64
turmushda, xususan, umumiy ta'lim maktablarida olib borish joriy etilgan hamda
jismoniy tarbiya kishilarning sihat-salomatligi va mehnat qobiliyatini saqlash
hamda mustahkamlash, ma'naviy birdamligi va irodasini chiniqtirish, bo’sh vaqtini
sog’lom va ko’ngilli o’tkazishning vositasi deb ko’rsatilgan.
Mamlakat jismoniy madaniyat tizimining asosiy maqsadi Respublikamiz
xalqlarini xuquqiy demokratik davlatning aktiv quruvchilari sifatida jamiyat
a’zosini ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorlash, sog’lom, uzoq umr
ko’rish uchun lozim bo’lgan turmush tarzini yo’lga qo’yish uchun lozim bo’lgan
nazariy bilimlar va amaliy malakalarni berishdan iborat. Qayd qilingan maqsad
mamlakatimizda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirayotgan barcha tashkilot
va muassasalar uchun umumiydir.
Mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimi maqsadining umumiyligi, jismoniy
madaniyat tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir.
Bashariyat tarixiga nazar tashlasak, xar bir millat, elat o’zining paxlavonlari,
jismonan barkamol farzandlari bilan faxrlangan. Diyorimiz xalqlari esa o’z
farzandlarini xalq og’zaki ijodi qaxramonlari Alpomish, Rustam, Go’r-o’gli,
Barchinoy kabi jisman va ma’nan shakllangan bo’lishlarini orzu qilganlar va shu
maqsadda elati, millati jismoniy tarbiya tizimi maqsadini shunga yo’naltirganlar.
Ko’rsatilgan maqsadni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi,
sog’ligi, jismoniy tayyorgarligi, shug’ullanadigan kasbining jismoniy tayyorgarligi
talablaridan kelib chiqib mamlakat jismoniy tarbiya tizimi jamiyat a’zolarining
jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda qator aniq vazifalarini hal qilishga to’g’ri
kelmoqda.
Jismoniy madaniyat tizimining umumiy vazifalari:
a) odam organizmi funktsiyalarini garmonik rivojlantirish, jismoniy
qobiliyatini har tomonlama kamolga yetkazish, sog’lig’ini mustahkamlash va
jamiyat a’zosini uzoq umr ko’rishini ta’minlashga yo’naltirish;
b) hayotiy zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalari zaxirasini oshirish,
kundalik turmushda zarur bo’ladigan jismoniy madaniyatga molik maxsus
bilimlarini shakllantirish;
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi va vazifalari mavjud jamiyat tarbiya
jarayonining elementlari bilan lozim darajadagi muvofiqlikda uzviy bog’lansa va
bu muvofiqlik ob’ektiv xarakterga ega bo’lsagina jismoniy tarbiya jarayoniga
qonuniy yo’nalish beradi.
Mazmunida ma’naviy krdriyatlarimiz, jismoniy barkamollik saboqlari,
tizimning xalqchilligi, uning ilmiyligi va boshqa qator xususiyatlarini
mujassamlashtirish zaruriyatga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: