@Online_Matematika_Uzb kanali uchun
4-sinf test savollari
1.Biologiya o`qituvchisining birinchi guruhida 30ta abituryent bor ikkinchi guruhida birinchi guruhidan 2marta ko`b abituryent bor. Kimyo o`qituvchisida esa biologiyadagi ikkala guruhning yig`indisiga teng abituryent bo`lsa kimyo va biologiyada jami nechta abituryent bor?
A)120 B)130 C)180
2)Bozorga 48yashik olma , 36yashik shaftoli va 24yashik behi olib kelindi. Bir yashikka 6kg meva ketsa bozorga necha kg meva olib borilgan?
A)468 B)648 C)846
3)Yugurish musobaqasiga 34ta o`quvchi qatnashdi. Uzunlikka sakrash musobaqasiga esa undan 3marta ko`p o`quvchi qatnashgan. Uzoqqa otish musobaqasida esa yugurish musobaqasiga qatnashgan o`quvchilarning yarmi va uzunlikka sakrash musobaqasiga qatnashgan o`quvchilardan 2marta kam o`quvchi qatnashgan bo`lsa jami nechta o`quvchi musobaqalarda ishtirok etgan?
A)102 B)408 C)204
4)Birinchi yuk moshinasida x qop un bor. Ikkinchi yuk moshinasida esa undan 3marta ko`p qopda un bor. Ikkala yuk moshinasida jami 1000qop un bo`lsa birinchi va ikkinchi yuk moshinasida qancha qopdan un bo`lgan?
A)birinchisida 750 qop ,ikkinchisida 250qop .
B)birinchisida 500qop, ikkinchisida 500qop.
C)birinchisida 250qop, ikkinchisida 750 qop
5) Tenglamani yeching: 5x+200+3x-400=1000
A)160 B)150 C)140
6)Idishga qaynatgich solingan paytda suv 12gradus temperaturaga ega edi. Har bir minutda uning temperaturasi 8gradusdan ko`tarilib borsa 10 soatdan keyin suvning temperaturasi nechiga teng bo`ladi?
A)92
gradusga teng
B)72 gradusga teng
C)27
gradusga teng
7)Uzunligi 10metr bo`lgan simni ikkiga bo`lganda birinchi bo`lak umumiy simlarning 25%ini tashkil qilsa ikkinchi bo`lak umumiy simlarning necha %ini tashkil qiladi va u necha metr bo`ladi?
A)25% va 7,5metr
B)75% va 2,5 metr
C)75% va 7,5 metr
8)Uch xonali sonlardan birini teskari tartibda yozilgan sonini ayirish natijasida hosil bo`lgan son 198ni tashkil qilsa uch xonali sonni toping?
A)432 B)232 C)485
9)Imtixonda ona tili va adabiyot fanlari uchun har bir to`g`ri javobga 6ball, ingiliz tili uchun 4ball, matematika uchun 5ball beriladi. Malika imtixonda ona tili va adabiyotdan berilgan 10ta savollarning yarmiga, ingiliz tilidan berilgan 20ta savollarning 30%iga, matematikadan berilgan 15ta savollarning hammasiga to`g`ri javob bergan bo`lsa uning jami ballarini hisoblang?
A)143 B)140 C) 129
10)Bitta yog`ochni 11bo`lakka bo`lish uchun necha marta kesish kerak?
A)11 B)10 C)9
11)Sirkdagi jami hayvonlarning oyoqlar soni 60ta. Sirkda 5ta she`r, 10ta maymun bo`lsa sirkda nechta fil bor?
A)10 B)5 C) 0
12)Hozir soat 11:00 bo`lsa necha soatdan so`ng soat 17:00bo`ladi?
A)5 B)6 C)7
13)Maktabda jami 700ta o`quvchi bor. Shu yiligi bitiruvchilar umumiy o`quvchilarning 40%ini tashkil qiladi. Yana shu yili Birinchi sinfga bitirgan o`quvchilar sonidan 2marta ko`p o`quvchi qabul qilindi. Maktabda yangi yil hisobi bo`yicha jami qancha o`quvchi bor va bitiruvchilarning sonini toping?
A)Jami980ta o`quvchi bor va bitiruvchilar soni 280ta
B)bitiruvchilar soni 280ta va jami 880ta o`quvchi bor
C)jami 700ta o`quvchi bor va bitiruvchilar soni 280ta
14)Hisoblang:400-250+300x2+100:2-400=?
A)500 B)400 C)300
15)sobir bir sonni o`yladi undan 2ni ayirib 4ga ko`paytirganda 200 hosil bo`ldi. Sobir qaysi sonni o`ylagan?
A)48 B)50 C)52
Tuzuvchi: Nurmonova Oydinoy Shomirza qizi