O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

Maxsus 
jismoniy 
tayyorgarlik. 
Inson 
organizmining 
jismoniy 
tayyorgarligini qayd kilingan yo’nalishi tanlangan mehnat faoliyati, kasbi (o’t 
o’chiruvchi, mashinist, xaydovchi, novvoy, duradgor va boshqalar) uchun yoki 
sport faoliyatida tanlangan sport turi talab qiladigan jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish va tarbiyalashni boshqarishni o’z ichiga oladi. 
Masalan, o’t o’chiruvchi kasbining soxibi maxsus kiyim bosh kiyib, noqulay 
sharoitda, chegaralangan satx-narvon yoki oddiy taxta ustida ma’lum vaznga ega 
bo’lgan ish kurollaridan foydalanib, o’z vazifasini bajarishda belgilangan 
darajadagi tezkorlik, kuch, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarni namoyon 
qilishi lozim bo’ladi. Qayd qilingan sifatlarni tarbiyalashni maxsus jismoniy 
tayyorgarlik jarayonidagi mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. 
Har qanday kasb soxibining jismoniy tayyorgarligi, ayniqsa, kasbiy jismoniy 
tayyorgarligi o’zining xususiy tomonlariga ega. Mashg’ulotlar kasb soxiblari 
uchun maxsus ishlangan dasturlar asosida tashkil etiladi. Sport faoliyati va unga 
tayyorgarlik jarayonidagi maxsus tayyorgarlik faqat tanlab olingan sport turi uchun 
kerak bo’ladigan sifatlarni rivojlantirishga yo’naltiriladi. 
Kasb-xunar jismoniy tayyorgarligi
maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayoni 
xisoblanib, ularning har biri xususiy tomonlari bilan farqlanadi. Kasb-xunar 
jismoniy tayyorgarligi - bu, jismoniy tarbiyaning mutaxassislashtirilgan, aniq 
mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayondir. Bunda 


53 
asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo’lgan turlaridan 
foydalaniladi. Kasbga yo’naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining 
qo’llanishi mehnat harakat malakalarining shakllanishi jarayonini tezlashtiradi, 
mehnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muxit ta’sirining zararli 
omillariga qarshilik ko’rsatishini yaxshilaydi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki, jismoniy tayyorgarlik tushunchasi 
jismoniy tarbiya jarayoni tarkibida amalga oshiriladigan amaliy faoliyatdir. 
Jismoniy madaniyat bakalavri jismoniy tayyorgarlik tushunchasining mazmuni, 
atamaning ta’rifi, bu jarayonning maqsadi va vazifasi, jismoniy tayyorgarlikning 
tuzilishi (strukturasi), jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlari jarayonida organizmda 
sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlar va ularga oid nazariy bilimlar, jismoniy 
tayyorgarlikning ko’rsatkichlari, “jismoniy qobiliyat”, umumiy jismoniy, maxsus 
jismoniy, kasb - hunar jismoniy tayyorgarligi, ajdodlarimiz meroslarida inson jismi 
tarbiyasiga oid nazariy fikrlar, sport turlari jismoniy tayyorgarligidek kasbiy 
nazariy va kasbiy amaliy malakalarga oid bilimlarni boyligi uning kasbiy nazari va 
kasbiy amaliy malakalari salohiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Mustaqilligimizdan so’ngi ayrim maxsus adabiyotlarimizda, ayniqsa, 
matbuot, radio televideniyada “jismoniy barkamollik”, “jismoniy kamolot”, 
“jismoniy yetuklik” va boshqa jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyotining 
qator atamalarini mazmunini o’rinsiz yoki bilmay qo’llash xollari uchrab turganligi 
jamiyat jismoniy madaniyati darajasi haqida salbiy fikrlarga sabab bo’lishi mukin. 
Jismoniy tayyorgarlikning tuzilishi va vositalariga oid ko’shimcha bilimlarni 
Sh.X.Xankeldiyev va Ye.Ya.Bondarevskiylarning “O’quvchi talaba yoshlarning 
jismoniy tayyorgarligini regional xususiyatlari” monografiyasida o’qish mumkin. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish