Eksperimental usullar
(tajriba usullari). Eksperiment
metodi-psixologik
reallik mexanizmi va qonuniyatlarini o`rganish bo`yicha asosiy metod hisoblanadi.
Uning asosiy mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi
ilmiy bilimlarni olishga qaratilgan. Eksperimentning asosiy nomutaxassislik
vazifasi-sabab-natija aloqalarini o`rganish va psixologik
jaryonlar va hodisalarni
tushuntirishdan iborat. Eksperiment o`tkazishda farq va rozilik qoidasini
qo`llaydilar (J.S.Mill) A, B guruh voqealar guruhi ketidan D voqeasi kelsa, ammo
B, V ketidan A kelmasa, unda A, a, ning sababidir.
Ikkala voqealar guruhidan
birinchisi eksperimental sifatida ko`rib chiqiladi, ikkinchisi-nazorat guruhi deb
ko`riladi. Ularni yagona farqlovchi voqea mustaqil o`zgaruvchi
deyiladi va u
jarayonning davomida turli o`zgarishlarga duch kelish mumkin.
Eng tarqalgan eksperiment modeli quyidagi jadvalda ko`rsatilgan bo`lib,
unda tadqiqotchi tahlil natijalarida sub`ektiv baholardan foydalangan holda, ya`ni
x
2
x
1
dan katta, y
2
esa y
1
katta degan xulosani ta`kidlab qolmasdan balki, hech
bo`lmaganda umumiy hollarda qay darajada kattaligini aniqlashi kerak bo`ladi.
Aks holda, eksperiment va nazorat guruhlaridagi o`zgarishlarni tasdiqlashning o`zi
bo`lmaydi.
Eksperiment modeli
Guruh
Guruhning
eksperimentgacha
holati
Guruhning
eksperimentdan
so`nggi holati
Bo`lib o`tgan
o`zgarishlar
Eksperimental
nazorati
Х
1
У
1
Х
2
У
2
Х
1
- Х
2
У
1
- У
2
Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko`rib chiqamiz.
Korxonada mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni
qabul qilishda ishlab
turgan muhandislar ko`p deffektlarni o`tkazib yuborganliklari sabab, ishchilar
orasidan nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi.
Eksperimentning
mazmuni shundan iborat-ki nazoratchi uchun muhim bo`lgan qobiliyatlarni tashxis
qilib beruvchi (diqqqatni jamlay olish, mustaqillik,
sensor farqlash darajasi, keng
fikrlash) test loyihalashtiriladi. Eksperimentni o`tkazishda o`rganilayotgan jarayon
o`tadigan sharoitlarni keng miqiyosda o`zgartiriladi, o`zgaruvchan omillar ta`sirini
ajratish, ularning o`zaro aloqasini aniqlash va shu tariqa psixik hodisalarning
qonuniyatlari va mexanizmlarni o`rgatish mumkin
8
.
Eksperiment metodining muhim sifati shundaki-o`rganilayotgan jarayoniga
to`g`ri
baho berish, ma`lumotlarning miqdoriy hisobini olish imkonini beradi, bu
esa tadqiqot natijalariga ishlov berish muhim statistik xulosa chiqarishga imkon
beradi. Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy,
modellashtiruvchi va
labaratoriya eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik hodisalarni odatiy tabiiy
sharoitlarda o`rganishni nazarda tutadi (darsda, mehnat topshirig`ini bajarish
jarayonida va hokazo).
Nazorat savollari:
1. Kasb psixologiyasining asosiy metodlarini tavsiflang
2. Test metodlari afzalliklarini va kamchiliklarini izohlang
3. Texnik qobiliyatlar deganda nimalar tushuniladi?
4. Eksperimental metodlar turlarini izohlang
5. Psixometrik usullarga nimalar kiradi?
_____________
8
Professional Psychology: Research and Practice Artificial Intelligence in Psychological Practice: Current and Future
Applications and Implications. David D. Luxton . Online First Publication, November 11, 2013. doi: 10.1037/a0034559, page :