligining rejasi:
Birinchi kun. "Qiziqarli kimyo kechasi" o’tkazish uchun viktorina savollari, krossvord, qiziqarli topishmoq, masalalar, didaktik o’yin namunalari e’lon qilinadi. Bunga o’quvchilar puxta tayyorgarlik ko’radilar.
Ikkinchi kun. Kechaga atalgan devoriy roznomalar, referatlar, albomlar, olimlar ishlari tasvirlangan albomlar, ko’rgazmalar, didaktik materiallar ko’rgazmasi o’tkaziladi. O’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida olib borilgan, tayyorlagan ko’rgazmalari hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
Uchinchi kun. 7 sinf o’quvchilari ishtirokida "Atomjon va D.I.Mendeleyev davriy sistemasi" mavzusida sahna ko’rinishini namoyish qilinadi. Sahna ko’rinishi bilan D.I.Mendeleyev davriy sistemasining yaratilishi namoyish etiladi.
To’rtinchi kun. "Mo’jizalar olamiga sayohat" deb nomlanadi. Tadbirni 9–sinf o’quvchilari olib boradilar. Kecha boshlanishida D.I.Mendeleyev hayoti va ijodi yoritiladi va Mendeleyevni sahnaga taklif etib kecha boshlanadi:
1. Sahna ko’rinishi. Mo’jizalar olamiga sayohat. Kimyoviy elementlar tilga kirganda. Davraga 2 ta boshlovchi va 9 element: vodorod, kislorod, oltin, fosfor, kripton, ftor, natriy, lantan, rux chiqib she’rlar orqali gapiradilar.
2. Qiziqarli tajribalar o’tkazish:
a) bir idishdan oddiy va anor suvi olish;
b) ko’rinmas rassom;
c) olov sochuvchi ajdar;
d) yonmas ro’molcha.
3. Intermediya "imtihon". Kecha so’ngida Mendeleyevga soz beriladi. Mendeleyev elementlar ismidan sozlagan o’quvchilarga, tomoshabinlarga, barcha kimyo fanini sevuvchi o’quvchilarga minnatdorchilik bildiradi.
Beshinchi kun: 8-9 sinflar orasida “Kim, qachon, qayerda” tanlovi o’tkaziladi. Tanlov savollari fanlar hamkorligiga, kimyoning kelajagi, yutuqlariga moslab tuziladi.
Oltinchi kun: Hafta davomida olib borilgan tadbirlarga yakun yasaladi. Haftalikda faol ishtirok etgan o’quvchilar estalik sovg‘alar bilan mukofotlanadi.
Tayanch sozlar: o’quvchilar bilimini nazorat qilish, nazorat qilish usullari, ogzaki nazorat , yezma nazorat, testlar, sinov, imtixon.
Do'stlaringiz bilan baham: |