O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

Sport turlarining turkumlanishi.
Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda 
sport turlari - Olimpiada dasturiga kiritilgan sport turlari, milliy sport turlari, sharq 
yakka kurashlari, turizm va ekskursiyalarni tashkillash markaziy kengashi 
raxbarligida uyushtiriladigan sport turlari, kasaba uyushmalari markaziy kengashi 
tomonidan tavsiya qilingan sport turlari, harbiy -tadbikiy sport turlari, kamolot 
ijtimoiy harakati musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlari, ichki ishlar, davlat 
xavfsizligi organlari xodimlari uchun belgilangan sport turlari, mamlakatimizning 
“Mudofaaga ko’maklashuvchi” Vatanparvar markaziy kengashi tomonidan 
ommalashtirilayotgan sport turlari tarzida klassifikatsiya qilinadi. 
Jismonan barkamol avlod tarbiyasini amalga oshirishda yuqori sport 
natijalariga erishgan mahoratli sportchilar, ayniqsa o’quvchi talaba - yoshlarga 
sport turlari bo’yicha sport razryadlari va unvonlar beriladi. Ularning talab 
normalari “O’zbekiston Respublikasining sport turlari klassifikatsiyasi” deb 
nomlanadigan nizom asosida yo’lga qo’yiladi va mazmuniga har to’rt yilda 
o’zgartirishlar kiritilib boriladi. 
Nizomni xar to’rt yilda o’zgartirib turilishi mamlakat aholisi, o’quvchi talaba-
yoshlarning jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi darajasining ortishi, 
ijtimoiy sharoitni yaxshilanishidan kelib chiqadigan o’zgarishlar oqibati deb 
qaraladi. Turmush sharoiti, ovqatlanish, uning sifatini dam olish va boshqa 
faktorlar jismoniy imkoniyatlarni (rivoj langanlik va tayyorgarlikni) ham 
yaxshilanishi sport razryadlari, unvonlarni normalarini har to’rt yilda ko’tarishni 
taqazo etishi ham shunda. 
Nizomda sportning vazifalari, sport turlari, sport razryadlari va sport 
unvonlari beriladigan sport turlari, sport razryadi va unvonlarni berishning talab va 
normalari, sportchilarni tayyorlashni takomillashtirish, razryad nishonlari va sport 
unvonlarini olish uchun zaruriy xujjatlarni tayyorlash, taqdirlash, razryadli va 
unvon egalarining xuquqi va majburiyatlari, sportchining sinov daftarlari hamda 
mamlakatimizda ommaviyligi oshgan sport turlari haqida ma’lumotlar beriladi, 
lozim bo’lgan o’zgartirishlar qilinadi. 
Sport turlarining turkumlanishi (klassifikatsiyasi) nizomi mazmunida 
O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazrligi raxbarligi hamda shu 
vazirlikning viloyat bo’limlari raxbarligida uyushtirilgan, ommaviy tadbirlar, 
musobaqalarning eng ustivorlariga tasniflar berilgan hamda ulardagi ishtiroki 
natijalariga ko’ra unvonlar, sport razryadlari, shug’ullanish tavsiya qilingan sport 
turlari sanab o’tilgan. 


57 
Mustaqilligimiz sharofati bilan jamiyatimiz a’zolarini sog’lomlashtirish 
maqsadida tashkillangan davlat va xususiy sport muassasalari va tashkilotlari 
tomonidan ommaviy sport turlari, yakka kurashlar va boshqa noan’anaviy sport 
turlarining ayrimlari uchun ham ommaviy razryadlar, unvonlarning talablari va 
normalari kiritilgan. 
Sport tayyorgarligi jismoniy tayyorgarlikning maxsus yo’nalish bo’lib, bu 
jarayonning vazifasi insonni tanlab olingan sport turida yuqori sport natijalarga 
erishishni ta’minlashdan iboratdir. 
Sport tayyorgarligi tushunchasi jismoniy tarbiya jarayonida o’zining mazmuni 
va mohiyatiga ega bo’lgan, keng ma’noli, vazifasiga ko’ra, insonni tanlab olingan 
sport turida yuqori natijalarga erishishini ta’minlovchi maxsus yo’nalishdir. 
Umumiy sport tayyorgarligi va maxsus sport tayyorgarligi, deb alohida 
mazmundagi ko’p qirrali jarayon tarzida harakat sifatlarining barchasini teng va 
tanlab olingan sport turi uchun zarurlarini rivojlantirishdek mohiyatiga ko’ra 
farqlanadigan tayyorgarlik mashg’ulotlari turkumidan iborat (5-6 semestrlarda 
sport trenirovkasiga batafsil to’xtalamiz). 
Jismoniy 
tarbiyada 
sport 
tayyorgarligi, 
organizmning 
funktsional 
imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog’liq, yuqori sport natijasi kishilarning 
jismoniy tayyorgarligini baholash mezoniga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo’ljal 
sifatida juda keng ko’lamda qo’llaniladi. 
Umumiy sport tayyorgarligi va maxsus sport tayyorgarligi harakat sifatlarini 
barchasini teng, kerak bo’lsa tanlab olingan sport turi uchun zarur harakat sifatini 
rivojlantirish jarayonidir. 
Jismoniy tayyorgarlik tarkibida amalga oshiriladigan sport tayyorgarligi, 
organizmning funktsional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog’liq. Yuqori 
sport natijasi kishilarning jismoniy tayyorgarligini baholash mezoniga aylangan va 
jismoniy tarbiyaning darajasiga mo’ljal sifatida juda keng ko’lamda foydalaniladi. 
Hozirgi zamon sport o’yinlari bilan shug’ullanadigan sportchilar yuqori 
darajadagi funktsional tayyorgarlikka, har tomonlama jismoniy tayyorgarlikka ega 
bo’lishi uchun ularning harakat sifatlarini rivojlantirish (jismoniy tayyorgarligini 
yo’lga qo’yish)da, oranizmni xizmati faoliyatiga zaruriy zamin yaratish, trenirovka 
mashg’ulotlari yoki o’quv trenirovka mashg’ulotlarining, akademik darslarning 
asosiy vazifasiga aylantirilishi lozimligini L.R.Ayrapetyants, F.M.Pavlovlarning 
ilmiy tadqiqotlari natijalari orqali isbotlangan. 
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, jismoniy tayyorgarlik jarayonida, jismoniy 
va funktsional tayyorgarlikning boshqa sohalaridagidek, maqsadga yo’naltirilgan 
faoliyat orqali rejalashtirilgan natijaga har doim ham erishib bo’lmaydi. Bu 
jarayonida erishiladigan natija yosh sportchi yoki jismoniy madaniyat soxibining 
trenirovkasi jarayoni uchun rejalashtirilgan jismoniy mashqlar va ularni 


58 
shug’ullanuvchi organizmiga ta’siri natijasi bilan uzviy bog’liqligini ham nazariy 
ham amaliy bilishning ahamiyati katga. Qisqa, yo’nalishiga ko’ra tor sport 
trenirovkalarining natijapari fikrimizning dalilidir. 
Yuqori natijalarga erishish faqat ma’lum davr ichidagina sodir bo’lishligi 
faqat mamlakatimizning emas boshqa mamlakatlar jismoniy tarbiya tizimlarining 
jismoniy 
tayyorgarlik mashg’ulotlari orqali ham isbotlangan. Oldingi 
mashg’ulotlardagi yuklamalar mashq qilinmasa, qaytadan takrorlanmasa, unitilsa, 
bunday trenirovka mashg’ulotlari keyinchalik o’zining mohiyatini yo’qotib, har 
tomonlama jismonan garmonik rivojlanishga, tarbiyalanishiga halal beradi, sport 
yutuqlarini esa kechiktiradi yoki yo’qqa chiqaradi. Shuning uchun soha mutaxasisi 
oldindan uzoqni ko’ra biluvchi, bashorat qila oluvchi, vazifani aniq belgilash va 
hal qilishga oid puxta bilimlarga ega, o’qimishli, o’z ishini biladigan, sevadigan, 
ta’limning 
innovatsion 
texnalogiyalaridan 
xabardor, 
qadriyatlarimizni 
shug’ullanuvchi ongiga singdira oladigan bo’lishi va ularni tayyorlash talabi 
qo’yilmoqda. Albatta, bu soha mutaxassisini tayyorlaydigan takomillashgan 
jismoniy tarbiya tizimi faoliyatiga bog’liq. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish