Jismoniy madaniyat tizimining bo’g’inlari.
Hozirgi kun jismoniy tarbiya
ta’limi, tarbiyasi jarayoni mavjud davlat jismoniy madaniyat dasturlari asosida
66
o’zaro bir-biri bilan uzviy quyidagi bo’limlar (zvenolar)da amalga oshiriladi. Ular:
a) maktabgacha ta’lim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar
muassasalari) bo’g’ini;
b) maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy urta davlat ta’lim - 1-9
sinflar) bo’g’ini;
v) o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari)
bo’g’ini;
g) oliy ta’lim tizimi bo’g’ini;
d) qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi jismoniy tarbiyasi bo’g’ini;
e) oliy ta’lim va armiyadan so’nggi ko’nggilli (xavasmandlik) asosidagi
jismoniy madaniyat bo’g’ini deb guruhlanadi.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) jismoniy tarbiyaning maksadi, vazifalari va printsiplarining maqsadga
muvofiqligi;
b) jismoniy tarbiya tizimi ta’limi va tarbiyasi jarayonida qo’llaniladigan
vositalar;
v) turli shakldagi pedagogik jarayonlar davomida qo’llaniladigan (ta’lim
jarayoni, sport trenirovkasi va mustakil mashg’ulotlarida foydalaniladigan)
uslubiyotlari;
g) jismoniy tarbiyalash maqsadida odamlarni va mashg’ulotlarni uyushtirish
shakllari;
d) jismoniy tarbiyaning mazmuni va natijalarida ifodalangan jamiyat va
davlat talablari (normalar va dasturlar).
e) mamlakat aholisining sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya jarayonining nazariy va amaliyligining
umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining negizini tashkil qiladi.
Ajdodlarimizning bu sohadagi meroslarini ijodiy o’rganish mamlakat
jismoniy tarbiya tizimidagi umumiy va maxsus fanlarimizning asosiy vazifasidir.
Jahongirlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan yurtimizning elat va xalqlari jismoniy
madaniyati o’zining maxsus jismoniy tarbiya tizimiga ega bo’lgan. Tarixiy
manba’alar bundan guvohlik bermoqda.
Masalan, A.Abduraxmonov (2005) tarixiy, diniy, falsafiy bilim oluvchi
talabalar uchun o’quv qo’llanmasi sifatida foydalanish uchun mo’ljallab yozgan
“Saodatga eltuvchi bilimlar” kitobida jahongir bobomiz A.Temur “Sufiylik jang
qilish san’ati” maktabini yaratganligi haqida yozadi. Mazmuni sharq yakka
kurashlari nazariyasi va amliyotiga asoslangan, o’sha davrdagi “Kung-FU”, “U-
shu”, “Tay-chi”, ”Kempo”, ”Kendo”, ”Karate”, ”Jiu-jitsu”, “Taekvando” kabi
yakkama – yaka jang qilish usullarining eng jangavor harakatlari tanlab olinib
Temuriylarning - mukammal, jismoniy “jangavorlik” tizimi va maktablarini
yaratganligiga dalillar keltiradi.
Demak mamlakatimizning jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik tizimlari
o’zining azaliy tarixiga ega.
Mualliflarning ta’kidlashicha, qayd qilingan usulni egallagan askarning yuz
nafari dushmanning o’n ming askariga bas kelgan. Bunday jang qilish tizimini
egallagan, doimiy maosh olib ishlaydigan, horijdan taklif qilingan malakali
67
mutaxassislar jangchilarga harbiy tayyorgarlik davrida, urushdan bo’sh paytlarida
muntazam mashg’ulotlar o’tkazganlar. Bunday mashq ko’rgan soxibqironning
yengilmas sara askarlari g’animlariga doimo daxshat solgan. Mamlakatimiz
jismoniy madaniyat tizimlari mashxur sarkardalar, shoxu sultonlar tojini kiygan
ajdodlarimiz merosi sifatida saqlanganligi, ularning ilmiy jihatdan o’rganilishi,
tadqiqotlar o’z navbatini kutayotganligiga aminmiz.
Hozirgi kunga kelib, amalda foydalanilayotgan mamlakatimiz va rivojlangan
mamlakatlarning jismoniy madaniyat tizimlari o’zining rivojlanish tarixi, o’z
oldiga qo’ygan maqsadlari va hal qiladigan vazifalari bilan farqlanishini e’tirof
etib, xorijiy mamlakatlarning nisbatan progressiv xisoblangan jismoniy tarbiya
tazimlarining ayrimlarini soha mutaxassislarining e’tiboriga havola qildik.
P.F.Lesgaft (1837-1909) biolog, anatom, pedagog va katta jamoatchi sifatida
inson shaxsining intelektual rivojlanishi uchun, uning yashagan ijtimoiy muxiti va
tarbiyasi muhim rol o’ynashini ilmiy asoslagan ulug’ rus olimi. Sobiq ittifoq
davrida uning chor rusiyasi davridagi ilmiy tadqiqotlari natijasiga ko’ra jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining “otasi”deb e’lon qilingan.
P.F.Lesgaft tomonidan ishlangan “Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy
bilimlari” haqidagi nazariy fikrlari o’z ahamiyatini hozirgi kungacha ham ilmiy
ahamiyatini yo’qotmaganligi xisobga olinib, mamlakatimiz jismoniy tarbiya
tizimida foydalanilmoqda. O’z davrida chor Rossiyasining jismoniy tarbiya
tizimiga munosabat bildirib “Maktablar bolalarga jismoniy bilimlar berishga qodir
emas. Bu ishga raxbarlik shu ishga aloqasi yo’qlarga berib qo’yilgan, ular jismoniy
madaniyatni soxta tushunchalar orqali tasavvur qiladilar, yoki bo’lmasa, qaysidir
chet el maktabini bitirib kelganlardan eshitganlari bilan faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Shuning uchun ular bola jismoniy tarbiyasiga e’tiborsizdirlar”, - deb yozgan edi
P.F.Lesgaft.
V.V.Gorinevskiy (1857-1937), P.F.Lesgaftning e’tiborli shogirdlaridan biri,
o’zining tibbiy-pedagogik faoliyatida Lesgaft fikrlarini rivojlantirib, sobiq
sho’rolar tuzumi jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishiga katta xissa qo’shdi. U
jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar ustida tajriba o’tkazishni, tadqiqotlar
nazoratining ilmiy-uslubiy majmuasini yaratdi. Uning ilmiy merosini qimmati,
jismoniy bilimlar va jismoniy tarbiya haqidagi ilmiy fikrlarini jismoniy tarbiya
amaliyotida to’g’ridan to’g’ri qo’llanilishi va jamoatchilik tajribasini asos qilib
olishi va unga tayanganligidadir.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, ushbu mavzuda fanning asosiy (etakchi)
tushunchalari, ularning mazmuni, keng qamrovli “jismoniy madaniyat”
tushunchasi, “jismoniy tarbiya” jarayonida amalga oshiriladigan, “umumiy
jismoniy tayyorgarlik”, “kasbiy jisminiy tayyorgarlik”, sport, uning
klassifikatsiyasi, “shug’ullanganlik”, “jismoniy kamolot”, “jismoniy barkamollik”,
“jismoniy (harakat) sifatlari”, “jismoniy bilimlar” va yana boshqa qator
tushunchalar haqida jismoniy madaniyat bakalavrining maxsus bilimlari berildi.
Zamondoshlarimizning jismoniy madaniyati, ularning nazariy bilimlarining talab
darajasida emasligi asoslandi.
Jismoniy tarbiya jarayonining ijtimoiy mohiyati, jismoniy madaniyat va
sportga oid moddiy va ma’naviy boyliklar, sportning ijtimoiy mohiyati, uning
68
turkumlanishi, sharq mutafakirlarining inson jismoniy madaniyatiga oid fikrlari,
mamlakat jismoniy madaniyat tizimining shakllanishi, xorijiy mamlakatlar
jismoniy madaniyati tizimidan farqiga oid maxsus bilimlarni berdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |