O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

Amaliy jismoniy tarbiya
kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy turlarga bo’linadi. 
Ularning xususiyatlari professional faoliyat sohasiga bevosita kiritilishi bilan 
belgilanadi.
Jismoniy tarbiyaning amaliy turlari bazali jismoniy tarbiya bilan eng 
mustahkam tarzda bog’langan. Ularning uzviy aloqasi shunda ifodalanadiki, bunda 
kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy 
tayyorgarlik negizida quriladi. Bundan tashqari, jismoniy tarbiyaning amaliy turlari 
mazmuniga bazali jismoniy tarbiya va sportning muvofiq unsurlari ham kiradi.
 
Sport – jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi
Sport jismoniy rivojlanishni va insonning u bilan bog’langan boshqa sifatlari 
rivojlanish darajasini ta'minlaydi. 
Ommaviy sport bazasi jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Yuqori 
muvaffaqqiyatlarga erishishda sport jismoniy madaniyatning maxsus sohasini 
ifodalaydi. 
Sport - jismoniy madaniyatning tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli 


54 
darajada jismoniy va unga bog’liq bo’lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va 
o’sishini ta’minlaydi. Jamiyat jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi xisoblangan 
sport tushunchasi yunoncha so’z bo’lib, boshlang’ich ma’noda «kuch 
sinashaman», «musobaqalashaman» degan ma’noni beradi. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha sportga dam olish, ko’ngil 
ochish, so’ng, jismonan yuqori sport ko’rsatkichga erishish vositasi, 
musobaqalarda g’alaba qozonish tarzidagi faoliyat deb qaralgan. 
Sport asosan uch ko’rinishda - o’quv predmeti, ommaviy-ko’ngilli sport, 
«katta sport», “Oliy tartibdagi harakat mahorati sporti” tarzidagi yo’nalishlarda 
o’zining nazariyasi va amaliyotini rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi. 
O’quv predmeti sifatida davlat ta’lim muasassalari va qurolli kuchlar tizimi 
jismoniy tarbiya jarayonining vositasi tarzida. UJT hamda sport tayyorgarligini 
nazariy asoslari fani tarzida majburiy o’qitiladi. 
Ommaviy-ko’ngilli sport jamiyatimiz a’zolarining bo’sh vaqtlarini samarali 
o’tkazish, sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati soxibining jismoniy 
mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarining vositasi tarzida foydalanishda, 
bolalar, o’quvchi, talaba-yoshlarning darsdan tashqari vaqtini foydali o’tkazish 
uchun har bir individning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Sport mahoratini 
oshirish maqsadida ham ommaviy ko’ngilli sportdan maqsadli foydalanish ham 
yo’lga qo’yilishi mumkin. 
Ommaviy-ko’ngilli sport atamasi o’z mazmuniga ko’ra ko’pchilik 
shug’ullanishi mumkin bo’lgan yoki shug’ullanishni yoktiradigan sportning - 
minifutbol, futbol, voleybol, basketbol, qo’l to’pi, yengil atletikaning yurish, 
yugurish mashqlari, suzish, shaxmat, shashka va boshqa qator turlarni o’z ichiga 
oladi. Turli xildagi harakatli o’yinlar, o’z qoidasi, o’yin maydoniga ega bo’lgan 
xalq milliy o’yinlari va milliy sport turlari ham bundan mustasno emas. 
Katta sport boshqachasiga - “oliy maqomdagi sporti mahorati” soxiblari 
bajaradigan harakatlar tarzidagi sport boshqachasiga aytganda “harakatning oliy 
maqomi” (yuqori maqomda bajariladigan) jismoniy mashqlar tushuniladi. 
“Katta sport” sportning tanlangan turi bo’yicha “oliy maqomdagi harakat 
malakasini 
egallash”ni 
maqsad 
qilib 
shug’ullanuvchilarning 
maxsus 
tayyorgarligini o’z ichiga oladigan jarayon ko’lamiga ko’ra keng tushuncha. 
Bunday maxsus tayyorgarlik tanlangan sport turiga qarab 8,12,15 va undan ortiq 
yillar davomida muntazam va tizimli amalga oshiriladigan jarayondir. 
Shug’ullanuvchilarning ko’pchiligi sportchi sifatida jismoniy mashqlar bilan 
shug’ullanishni faqat yuqori sport natijalarga erishishni maqsad qilib qo’yadilar. 
Hozirgi kunda esa bu kasb ham xisoblanadi. 
Shu kunlarda «sportchi» deganda yoki shu so’z talaffuz etilganda, 
tasavvurimizga kuchli, chidamli va chaqqon, qaddi-qomati kelishgan alpqomat 


55 
yigit yoki qiz obrazi, shu bilan birga, irodali, to’g’ri so’zli, hayotga doimo yaxshi 
umid bilan qaraydigan optimizim ruxi soxibi, har qanday qiyinchiliklarni oson 
yenguvchi, kamtarin va o’zining sportdagi mahorati va yutuqlariga nisbatan 
xotirjam insonni ko’z oldimizga keltiramiz. 
Shunday ekan, sport jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan faoliyat, 
tarbiyaviy va kommunikativlik funktsiyalarini ham bajaradi. 
Katta sport shug’ullanuvchidan (sportchidan) o’ziga nisbatan o’ta talabchan, 
uyushgan, belgilangan qoidalarga rioya qiladigan, tashkilotchi, kirishuvchan 
(begonasiramaydigan), tez muloqotga kirishuvchan bo’lishni, talab qilinsa, 
fidoiylik, o’zini ayamaslikdek, qator insoniy sifatlarning talablarini qoidaga 
aylantira oladigan, unga rioya qilaoladigan, oriyatli, shon-shuxratga nisbatan 
bosiqlikdek xislatlar hamda boshqa qator qadriyatlar talablariga bo’ysinuvchan 
bo’lishga o’rgatadi. 
Sport doimiy kasb emas. Sport hayoti 8-20 yil davom etadigan, moddiy 
ne’mat (boylik) yaratish bilan bog’lanmagan va o’quv tarbiya jarayoni 
qonuniyatlariga bo’ysundirilgan inson tarbiyasi jarayoni vositalaridan biri. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish