Iqtisod-moliya



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/117
Sana16.06.2021
Hajmi0,94 Mb.
#66876
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117
Bog'liq
valeologiya

Velosiped haydash mashg‘ulotlari awalo umumiy jismoniy 
chidamlilikni oshirishga yordam beradi. Velosipedda tezlikni 
oshirmay tekis yo‘lda sayr qilish barcha yoshdagi ayollar uchun 
ham, erkaklar uchun ham yengil va qulay mashg‘ulotdir. Velo-
sipeddan oqilona foydalanilsa, u bolalarni jismonan tarbiyalash-
ning yaxshi vositasiga aylanadi.
Sport o‘yinlari bilan (badminton, basketbol, voleybol, 
futbol, xokkey va boshqalar) shug‘ullanuvchilar organizmiga 
har taraflama foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Trenajyorlar  deganimizda harakat, kasbga oid amaliy 
ko‘nikmalar hamda mahoratni tarbiyalash va takomillashtirish-
ga mo‘ljallangan texnik qurilmalar va moslamalarni tushunam-
iz. Sog‘lomlashtirishga oid trenajyorlar turli yosh va kasb-kor-
dagi odamlar tomonidan keng foydalanishga mo‘ljallangan. 
Ular sog‘liqni mustahkamlaydi, mehnat qobiliyatini oshiradi, 
odam ning asosiy jismoniy sifatlari: kuch, chidamlilik, tezlik, 
chaqqonlikni rivojlantiradi. Mushaklarni chiniqtiruvchi mashq-
larni uy sharoitida bajarish uchun “Zdorov’ye” gimnastika 
to‘plami, “Gratsiya”, “Roller” trenajyorlari, espanderlar, gan-
tellar, elastik bintlar va boshqalardan foydalanish mumkin .
Kuper tizimi. Amerikalik vrach Kuper o‘z organizmini 
sog‘lomlashtirishga, jismoniy jihatdan baqquvat bo‘lishga, 
aqliy qobiliyatini mustahkamlashga va 10 kg gacha tana vaznini 
tushirishga erishib, o‘z sog‘lomlashtirish tizimini yaratdi. Uning 
tizimi oddiygina bo‘lib, u yugurishdan iboratdir.
Kuperning sog‘lomlashtirish dasturi kursi 6 hafta tayyor-
garlik bilan boshlanadi.
Birinchi haftada 3,2 km masofani bosib o‘tish hamda 3 hafta 
davomida bu masofani 30 daqiqa qisqartirish kerak. Aerobik 
mashqlar ular 4 fazani o‘z ichiga oladi.
Birinchi faza: tayyorgarlik bosqichi 10 daqiqa davom etib
qo‘llarni aylantirish, tanani aylantirish, engashish, o‘tirgan 


57
holatda qo‘lni oyoqlar uchiga tekkazish, tik turgan holda qo‘lni 
oyoqlar uchiga tekkazish, tizzalarni ko‘krakka tortish, oyoqlarni 
bir-biridan uzoqlashtirish, orqaga qarab yurish kabi mashqlar 
bajariladi.
Ikkinchi faza: bir hafta davomida 25 km masofani haftasiga 
3-4 marta mashq qilish orqali 30 daqiqada bajarishga erishish.
Uchinchi faza yurak faoliyatini me’yorga keltiruvchi 
mashqlar bajarish.
To‘rtinchi faza: yurak zo‘riqib ishlashiga majburlovchi 
mashq lar, o‘tirib-turish, yotgan joyda o‘zini qo‘lda ko‘tarib tu-
shi rish va h.k.lar bajariladi.
Amosov tizimi. Ukrainalik mashhur jarroh N.M.Amosov 
o‘zining «1000 harakat” deb nomlanuvchi sog‘lomlashtiruvchi 
dasturini ishlab chiqdi, Amosov tizimida quyidagi mashqlami 
100 martadan jadallik bilan 25 daqiqa mobaynida bajarish talab 
etiladi:
• yotgan holatda krovat yelkasidan ushlab oyoqlami boshga 
qarab, to boldir peshonaga tekkuncha ko‘tarish;
• tik turgan holda qol bilan oyoq uchlariga tegish va orqaga 
egilish;
• yelka bo‘g‘imida oldinga va yuqoriga va orqaga qarab 
maksimal kuch bilan aylanma harakat qilish;
• yon tomonlarga egilish, kaftiar bel bo‘ylab birinchi yuqo-
riga, qo‘ltiqqacha, ikkinchisim pastga, tizza va undan ham 
pastga egilish,
• boshni oldinga tomon egilgan holatda, qo‘llarni, kaftlarni 
yel kadan orqaga oshirib, qarama-qarshi kurak suyagiga 
tekkizish;
• barmoqlarni birlashtirib, tanani maksimal chapga va o‘ng-
ga aylantirish;
• o‘tirib-turish;
• yotib qo‘llar bilan tanani ko‘tarish.


58

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish