A ashirov, sh. Atadjanov


qiyosiy tilshunoslik metodidir



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/142
Sana14.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#671921
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142
Bog'liq
Ashirov A. Etnologiya

qiyosiy
tilshunoslik metodidir. 
Bu uslubning m ohiyati turli tillardagi 
m a’lum so‘zlarni taqqoslashdan iboratdir. Bu, o ‘z navbatida, 
o ‘zaro yaqin tillar aloqalari chegarasi va ularning qarindoshlilik, 
bog‘liqlik darajasini aniqlash imkonini beradi.
Etnologiyada 
statistik metodlar 
ham o ‘ziga xos metod tarzida 
foydalaniladi. Etnologiyaning fan sifatida shakllanganiga tarix nuqtai 
nazaridan juda qisqa vaqt o ‘tgan bo ‘lsa-da, shu davr mobaynida 
juda ko‘plab statistik m ateriallar yig‘ilgan. Ayniqsa, to ‘plangan


materiallar orasida eng muhimlaridan biri aholini ro‘yxatga olishga 
oid turli yillardagi m a’lumotlar hisoblanadi. M azkur materiallar- 
dan foydalanish jarayonida tadqiqotchi o ‘zini qiziqtirgan keng 
doiradagi savollarga javob topishi mumkin. Shuningdek, bunday 
materiallarning qimmati nafaqat turli yillarda bajarilganligi, balki 
ularning m a’lum bir tizimlashtirilgan tartibda amalga oshirilgan- 
ligi bilan ham ahamiyatlidir. Aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘- 
liq hujjatlar m a’lum yo‘nalishlarga doir savollar majmui va 
ularning javoblaridan iboratdir. Bunday turkum materiallar orasida 
ijtimoiy-demografik savollar majmui: jinsi, yoshi, ijtimoiy mav- 
qyei, m a’lumoti, kasbi, uy-joyi turi, mazkur hududda yashash 
vaqti va shu kabi savollar muhim aham iyatga ega. Bunday 
m a’lumotlarni olish — tadqiqotchi uchun umumiy etnik m an- 
zarani o ‘rganish va bir nechta aholi manzillari ro‘yxati m ate- 
riallarini taqqoslash orqali etnik jarayonlar dinamikasini ko‘rsatib 
berishida muhim ahamiyatga molik.
Etnologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishida bevosita 
xalqning hayotini o ‘rganish yoki etnologiya tili bilan aytganda 
dala tadqiqotlari
muhim ahamiyat kasb etadi. Dala tadqiqotlari 
metodining shakllanishi mustamlaka xalqlar xo‘jaligi, ijtimoiy 
tuzilmalari, e’tiqodi, urf-odatlari to ‘g‘risida kengroq m a’lum ot­
larga ega boMish ehtiyoji tufayli shakllangan. 0 ‘sha davrdagi 
mustamlakachilik siyosati manfaatlari bilan chambarchas bog'liqlik 
buni taqozo etgandi. Chunki, mustamlakachilar o ‘z koloniyalari 
va u hududdagi aholini boshqarishlari uchun doimiy ravishda 
bunday m a’lumotlarga muhtoj bo‘lganlar.
Dala tadqiqotlari metodi ilmiy izlanuvchiga o ‘rganilayotgan et­
nik muhitda uzoq muddat bo‘lish va bevosita o ‘sha m uhitga 
ko‘nikishni talab qiladi. Shu o ‘rinda ta ’kidlash joizki, tadqiqotchi 
uchun, odatda, mavjud obyektda statsionar tarzda ishlash muddati 
bir etnik yildan kam bo‘lmasligi kerak. Etnolog-tadqiqotchi uchun 
dastlabki 2—3 oy tanishish va yangi muhitga inoslashish davri 
hisoblanadi. Shundan keyingi na u etnik jamoa yoki uning bir qismi 
turmush tarzini yil mobaynida ilmiy nuqtai nazardan kuzatadi.
D ala tadqiq otlarin in g qonuniyligi va sam arali b o ‘lishi 
tadqiqotchi tom onidan o'rganilayotgan etnos orasida uzoq


muddat yashashni talab qiladi. Bunga amerikalik olim L.G.M organ 
va rus etnografi Mikluxo Maklay tadqiqotlarini yorqin misol 
sifatida keltirish m um kin. M organ Amerikadagi hindularning 
irokez qabilasida uzoq muddat yashagan b o ‘lsa, Mikluxo Maklay 
Yangi Gvineya papuaslari orasida yashab, juda boy etnografik 
materiallar to ‘plagan olim hisoblanadi. Statsionar tarzdagi dala 
tadqiqotlari metodlarining o ‘ziga xos yutug‘i shundaki, etnologlar 
xalq k u n d alik tu rm u sh ta rz in in g b ev o sita ish tiro k ch isig a 
aylanadilar. Hozirgi kunda etnologiyada m azkur m etodning 
mavsumiy yoki shoshilinch tarzda o ‘tkaziladigan uslublaridan 
foydalaniladi. Bu m etodda tadqiqotchi m a ’lum bir tarixiy- 
etnografik hududda yashovchi aholini oldindan belgilangan reja 
asosida o ‘rganadi. Bu m etod tadqiqotchi uchun qulay b o ig a n
davrda o ‘tkaziladi. Lekin bunday holdagi izlanishlarni amalga 
oshirish etnosning barcha fasllardagi turm ush tarzini o ‘rganish 
imkonini bermaydi.
Dala tadqiqotlari m etodlari etnologlar uchun m oddiy va 
m a’naviy m adaniyat to ‘g‘risida ham m a’lum otlar olish imkonini 
beradi. Foto suratlar, chizmalar, sxemalarda moddiy, m a’naviyat 
obyektlari: etnosning m ehnat qurollari, uy-joylari, uy -ro ‘zg‘or 
anjom lari, kiyim -kechaklari va shu kabi m oddiy m adaniyat 
nam unalari aks etadi. Zamonaviy texnika vositasida (raqamli 
videokamera va raqamli fotoapparat, audio yozuvlar) va an’anaviy 
dala yozuvlarida xalq m a’naviy hayotining obyektlari va ko‘ri- 
nishlari (an’analar, marosimlar, urf-odatlar, folklor qo‘shiqlari 
va shu kabilar) aks etadi. Ba’zan dala tadqiqotlari jarayonida 
muzeylar kolleksiyasi uchun ayrim moddiy va m a’naviy m ada­
niyat nam unalari yig‘iladi.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish