Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Yer resurslaridan foydalanish



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/78
Sana14.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#669854
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

5.1. Yer resurslaridan foydalanish
Umummilliy boyliklarimiz orasida yer, jumladan, tuproq-
ning ahamiyati beqiyos. Tuproqning qashshoqlanishini 
geoekologlar ta’birida sho‘rlanish, cho‘llanish, sahrolanish, 
eroziyaga uchrash kabi atamalar bilan qo‘shib izohlanadi. Bir 
so‘z bilan aytganda, kam unumdorlikka ega yerlar qashshoq 
yerlar sirasiga kiradi.
Tuproq

Yer qobig‘ining eng ustki unumdor qatlami.
Tuproqning unumdor bo‘lishida tirik mavjudotlar, ayniqsa, 
mikroorganizmlarning o‘rni katta. Ular hayot faoliyati va 
halok bo‘lishi natijasida tuproqni mineral hamda organik 
moddalar bilan boyitadi. Tuproq barcha tabiat unsurlari 
bilan birga murakkab geoekologik tizimni vujudga keltiradi 
va unda hayot davom etishini ta’minlashdek muhim vazifani 
bajaradi. Uni muhofaza qilish kompleks tarzda, ya’ni tuproq 
degradatsiyasini oldini oluvchi, odam va hayvonlarga zarar 
bermaydigan, atmosfera havosi va suvlarni ifloslanishiga olib 
kelmaydigan tadbirlar qo‘llaniladi.
Ma’lumki, uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi ekin 
maydonlarida hosildorlikni oshirish uchun yerlarni haddan 
tashqari ko‘p mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, ekinlarni 
kasallik va zararkunandalardan himoya qilish maqsadida 
zaharli kimyoviy vositalardan foydalanib kelingan. Istiqlolning 
dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni 
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Xususan, 
O‘zR Birinchi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi 


81
«Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va 
Vazirlar Mahkamasining «Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga 
oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
qarori shular jumlasidandir. Shunga ko‘ra, davlat dasturi qabul 
qilingan bo‘lib, unda melioratsiya ishlarini tizimli amalga 
oshirish o‘z ifodasini topgan. Unga asosan yerlarning holatini 
o‘rganish, meliorativ inshootlar qurish, ta’mirlash, tiklash 
bo‘yicha loyiha—qidiruv ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, Yer 
osti sizot suvlari tarkibi, joylashuvi va miqdorini o‘rganish, 
nazorat qilib borish, tuproqning sho‘rlanish va boshqa ta’sirlar 
natijasida tarkibining o‘zgara boshlashi bilan bog‘liq amaliy 
chora-tadbirlar ko‘rilayotgani e’tiborlidir.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish