ongining namoyon bo`lishi, rivojlanishi, o`ziga xos individual va ijtimoiy
xususiyatlari atoqli shaxslar
bildirgan mulohazalarida, asarlarida o`z ifodasini
topadi.
Allomalar
to`g`risidagi
ma`lumotlar
zamondoshlari,
izdoshlari,
safdoshlarining ta`rifu-tavsiflari orqali avloddan-avlodga o`tadi. Xuddi shu
ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o`rtasida vorislik hodisasi
ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning
uyg`unligini ta`minlaydi.
Anketa metodi.
Umumiy psixologiyada keng qo`llaniladigan metodlardan
biri bo`lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari
narsa va hodisalarga
nisbatan munosabatlari o`rganiladi. Anketa odatda 3 xil bo`lib, birinchi xilida
anglashilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan iborat bo`ladi,
ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir
nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga havola
qilinganda kamida to`rt-besh to`g`ri javoblari ballar yordamida baholanadi.
Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari
qobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini
aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning
xarakter xislatlari,
xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin
6
.Tarqatilgan anketalar
yig`ib olinib, elektron qisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha
amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini
o`rganish uchun boy material to`plash
imkonini beradi, lekin unda olinadigan
ma`lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo`lavermaydi. Bunga yo`l
qo`ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to`g`ri va qarshi
savollarni puxta ishlab chiqarish kerak. Quyida anketa varaqasidan namuna
keltirib o`tamiz:
1. Kursingizda eng yuqori obro`ga ega bo`lgan talaba qaysi?
2.Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr his-tuyg`usini uyg`ota oladi?
3.O`qish bilan bog`liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar
edingiz?
4.Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni istar edingiz?
5.O`rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz?
6.Kursdoshlaringiz ichida kim bilan mashg`ulotlarga
birgalikda tayyorlanishni
yoqtirasiz?
7.Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?
__________________________
6
Trierweiler, S.J., & Stricker, G. (1998). The scientific practice of professional psychology. New York: Plenum Press
Do'stlaringiz bilan baham: