a) umumiy muammo mohiyatiga guruh a`zolarini yo`naltirish;
b) guruh a`zolari tomonidan muammoni echish yo`llarini baholash;
v) bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish;
g) umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish;
d) muammo echimiga erishishdagi guruh a`zolarining birdamligi va
hamjihatligi.
Kuzatish yakunlari bo`yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy,
etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat`iy ravishda sharhlash,
yosh davrlari,
jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish- psixologik
bilimlarning
boyishiga olib keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda to`plangan materiallar qiymatini
oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni
psixologik tahlil qilish, statistik
metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma`lumotlarning ilmiylik
darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin.
Test metodi.
Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko`ra, intellekt-
lotincha so`zdan olingan bo`lib, u odatda aql-idrok, anglash,
tushunish, fahmlash
degan ma`noni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada
mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. O`z
davrida AQShlik psixolog
F.Frimer
intellekt oltita tarkibdan iborat, degan g`oyani
ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko`rsatib o`tadi:
-Sonli operasiyalariga nisbatan qobiliyatlilik;
-lug`at boyligi ko`lami; o geometrik shakllar o`rtasidagi o`xshashlik va
farqli tomonlarini ajratishga
nisbatan uquvchanlik;
-shaxs nutqining tezligi yoki sur`ati;
-shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi;
-xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi.
Yana bir salohiyatli psixolog
L.Tyorstoun
umumiy intellektning turli
jabhalarini
tadqiq qilib, ularni umumlashtirib «birlamchi aqliy potensiyalar» deb
ataydi. Muallif etti xildagi potensiyalar o`zaro farqlanishini ta`qidlab o`tadi:
1) insonning hisoblash qobiliyati ko`rsatkichi;
2) og`zaki so`zni ixcham ifodalashining ko`rsatkichi, nutq yordami bilan tez
o`qish hadisini egallaganligi;
3) og`zaki ma`lumotlarni to`la idrok qilish yoki idrok qilingan so`zlarni
tushunish, anglash;
4) fazoviy operasiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning
chamalash qobiliyati (uquvchanligi);
5) xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi;
6) fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik;
7) shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur`ati.
Fransuz psixologi
T.Ribo
idrok ko`lamining kengayishi, bilimlarning
ko`payishi,
diqqatni bir vaqtning o`zida bir necha ob`ektga qarata olish – inson
intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo`lishi mumkin
ekanligini ta`kidlaydi:-shaxs imitasiyasi yoki uning tashqi taqlidi,-inson
identifikasiyasi (o`quvchining bilimlarini o`ziga singdirish jarayoni, uning shaxsiy
fazilatlari va xususiyatlarini o`zlashtirib borish va boshqalar),
- refleksiya
(inson o`zini - o`zi anglash hamda bo`lg`usi faoliyatni amalga
oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga
tatbiq etish imkoniyatlari tug`ilishi kabilar).
Do'stlaringiz bilan baham: