O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

4.
 
Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi. 
O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimini bayon etish uchun biz umumiy 
inqilobgacha bo’lgan davrdan so’ng Ulug’ Oktyabr inqilobining g’alabasi bilan 
sobiq Sovet Ittifoqida Davlat tizimini rivojlanishi xaqida gapirishimiz lozim. 
Jismoniy tarbiya tizimi deganda biz jismoniy tarbiyaning ilmiy metodik va 
ideologik asoslarini tushunamiz. Bizning mamlakatda yagona jismoniy tarbiya 
tizimi yaratilgan, bu tizimning yaratilishi xalqimizning jismoniy tarbiya sohasida 
olib borgan ishlarning samarasidir. Nazariya orqali erishilgan va amaliyotda 
tasdiqlangan hamma qimmatbaho ma’lumotlar jismoniy tarbiyaning tizimi orqali 
amalga oshiriladi. 
Jismoniy tarbiya tizimi deganda biz zvenolari bo’yicha jismoniy tarbiya 
vazifalarini, vositalarini, ish shakllarini, hamda oiladagi jismoniy tarbiyani, kadrlar 
tayyorlashni va sport inshootlari qurilishini tushunamiz. 
Jismoniy tarbiyaning zvenolariga: 
1.Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar jismoniy tarbiyasi. 
2.Maktab yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya.
 
3.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlardagi jismoniy tarbiya.
 
4.Oliy o’quv yurtlardagi (VUZ) jismoniy tarbiya.
 
5.Uzbekiston armiyasi (va harbiy flot) jismoniy tarbiyasi.
 
6.Ko’ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlaridagi jismoniy tarbiya kiradi.
 
Ulug’ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyagacha bo’lgan davrda Rossiyada 
yagona jismoniy tarbiya tizimi bo’lmagan. Ulug’ Oktyabr sotsialistik 
revolyutsiyadan keyin P.F.Lesgaft va o’quvchisi V.V.Gorinevskiyning tashabbusi 
bilan va ularni rahbarligida yagona jismoniy tarbiya tizimi tashkil etildi.
Mazkur tizimda g’oyaviy va ilmiy metodika asoslari, shuningdek mamlakatda 
fuqoralarning jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat qilishga qaratilgan 
tashkilotlar va muassasalar mujassallashgandir. 
Inqilobgacha Rossiyada yagona jismoniy tarbiya davlat tizimi bo’lgan. Chor 
hukumati P.F.Lesgaft tomonidan yaratilgan jismoniy ta’limotga uncha e’tibor 
bermasdan hukumdor sinflarning jismoniy tarbiyasi uchun turli chet el tizimidan 
foydalanganlar. 
Ulug’ Oktyabr revolyutsiyasining g’alabasi bilan sobiq sovet Ittifoqida halq 
qiziqishiga javob beruvchi jismoniy tarbiyaning yagona davlat tizimini ishlab 
chiљish sharoitlari yaratilgan. 
Rossiyada jismoniy tarbiya tizimi turli oqimi ta’sirlari bilan kurashda 
shakllanib bordi. Ayrim olimlar jismoniy tarbiya sohasidagi ish mazmunini qisqa 


69 
biologik vazifalar bilan cheklanishga urindilar. Bu bilan ular kishini psixik va 
jismoniy tomonlarini birligini, shaxsni tarbiyalashda ijtimoiy xayot sharoitini 
yetakchi rol o’ynashini, jismoniy mashq mashg’uloti jarayonida shaxsni birligini 
inkor etmoqchi bo’ldilar. Sobiq Sovet jismoniy tarbiya madaniyatigacha yaratilgan 
hamma jismoniy tarbiya vositalarini yo’qotib, o’rniga yangi mashqlarni va sport 
asboblarini yaratish kerakligini isbotlamoqchi bo’ldilar. Ularning fikricha futbol
o’yinini o’ynash mumkin emas, chunki u burjuaziya tomonidan yaratilgan va h.k. 
Boshqalari bo’lsa g’arb oldida bo’yin egib, sovet jismoniy tarbiya tizimini 
shakllanish jarayonini, har xil g’arb tizimiga mostlashtirishni taklif etdilar. 
Kommunistik tarbiya rahbarligida bu hato va yo’nalishlar yo’qola bordi. 
Mamlakatda xalqni jismoniy tarbiyalash tizimi ilmiy asoslangan holda vujudga 
keldi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning masalalarini 
asoslashda va mutaxassislar tayyorlashda P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiy, 
Ye.A.Arkin kabi buyuk olimlarning xissasi katta. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimining kelajakdagi 
ravnaљiga, pedogogika fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari A.N.Bikova, 
L.Gorinevskaya, D.V.Xuxlayeva (1950-60y.y) sobiq sovet akademiyasining 
xodimlari M.Yu.Kistyakovskiy, N.T.Terexova, T.N.Osokina, Ye.L.Timofeeva, 
B.Ch.Vavilova, A.A.Udyalova va boshqalarni (1960y.), pediatriya ITI hodimi 
Z.S.Uvarova, bolalar va o’smirlar gigienasi ITI hodimi G.P.Yurko va boshqalar, 
jismoniy tarbiya institutlari, maktabgacha pedogogik kafedralarning o’qituvchilari 
o’z xissalarini qo’shganlar. 
Sobiq sovet davrida jismoniy madaniyatning rivojlanishiga O’zbekiston 
jismoniy tarbiya sport ko’mitasi xodimlari va ustozlari R.I.Ismailov rahbarligida,
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining yetakchi professor-o’qituvchilari 
O.A.Rixsieva, A.I.Yarotskiy, X.T.Rafieva, O.M.Jigallo va boshqa ko’pchilik 
olimlar o’z xissalarini qo’shganlar. 
Ayniqsa O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo’lgandan keyin jismoniy 
tarbiya masalalariga, qadriyatlarni tiklashga va uni rivojlanishiga katta e’tibor 
beriladi. 
O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonunida (29 avgust 
1997y.) bolalar jismoniy tarbiyasini yanada yaxshilash zarurligi yana bir bor 
ta’kidlandi. Jamiyat yosh avlodni jismoniy jihatdan sog’lom, baquvvat, 
xushchaqchaq bo’lib, mehnatga, hayotga va Vatanni himoya qilishga tayyor bo’lib 
o’stirishdan juda manfaatdordir. 
Ushbu hujjatda jismoniy tarbiya uchun sharoit yaratish vazifasi ham 
qo’yilgan: sport zallari, maydonchalarni qurish, ularni uskunalar, anjomlar bilan 
jihozlash va boshqalar. 


70 
Olimlar va amaliyotchilarning birgalikdagi g’ayrat-shijoat natijasida jismoniy 
tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari /maktabgacha tarbiya muassasalari, 
umumta’lim maktablari hamda akademik litseylar, kollejlar va o’quv yurtlari/ 
uchun ilmiy asoslangan yagona dasturlar yaratildi. Kadrlar tayyorlashni amalga 
oshiruvchi 
pedogogik 
kollejlar, 
Jismoniy 
tarbiya 
instituti, 
pedogogika 
institutlarining jismoniiy tarbiya fakulьtetlari uchun maxsus dasturlar va 
qo’llanmalar, darsliklar ishlab chiqilayapti. Ilmiy tekshirish institutlarida jismoniy 
tarbiyani takomillashtirish borasida tadqiqotlar olib borilmoqda. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish