Tuproq
melioratsiyasi
–
tuproq unumdorligini yaxshilashga qaratil-
gan chora-tadbirlar tizimi.
Tuproq muhofazasi kuchaytirilgani va zarur meliorativ
tadbirlar qo‘llanilgani bois sho‘rlangan yerlar ham yil
sayin kamayib bormoqda. Kollektor—zovur qurilishi va
rekonstruksiya qilinishi evaziga yerlarning meliorativ holati
yaxshilanmoqda. Natijada foydalanishga yaroqli yerlar
maydonini yanada kengayib, tuproq unumdorligi ortib,
hosildorlik oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Tabiat in’om etgan tabiiy resurslar ichida Yer o‘ziga xos
huquqiy maqomga ham ega hisoblanadi. Qayd etish joizki,
yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish uning unumdor
qatlami bo‘lgan tuproq muhofazasini ta’minlash bilan birga
meliorativ holatni yaxshilashga xizmat qiladi.
Qonunchilikda mustahkamlangan asoslar.
Yurtimiz musta-
qil
likka erishgandan so‘ng yerga e’tibor kuchayib, bosqichma-
bosqich ravishda sohaning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi
va yaratilmoqda. Xususan, 1998-yil 28-avgustda O‘zbekiston
82
Respublikasining «Yer kodeksi», 1998-yil 30-aprelda «Dehqon
xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, 1998-yil 28-avgustda «Davlat Yer kadastri
to‘g‘risida»gi, 2004-yil 26-avgustda «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi
qonunlari qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu Qonunlar davr ta-
labidan kelib chiqqan holda takomillashtirib borilmoqda.
Davlat Yer kadastri
–
yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy
holati, ularning xillari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yerning
joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularning Yer egalariga, yerdan
foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash
to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»da «Yer
umummilliy boylik» deya e’tirof etilib, xalqimiz hayoti,
faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona
foydalanish zarurligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi
mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, unda hozirgi va kelajak
avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan
tarzda oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq
unumdorligini oshirish, tabiiy muhitni asrash, yuridik va
jismoniy shaxslarning Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini
himoya qilishni ta’minlash maqsadida Yer munosabatlarini
tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni
mustahkamlashdan iboratligi qayd etilgan.
«Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning 17-moddasiga
ko‘ra fermer xo‘jaligining majburiyatlariga: Yer uchastkasidan
qonun hujjatlarida va ijaraga olish shartnomasida ko‘rsatilgan
shartlar asosida, belgilangan maqsadda, samarali va oqilona
foydalanishni ta’minlash, meliorativ holatini yaxshilash, tuproq
unumdorligini saqlab qolish va oshirish chora-tadbirlarini
ko‘rish, biznes-rejada shu maqsad uchun mablag‘lar ajra-
tilishini nazarda tutish, uni saqlash shartlariga rioya etish
kiritilgan. Mazkur majburiyatlarga amal qilish natijasida
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga
olib kelmoqda.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |