3
I BOB. VALEOLOGIYA fANIGA KIRISH
1. “Valeologiya” fani vazifalari va maqsadi
Valeologiya - keyingi o‘n-yilliklar davomida shakllanib
kelayotgan, inson salomatligi va sog‘lora turmush tarzi haqidagi
fan bo‘lib, salomatlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish
orqali organizmning ularga qarshi tura olish va zaxiraviy imko-
niyatlarni oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
“Valeologiya” fanining maqsadi - o‘quvchlarni jismoniy,
ruhiy salomatligi asosida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalariga
o‘rgatish, organizmning reproduktiv vazifalari bilan tanishtirish,
bundan tashqari, shaxs va millat salomatligini saqlash va
mustahkamlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: