O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yhati



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yhati
17.
A. 
Abdullaev. 
«Jismoniy madaniyat nazariyasi va 
metodikasi» (1-jild) / Toshkent / «NAVRO’Z» nashriyoti, 2017. - 392 
bet. 
18.
Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport 
tarixi. O‘quv qo‘llanma Toshkent 1993 y.
19.
Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. 
O‘quv qo‘llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot 
nashriyoti 2002 yil. 
20.
Yunusova Yu.M. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы. 
Uchebnoe posobiya Toshkent UzGoslFK 2007 g. 
21.
Salomov R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari - 
Toshkent., O‘quv qo‘llanma O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b. 
22.
Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va 
metodikasi Toshkent., darslik “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b. 
23.
Matveev L.R. Teopii metodika fizicheskogo vospitanie - 
Uchebnik Mockva «Fizkulьtura i sport» - 2005 g. 
24.
David C. Watt Sports managemen t and administration © 1998 
David C. Watt
Elektron manbaalarga havolalar 

O`zbekuston Respublikasi hukumat portali
http://www.gov.uz/oz  

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
http://my.gov.uz/uz 

«Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi
http://egovernment.uz/ 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
www.edu.uz 

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
https://minsport.uz/ 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 
www.uzedu.uz 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
www.stat.uz 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport 
to‘g‘risida”gi qonuni va unda belgilangan moddalar hamda ularning 
mazmuni 
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 


75 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni dastlab 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan
1

Shundan so’ng 2 marta, 2000-yil 26-mayda
2
va 2015-yil 4-sentabrda
3
mazkur 
qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, yangi tahrirda qabul qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy 
tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni 28 moddadan iborat bo’lgan. Shundan so’ng 
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda “Jismoniy tarbiya va sport 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 
kiritish haqida”gi Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan. Yangi tahrirda qabul 
qilingan qonun uncha kata o’zgarishlarni amalga oshirmadi va 27 moddadan iborat 
bo’ldi. 
Vaqt o’tishi bilan ushbu qonunni yana qayta ko’rib chiqish va qo’shimchlar 
kiritish extiyoji tug’ildi. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy 
tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar 
kiritish 
haqida”gi 
2015-yil 
4-sentabrdagi 
O‘RQ-394-
sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilindi. Qonun boblar va moddalarga 
ajratildi. Yangi tahrirda qabul qilingan qonun o’zida katta o’zgarishlar bilan 8 bob 
47 moddadan iborat bo’ldi.
1-bob. Umumiy qoidalar 
2-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat tomonidan tartibga solish 
3-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni tashkil etish 
4-bob. Ta’lim tizimida, fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish 
joyida jismoniy tarbiya va sport 
5-bob. Sport zaxirasini tayyorlash 
6-bob. O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularni 
shakllantirish 
7-bob. Jismoniy tarbiya va sportning moddiy, tibbiy, moliyaviy hamda 
boshqa ta’minoti 
8-bob. Yakunlovchi qoidalar 
Qonun aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy va har 
tomonlama etuk yoshlarni tarbiyalash, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash 
samaradorligini oshirish, zamonaviy va samarali sport infratuzilmasini yaratish 
uchun imkon yaratadi. 
Yangi tahrirda qabul qilingan qonunda oldingisidan farqli o‘laroq, «jismoniy 
tarbiya», «jismoniy reabilitatsiya», «sport», «ommaviy sport», «professional 
sport», «sportchi» kabi
 
jismoniy tarbiya va sportga oid bir qator asosiy 
tushunchalar ta’rifi batafsil ochib berilgan. Qonunga ko‘ra, sportga — odamlarning 
muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual 
qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo‘lgan havaskorlik va professional asosdagi 
faoliyati, shuningdek, ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu jarayonda 
odamlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, deb ta’rif berildi. 
Shuningdek, yangi tahrirdagi qonunda jismoniy tarbiya hamda sportni 
rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, har bir insonning jismoniy 
1
 
https://lex.uz/docs/-10860
 
2
 
https://lex.uz/docs/-63106
 
3
 
https://lex.uz/docs/-2742233
 


76 
tarbiya va sport bilan erkin shug‘ullanishga bo‘lgan huquqini ta’minlash, 
shuningdek, sport tadbirlari ishtirokchilari hamda tomoshabinlarning xavfsizligini 
ta’minlash, nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarga oid 
sport turlari, ya’ni paralimpiya, surdalimpiya, maxsus olimpiada va boshqalarning 
rivojlanishiga sharoit yaratish, O‘zbekistonning milliy sport turlari va xalq 
o‘yinlarini rivojlantirish hamda ommaviylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish 
kabi qator vazifalar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib 
o‘tilgan. 
Shu bilan birga, qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 
maxsus vakolatli davlat organining, Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, 
Xalq ta’limi vazirliklarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy 
tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari, shuningdek, fuqarolar o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning hamda boshqa 
nodavlat notijorat tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda 
ishtirok etishining huquqiy asosi belgilab berilgan. 
Yangi tahrirda qabul qilingan Qonun nafaqat davlatning sohani tartibga solish 
funksiyalarini belgilab bermoqda, shuningdek, fuqarolarning jismoniy tarbiya va 
sport bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom hayot kechirishlariga imkon beruvchi 
me’yorlarni takomillashtirmoqda. O‘zbek milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini 
yanada rivojlantirishga asos bo‘ladigan huquqiy normalarni belgilab bermoqda. 
Qonunda yana bir yangilik sifatida xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib 
chiqqan holda va sportchilarning faoliyatini muntazam monitoring qilishning 
yagona tizimini joriy etish maqsadida sportchining jismoniy tarbiya-sport 
tashkilotiga mansubligini va uning malakasini tasdiqlaydigan yangi «sport 
pasporti» tushunchasi kiritildi. Sport pasporti yagona namunadagi hujjat bo‘lib, 
unda sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, sportchining 
jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi, sport unvonlari va sport razryadlari 
berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sport musobaqalarida erishilgan natijalar, 
davlat mukofotlari va sportchi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan 
bo‘ladi. 
Yangi tahrirdagi qonunning oldingi qonundan yana bir farqli jihati sifatida 
O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkiblarini 
shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratishga doir talablarni joriy qilish 
masalalari alohida bob bilan belgilab berilganini e’tirof etish mumkin. 
Xulosa o‘rnida aytganda, yangi tahrirda «Jismoniy tarbiya va sport 
to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi aholini jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug‘ullanishga keng jalb qilishga, fuqarolarimizning sog‘lom va uzoq umr 
ko‘rishiga, sohada mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini hamda sport 
infratuzilmasini shakllantirishga, sportning milliy turlarini rivojlantirishga, 
yurtimiz yoshlarining xalqaro musobaqalarda, Olimpiya o‘yinlarida munosib 
ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish