II BOB. SOGIOM TURMUSH TARZINING
NAZARIY ASOSLARI
2. Valeologiya fanining asosiy yo‘nalishlari,
tekshirish usullari
Salomatlik - inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan
biri bo‘lib, inson shaxsining hech kim dahl qila olmaydigan
huquqi, muvafaqqiyatli ijtimoiy va iqtisodiy rivojining shartidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning
rahbarligi ostida va tashabbusi bilan mustaqillik e’lon qilingan
kundan boshlab uzluksiz ravishda ma’naviy va jismoniy sog‘lom
avlodni dunyoga keltirish, tarbiyalash, har tomonlama barkamol
shaxsni shakllantirish g‘oyasi jamiyatimiz kelajagi sifatida aks
etuvchi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda respublikamiz
Prezidentining qator farmonlari e’lon qilindi. 1993-yil 23
aprelda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasini
tashkil etish haqida”gi farmoni qabul qihndi. 1999-yil dekabrida
Prezidentimiz 2000-yilni “Sog‘lom avlod yili” deb e’lon qildi
va sog‘lom avlod uchun kurashishning “Umumxalq harakatfni
aniqlab berdi. 2005-yil “Sihat-salomatlik yili”, 2006-yil
“Homiylar va shifokorlar”, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili”,
2008-yil “Yoshlar yili” va 2009-yilning “Qishloq taraqqiyoti
va farovonligi” deb e’lon qilindi. Jismoniy va ma’naviy sog‘lom
avlodni milliy istiqlol g‘oyasi, tarixiy va milliy qadriyatlar
asosida yetuk shaxsni tarbiyalash, jamiyatda sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish, aholini salomatligini mustahkamlash,
aholini jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlariga keng jalb
17
etish, oilada onalik va bolalikni ijtimoiy himoyasini ta’minlash,
ona va bola salomatligini mustahkamlash, reproduktiv
salomatlikni yaxshilash, tibbiy va sanitar-gigiyenik madaniyatni
oshirish, aholi ongida shaxsiy gigiyenaga oid bilimlami egallash,
ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga ishtiyoqni shakllantirish,
bu bilan bog‘liqlikda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik
hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha davlat dasturlari ishlab
chiqildi.
Valeologiya - bu asosida unga malum tarzda ichki va tashqi
muhitning ta’sir etishi sharoitida inson salomatligini saqlash va
fiziologik, biologik, psixologik va ijtimoiy-madaniy rivojlanish
sharoitlarini ta’minlab beruvchi butun organizm va organizm
tizimlarining gigiyenik, psixofiziologik rezervlari haqidagi
tasawur yotadigan kompleks fan yoki fanlararo yo‘nalish.
Valeologiya fan sifatida boshqa fanlar bilan o‘zaro
munosabatining umumiy asoslari bilan ozaro chambarchas
bog‘liq va bir necha yo‘nalishga bo‘linadi:
Mafkuraviy, ekologiya, tibbiyot, pedagogika, jismoniy
madaniyat, oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy qismlarga bo‘linadi.
Ekologiya tabiatdan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini
ta’minlaydi, “jamiyat-inson-muhit”ning o‘zaro munosabat
xarakterini tadqiq etadi hamda salomatlikning atrof-muhit bilan
bog‘liq tomonlari haqidagi bilimlarni shakllantiradi.
Tibbiyot (anatomiya, fiziologiya, gigiyena, sanologiya va
boshqalar) salomatligini ta’minlashning mezonlari (normativ-
belgilangan me’yori)ni ishlab chiqadi, sog‘liqni saqlash va
mustahkamlash, kasalliklarni davolash va oldini olish bo‘yicha
bilimlar va amaliy faoliyat tizimini ta’minlaydi. Tibbiyotning
strukturasi (tuzilishi) quyidagi tarkibiy qismlar hisoblanadi:
kasalliklar haqidagi fan (patologiya), sog‘lom turmush tarzi
haqidagi fan (gigiyena), sog‘ayib ketish mexanizmlari haqidagi
fan (sanogenez) hamda ijtimoiy salomatlik haqidagi fan
(sanologiya).
18
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat salomatligini
xarakterlovchi muhim jihat sifatida insonning jismoniy
tayyorgarligi va rivojini ta’minlash hamda takomillashtirish
qonuniyatlarini aniqlaydi.
Psixologiya salomatlikni ta’minlashning psixologik aspekt-
lari, insonning ruhiy rivoji, hayotiy faoliyatining turli sharoit-
lardagi ruhiy holati qonuniyatlarini o‘rganadi.
Pedagogika salomatlikni va sog‘lom turmush tarzini
yaratishda insonning ishtirok etishini hayotiy barqaror
motivatsiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan valeologik ta’lim
va tarbiyaning maqsad, vazifalari, mazmuni va texnologiyasini
ishlab chiqadi.
Sotsiologiya sog‘liqni saqlash, mustahkamlashni ta’min-
lashning ijtimoiy asoslari va sog‘liqqa xavf soluvchi omillarni
ko‘rsatib beradi.
Politologiya fuqarolarning salomatligini shakllantirish va
ta’min etishdagi davlatning roli, strategiyasi va taktikasini
aniqlab beradi.
Iqtisodiyot salomatlikni ta’minlashning iqtisodiy aspektlari,
boshqa tomondan, aholining farovon hayotini va davlat
xavfsizligini ta’minlashda salomatlikning iqtisodiy qimmatini
asoslab beradi.
Falsafa tabiat va jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini hamda
anglash subyekti sifatida inson aks etishida (tabiat va jamiyatga
ta’sir etadi, ularni o‘zgartiradi, biroq, o‘z navbatida ularning o‘z
salomatligiga ta’sirini o‘zida his etadi) qonuniyatlarini aniqlaydi.
Valeologiyada inson salomatligini baholash uchun turli
xil usullardan foydalaniladi. Shu jumladan, tahlil, taqqoslash,
sotsiometriya (sotsiologik usul) anketa, testlar, laboratoriya
usullari, suhbat, intervyu, demografik ko‘rsatkichlarni va
antropometrik usullarni o‘rganish hamda matematik statistika
tahlili yo‘li bilan ularning ishonchliligini aniqlash.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |