Матншунослик фани адабий манбашунослик ва матншуносликнинг назарий муаммолари, хусусан, қадим қўлёзма меросимиз манбалари устида илмий фаолият олиб бориш малакасини шакллантириш, араб имлосига асосланган эски ўзбек ёзувини эркин ўқий олиш


-dars. Matn tarixi. Tadqiq usullari



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/115
Sana12.06.2022
Hajmi2,58 Mb.
#660050
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
Bog'liq
11111 . Matnshunoslik fan siratida

7-dars. Matn tarixi. Tadqiq usullari
 
Turli yillarga oid yuzdan ortiq qo‘lyozma va toshbosma nusxaga ega 
muayyan asarning 
matn tarixini
o‘rganmasdan, uning tili yoki badiiyatini 
yoritish borasida qanchalik zahmat chekilmasin, bu tugal ish hisoblanmaydi. 
Ko‘p nusxali matn tarixini o‘rganish esa asarning qo‘lyozma, toshbosma 
nusxalarini turli tasniflar asosida guruhlash, har tomonlama qiyoslash va 
saralashdan boshlanib, oxiri – aniq va ishonchli dalillar bilan quvvatlangan ilmiy-
tanqidiy matnni tayyorlash bilan nihoyalanadi. SHundan so‘nggina bu asar 
bo‘yicha kelajakda qilinadigan tadqiqotlar, xoh adabiyotshunoslik, xoh 
tilshunoslik yo‘nalishida bo‘lsin, qat’iy ravishda tayyor ilmiy-tanqidiy matn 
asosida olib borilishi kerak. Matnshunos olim N.SHodmonov ayni muammoga 
e’tibor qaratib, uning echimini “matn tasarrufi” tushunchasi bilan izohlaydi: 
“Adabiy manba tadqiq etilib, istifodaga kiritilgach, muallif va uning merosini 
“tashuvchilar” tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato hamda nuqsonlar ular zimmasidan 
tadqiqotchi zimmasiga o‘tadi. SHuning uchun manba tadqiqot doirasida to‘g‘ri 
tasarruf etilishi, nuqsonlar bartaraf qilinishi lozim. Tasarruf uchun, eng avvalo, 
matnshunoslik mafkurasi, ilmiy tafakkur shakllangan bo‘lishi kerak. U etarli 
darajadagi nazariy bilimlar bilan bir qatorda psixologik, mantiqiy va estetik tahlil, 
tasavvur, echim topish malakalarini o‘zlashtirish orqali hosil qilinadi”. 
Afsuski, ko‘p hollarda bu qoidaga amal qilinmaydi. Masalan, So‘fi Olloyor 
asarlari ham hali tanqidiy matn tayyorlab ulgurilmasidanoq, doktorlik, bir necha 
nomzodlik tadqiqotlari, shuningdek monografiya, risolalar uchun ob’ekt bo‘ldi. 
Qilingan ishlarning ilmiy qimmatini kamsitmagan holda ta’kidlash kerakki, So‘fi 
Olloyor asarlarining, xususan, “Sabotul ojizin”ning to‘la ilmiy-qiyosiy 
ko‘rsatkichlar bilan asoslangan tanqidiy matni tayyorlanmaguncha natijalar 
mukammal bo‘lmaydi. 
Matn 
tarixini 
o‘rganish 
ishishartli 
ravishda 
to‘rt 
bosqichda 
kechadigan qiyoslash va saralash tamoyillaridan iborat bo‘ladi. 
Avvalgi bosqichda qo‘lyozmaning paleografik tekshiruv natijalari 
(qog‘oz va xat turi, qo‘lyozmaning saqlanish holati) asosida sanalar 
bo‘yicha ajratildi: Masalan: 
1.
XVIII asr;
2.
XIX asr;
3.
XX asr. 


Ikkinchi 
bosqichda 
guruhlangan 
qo‘lyozmalarning 
xati 
o‘zaro 
solishtirildi. Masalan: “Barcha qo‘lyozmalar nastaliq xatida bitilgan 
bo‘lib, XVIII asrga oid nusxalarida dag‘allik (ba’zan nasxga moyillik), 
XIX asr oid nusxalarda nafislik, XX asrga oid nusxalarda husnixat va 
badxatlik qorishiq kelgani kuzatildi”.
Uchinchi bosqichda sanalar bo‘yicha ajratilgan har bir qo‘lyozma 
matnining to‘liqligiga ko‘ra o‘zaro qiyoslanadi. Natijalarni shunday 
umumlashtirish mumkin: 
– matnning boshi va oxiri bo‘lgani holda, ayrim baytlar tushib 
qolgan; 
– boshlanishi yo‘q qo‘lyozmalar; 
– oxiri yo‘q qo‘lyozmalar; 
– boshlanishi ham, oxiri ham yo‘q qo‘lyozmalar. 
To‘rtinchi bosqichda o‘zaro qiyos natijasida saralangan nusxalarning 
“matn butunligi” aniqlandi. Qadimiylik, to‘liqlik, husnixat, saqlanish 
sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning imkon qadar 
bitta qo‘lyozma matnida jamlanishi – “tom butunlik”ni, bittadan ortiq 
qo‘lyozma matnlari asosida jamlanishi – “matnlar aro butunlik”ni 
anglatadi. Keyin shu asosda ilmiy-tanqidiy matn uchun asos nusxalar 
tanlanadi. Asos nusxalar ishonchli matnni tiklash silsilasining avvalgi 
halqasini tashkil qiladi.
O‘zaro muqoyasa jarayonidaqo‘lyozma nusxalarining bir umumiy 
manbadan ko‘chirilgan yo ko‘chirilmagani aniqlanadi. Ishonchli matnni 
tiklash silsilasining ikkinchi halqasi “faol nusxalar”, uchinchi halqasi esa 
“yordamchi nusxalar” deb ataladi. 
Badiiy asar muallifning yaratuvchanlik va ijodkorlik mahoratini to‘la 
namoyon etar ekan, bu imkoniyat og‘zaki va yozma muloqot faoliyati 
mahsuli bo‘lgan matnda o‘z aksini topadi. 
Hozirgi zamon filologiyasida matnni ta
hlil etishda ko‘pchilik tomonidan 
qabul qilingan yagona qoida yo‘q. Matn interpretatsiyasi matn ustida 
ishlayotgan olimning fanning qaysi yo‘nalishida ish olib borishiga bog‘liq. 
Masalan, D. S. Lixachev matnni ijodkor fikrining nutqiy ifodasi, 
qo‘lyozmada 
ongsiz ravishda sodir etilgan xatolar matn tushunchasiga kirmaydi
matndan tashqari holatlar muallif ixtiyorisiz vujudga kelgan bo‘ladi, deb 
ta’kidlaydi
.
54
Matn tahliliga tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashgan olimlar uning 
mohiyatini lisoniy, kommunikativ, strukturaviy, mazmuniy xususiyatlar 
zanjiri belgilashini e’tirof etadi. Tilshunos olim M. Irisqulov fikricha, 
matnning asosiy xususiyatlaridan biri uning uzil-kesil tugal fikr anglatishidir. 
Matn yaratilgandan keyin tinglovchida kim? qachon? qaerda? qanday? 

kabi qo‘shimcha savollarga o‘rin qolmaydi. Har qanday matn fikrlar majmui 
bo‘lib, o‘zaro uzviy bog‘langan mulohazalarni o‘z ichiga oladi. Matnning 


chegarasini uning yaratuvchisi (ya’ni yozuvchi, bayon qiluvchi) belgilaydi.
Matnga bo‘lgan turli xil
an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar 
tadqiqotchida faqat cheksiz keng tasavvur emas, balki badiiy asar 
xususiyatlarini baholashda qiyinchiliklar ham tug‘diradi. 
Adabiyotshunos 
Suvon Meli fransuz tanqidchisi va ijodkori Rolan Bartning matnni asarga 
bog‘liq,
asarga yuzma-yuz, hatto qarama-
qarshi qo‘yib o‘rganish asosida 
bu ikki hodisaning ham bog‘liq, ham farqli tomonlarini chuqur va asosli 
tarzda ochishga erishganligini ta’kidlaydi. Suvon Melining yozishicha, Rolan 
Bart 
“Asardan–matnga” deb nomlangan maqolas
ida matn 

asarning 
parchalanib ketishi emas, aksincha, asar matn ortidan sudralib yuruvchi 
tasavvur shleyfi, yoki boshqachasiga matn faqat ish jarayonida, ishlab 
chiqarishda bilinishi, matn harakatsiz qotishi mumkin emas, u o‘z tabiatiga 
ko‘ra, nimanidir 
oralab, masalan, asar oralab, qator oralab harakatlanishi 
zarurligini, asar nari borsa, kam ramziy, uning ramziyligi tezda yo‘qqa 
chiqadi, ya’ni u harakatsizlikda qotib turadi. Matn bo‘lsa, to‘liq ramziy: 
o‘zining butun ramziy ko‘lamida tushunilgan, idrok
etilgan va hazm qilingan 
asar, ayni shu matn ekanligini, boshqacha aytganda, asar matnlashuv 
jarayonini boshidan kechirganda, shunga erishilgan taqdirdagina badiiy 
asar bo‘la olishini qayd etadi.
55
Albatta, matnni tushunish, o‘rganishdagi bunday mulohazala
rga 
munosabat bildirish maxsus ilmiy tahlilni talab etadi. Lekin, lozim bo‘lsa, 
Rolan Bartning matn haqidagi fikrlariga qo‘shimcha qilardikki, birinchi 
holatda matn tushunilgan, idrok etilgan va hazm qilingan taqdirda ham u 
yaxlit bo‘lmasa, asar bo‘la olmaydi. “Matnshunoslik nuqtai nazaridan 
mazmunan va shaklan yagona tugal yaxlitlikka ega bo‘lgan matngina asar 
bo‘la oladi”
56
. Ikkinchi holatda, matnning yaratilishi maqsadiga ko‘ra farq 
qiladigan guruhlari: og‘zaki, yozma(qo‘lyozma), bosma va ommaviy 
kommunik
atsiya turlari uchun birdek ta’rif bo‘la olmasligini e’tiborda tutish 
zarur.
Demak, matn kishi nutqiy faoliyatining mahsuli bo‘lib, shakllangan ijodiy 
yondashuv natijasidir. Har qanday holatda matn moddiy olamning ob’ekti, uni 
tasvirlash va yaratish mumkin bo‘ladi.
Matnshunos matnning to‘liq tuzuvchisi, ham tuzatuvchisi, idrok etuvchisi 
hisoblanadi, ammo muallif fikri, g‘oyasining o‘zgartiruvchisi bo‘lolmaydi. 
Qo‘lyozma matnini tuzish faqat belgi yoki harflar izchilligi emas, balki kuchli 
yaxlit maqsadning natijasi hamdir. Matnshunos qo‘lyozma matnini tuzishda, 
asosan, quyidagi tadqiqot usullarini amalga oshiradi:

asar matni tarixini o‘rganish;

asar matnini tuzish;

asos-
matn yaratish uchun ma’lum bir tamoyilga tayanish;

asar matnini nashrga tayyorlash.
55
Қаранг: Мелиев Сувон. “Янги танқид”(Ғарб адабиётшунослигидаги бир оқим ҳақида) //Шарқ 
юлдузи, 2010, № 7. –
Б.167–
168.
56
Д. С. Лихачев. Текстология. Краткий очерк. –М.–
Л.: Наука, 1967. –
Б.10. 


Matnshunoslikda asar 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish