Mustaqil ish “Yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali oziq-ovqat ta’minoti va xavsizligini mustahkamlash masalalari” mavzusida esse



Download 23,76 Kb.
Sana25.06.2023
Hajmi23,76 Kb.
#953286
Bog'liq
mikroiqtisodiyot ESSE


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ORIENTAL UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI
“MIKROIQTISODIYOT” fanidan

MUSTAQIL ISH

“Yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali oziq-ovqat ta’minoti va xavsizligini mustahkamlash masalalari” mavzusida



ESSE

Bajardi: 2-kurs sirtqi 43-guruh talabasi


G’ulomova Maftunabonu
Qabul qildi: PhD, dotsent M.S.Yusupov

TOShKENT – 2023


Reja:
Kirish.

  1. Shavkat Mirziyoyev yer resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish haqidagi fikirlari.

  2. Suv resurslarini boshqarishning samarali tizimini yarata olamizmi.

  3. Qishliq zo’jaligida year va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlaru to’g’risida.

Xulosa.

Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar sabab jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘tgan asrning 80-yillaridagidan ham yuqori darajalarda o‘sayotgani ta’kidlandi.

Xususan, mart oyida dunyo bo‘yicha oziq-ovqat narxlari 2021-yilning mos davriga nisbatan 34 foizga oshdi. Ayniqsa, yil boshidan jahon bozorlarida bug‘doy narxi — 20 foiz, makkajo‘xori — 19 foiz, ozuqa donlari — 20 foiz va o‘simlik yog‘I — 23 foizga ko‘tarildi.

Yig‘ilishda mavjud yer resurslaridan samarali foydalanib, 2022-yilda 7,7 million tonna bug‘doy hamda 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirib, 1,5 milliard dollar eksportni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish uchun yangi qo‘shilayotgan 300 ming gektardan ziyod yer maydonlaridan samarali foydalanish lozimligi aytildi.

“Hozirgi kunda 80 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, 254 ming nafar aholiga ochiq tanlov asosida berildi. Bu — oziq ovqat yetishtirish uchun har bir tumanda qo‘shimcha 500 gektar ekin maydoni, degani. Bu islohotni o‘z vaqtida va to‘g‘ri boshlaganimizni hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bu yerlar faqat va faqat oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun baza bo‘lishi shart”, — degan prezident.

Mutasaddilarga ikki hafta muddatda:

Hosildor urug‘ navlarini joylarga yetkazib, dala yarmarkalarini o‘tkazish;
Yer maydonlarida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekinlar ekishni tashkil qilish;
Mahsulotni kafolatli xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish ishlarini jadal tashkil qilish topshirildi.
Yig‘ilishda foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta tiklash ham oziq-ovqat yetishtirishga qo‘shimcha imkoniyat ekani qayd etildi.
“Lekin barcha hududlarda ham ishlar ahvolini qoniqarli deb bo‘lmaydi. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazmda sust ketyapti”, — deya tanqid qilgan davlat rahbari.

Xabarda aytilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hokimliklar bilan birga bir hafta muddatda 135 ming gektar oborotdan chiqqan yerlarni o‘zlashtirish va ularda oziq-ovqat mahsulotlarini joylashtirish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun respublika budjetidan 170 milliard so‘m ajratiladi.


O‘zbekiston suv xo‘jaligining asosiy institutsional muammolari – suv iste’molchilari (avvalo, agro ishlab chiqaruvchilar va aholi tomonidan), suv infratuzilmasi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar va tashkilotlar tomonidan suvdan samarali foydalanish bo‘yicha ta’sirchan rag‘batlarning yo‘qligi, shuningdek sohaning yetarli darajada moliyalashtirilmasligi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun suv yetkazib berish bo‘yicha asosiy xarajatlar davlat budjetidan qoplanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish bo‘yicha to‘lovlari uning iste’moli hajmi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanmagan. Ularning miqdori samarali va tejamkor suv iste’molini rag‘batlantirish uchun yetarli emas.

Shu kunga qadar agrar sohani suv bilan ta’minlashni boshqarishda, umuman butun qishloq xo‘jaligida bo‘lgani kabi ma’muriy (bozorga oid bo‘lmagan) usullar hukmronlik qildi. Shu paytgacha suv taqsimlashning asosiy vositalarini ixtiyoriy tarzda tayinlanadigan kvotalar hamda ekinlarning mahsulotga oid tarkibi ustidan ma’muriy nazorat tashkil etdi. Paxta va bug‘doy yetishtirish rejalarini bajarish bo‘yicha vazifalar iqtisodiy foydani maksimal darajaga yetkazish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari daromadlarini va suv tejamkorligini oshirish, suv yetkazib berish xarajatlarini qisqartirish vazifalari bilan bog‘lanmagan edi.

Ma’lumki, joriy yilda jumladan, fermerlar uchun majburiy rejalashtirishdan bosqichma-bosqich voz kechish ko‘zda tutilgan keng ko‘lamli agrar islohot boshlanmoqda. Shunga muvofiq, suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilyapti.


Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo`lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo`lgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko`p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to`qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan kishilarning organizmida gavda og`irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilarda va keksalarda bu ko`rsatkich biroz pastroq bo`ladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to`qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yo`la 10% ga kamayishi odamni og`ir ahvolga solib qo`yadi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini halok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko`pdir. U, masalan, medo`zada gavda og`irligining 99,7% ni tashkil qiladi.

Mana shu ma’lumotlarning o`zigina «suv – hayot manbaidir» degan iboraning qanchalik haqqoniyligini ko`rsatib turibdi.



O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami yerlar 44 892,4 ming gektarni tashkil etib, yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra 8 ta toifaga bo‘linadi, jumladan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar; aholi punktlarining yerlari; sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar; tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar; o‘rmon fondi yerlari; suv fondi yerlari; zaxira yerlar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo‘lib, umummilliy boylik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20 236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan yerlar 3 988,5 ming gektarni, ko‘p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo‘z yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11 028,3 ming gektarni, boshqa yerlar 4 760,4 ming gektarni tashkil qiladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, er-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining boshqa toifaga o‘tkazilishi va global iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yer maydonlari o‘lchami 24 foizga (0,23 gektardan 0,16 gektargacha), o‘rtacha yillik suv ta’minoti darajasi esa 3 048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi.
Uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish natijasida tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlar hosildorligi pasayib, yetishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof muhit ifloslanishi ortib bormoqda.
Jumladan, sug‘oriladigan ekin yerlaridagi tuproqlarning 93 foizida harakatchan fosfor miqdori, 68,3 foizida almashuvchan kaliy miqdori, 79,3 foizida gumus (chirindi) miqdori o‘rtachadan past darajaga tushib qolgan.
Milliy daromadi O‘zbekiston bilan deyarli bir xil bo‘lgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun davlat budjetining 4-5 foizi yo‘naltiriladi yoki YIMga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 foizdan ortiqroqni, daromadi yuqori bo‘lgan davlatlarda esa 1 foizdan kamroqni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligida o‘rtacha yillik suv sarfi 45 696 mln metr kub yoki iqtisodiyot tarmoqlarida iste’mol qilingan suv resurslarining 90 foizini tashkil etib, yuqoriligicha qolmoqda.
Yer va suv resurslari tobora tanqis bo‘lib borayotgan sharoitda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda ekinlarni iqtisodiy samaradorligi va bozor konyunkturasi inobatga olinmasdan hamda intensiv qishloq xo‘jaligi joriy etilmaganligi sababli qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi pastligicha qolmoqda.
Jumladan, rivojlangan davlatlarda 1 metr kub suv bilan 4-6 AQSh dollarlik mahsulot yetishtirilayotgan bo‘lsa, respublikamizda bu ko‘rsatkich 0,15 AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yirik kapital qo‘yilmalar talab etishi, ushbu maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘lari hajmining cheklanganligi, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish masalasiga e’tibor qaratilmayotganligi oqibatida qishloq xo‘jaligi yerlarining foydalanishdan chiqib ketishi, hududlarning resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan nooqilona foydalanish kabi holatlar yuzaga kelmoqda, bu esa o‘z navbatida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va tarmoq eksport salohiyatini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Konsepsiya loyihasida suv xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha k km ohompleks chora-tadbirlar belgilangan. Biz faqat o‘zimiz uchun eng muhim ko‘ringan yo‘nalishlarni qayd etmoqchimiz.



  1. Suv xo‘jaligida bozor tamoyillarini joriy etish, suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyatini tijoriylashtirish, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini va autsorsingni joriy etish hisobiga suv xo‘jaligining moliyaviy barqarorligini oshirish. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritish uchun sharoitlar xilma-xilligini hisobga olgan holda, xo‘jalik ichki sug‘orish-drenaj tarmoqlarini boshqarishning universal modelini yaratishni urinishdan yanada moslashuvchan va xilma-xil mexanizmlariga o‘tish ko‘zda tutiladi.

  2. Suvdan foydalanuvchilarning suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash darajasini bosqichma-bosqich oshirish. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlari unchalik katta emas (ular yetkazib berish xarajatlarining bir qisminigina qoplaydi) va uni iste’mol qilish hajmi bilan bevosita bog‘liqlik yo‘q.

  3. Suv xo‘jaligi sohasida ma’muriy islohotlar o‘tkazilishi, zamonaviy, bozor tamoyillariga mos boshqaruv usullarining joriy etilishi, suv xo‘jaligini boshqarishda suv iste’molchilari, boshqa manfaatdor tomonlar va jamoatchilikning roli va ishtirokini oshirish. Har bir davlat organining vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash ko‘zda tutilmoqda.

  4. Suv xo‘jaligi sohasiga kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligida ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantirish.

  5. Suv resurslarini bashorat qilish va hisobga olish tizimini takomillashtirish, samarali qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish.

Download 23,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish