65
millati, irqi, dini va boshqa etnik kelib chiqishidek jihatlari e’tiborga olinmasligi
konstittsiyamizda qayd qilingan.
Ommalashtirilayotgan, ular opasida keng tarqalayotgan jismoniy mashqlar,
milliy sport turlari, ommaviy sport, olimpiadalar dasturidan o’rin olgan “katta
sport”ning turlari bilan ko’p millatli respublikamiz xalqlarining shug’ullanishi
uchun barchaga bir hil imkoniyatlarni yuzaga keltirish davlatimiz siyosatiga
aylangan.
Jismoniy tarbiyaning xalqchilligi,
birinchidan,
uning maqsadlari xalqning hayotiy manfaatlariga, mehnatga va
Vatan mudofaasiga tayyorgarlik manfaatlariga mos kelishidan,
ikkinchidan,
bolalarni yoshligidan boshlab gimnastika mashg’ulotlariga,
o’yinlarga, sportga, turizmga muntazam ravishda izchillik bilan ommaviy jalb
etishdan; jismoniy madaniyat va sportning har bir kishi turmushiga singib
borishidan;
uchinchidan,
jismoniy mashqlarning ko’pchilik orasida keng tarqalgan, xalq-
milliy sport turlari va o’yinlari bilan bir qatorda jismoniy tarbiya vositalaridan
keng foydalanishidan iboratdir.
Mamlakat jismoniy tarbiya tizimining xususiyatlaridan yana biri uning
ilmiyligidir. Jismoniy tarbiya sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarining ko’lamini
kengligi va uni amaliyot bilan bog’lab olib borilayogganligi, jismoniy tarbiya
tizimining yetakchi fani - jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotining ilmiy
fanlari pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport
metrologiyasi, sport tibbiyoti, jismoniy madaniyat orqali davolash, sport
pedagogikasi fanlari - gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari, suzish, yakka
kurashlar va boshqa fanlarga tayanganligi, ularning ilmiy yutuqlari xalqimiz
hayotiy extiyojini qondirishga yo’naltirilgan.
Sohaga oid tizimlarning (amaliyligi) eng amaliyrog’i biz o’rganayoggan
jismoniy tarbiya tizimi bo’lib, sohaga oid yangi amaliy texnologiyalar to’g’ridan-
to’g’ri ta’lim yoki sport trenirovkasi jarayoniga, ilmiy tadqiqotlarning natijapari
esa amaliyotga, soha mutaxassislarining faoliyatida qo’llash uchun tavsiya qilinadi.
Yanga ilg’or tajribalar, ilmiy izlanishlarning tavsiyalari o’zining qo’llanish vaqtini
kutib yotmaydi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyat madaniyatining bir
qismi sifatida, kishilarning jamiyat qurilishida faol ishtirok etishi, uning talablarini
qondiruvchi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishning ob'ektiv
zarurati bo’lib hisoblanadi.
Jismoniy madaniyatning shu maqsadi respublikada jismoniy madaniyatni
amalga oshiradigan barcha muassasalar va tashkilotlarga tegishlidir.
Bu maqsadni amalga oshirishda shaxsni har tomonlama kamol toptirish
tamoyilining amaliy va sog’lomlashtirish yo’nalishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: