aniq belgilashi lozim. Shundagina matn tarixi ob’ektiv ko‘rinish
kasb etishi
mumkin.
2.
Asosiy matn tuzish usuli.
Asosiy matn tuzish matnshunoslik tadqiq usullarini
kompleks ravishda ishga tushirishni taqozo etadi. Asosiy matn tuzish, bu –
muallifning asl, birlamchi matnini tiklash emas. Muallif matnining asl holatini
tiklash deyarli mumkin emas. Matnshunos faqat matnning muallif variantiga yaqin
ko‘rinishini tuzishi mumkin.
Asosiy matn deyilganda, matnshunos tomonidan
nashr uchun tuziladigan qo‘lyozma asarning so‘nggi varianti nazarda tutiladi.
3.
Ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli.
Qo‘lyozma nusxani ko‘chirish
jarayoni to‘rt harakat majmuidan iborat bo‘lib, tanlangan matnni o‘qish, matnni
eslab ko‘chirish, ichida takrorlab ko‘chirish va, nihoyat, matnni tushunib-
tushunmay ko‘chirishni o‘z ichiga oladi. Ko‘chirish jarayonida ko‘plab
xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Bunga sabab, kotib asliyat husnixati
xususiyatlarini yaxshi tushuna olmagan bo‘lishi mumkin. Matnshunos qo‘lyozma
nusxadagi xattotlar uslubini diqqat bilan o‘rganishi, harflarning “bejirim tasvirlari”
o‘rtasidagi bog‘liqlikka, ularning o‘ziga xos bezak-unsurlariga e’tibor berib,
xatolik nima sababdan sodir bo‘lganini aniqlashi lozim. Ba’zi hollarda, xattotlar
so‘zni o‘qiy
olmasalar, kontekstdan kelib chiqib, o‘zlaricha matnni tuzatib yoki
to‘ldirib ketganlar. Matnshunos tomonidan xolis aniqlangan xato qiyosiy tahlil
orqali asosiy matnda tuzatib boriladi.
4. Muallif matni xatoliklarini aniqlash usuli.
Ayrim ijodkorlar o‘z
asarlarini
ko‘chira turib, xattotlar faoliyatida ko‘ringan xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin.
Masalan, ayrim harflarning tushib qolishi, sanalarning noto‘g‘ri belgilanishi,
sarlavha yoki ayrim jumlalarning qisqarishi mexanik tarzda ro‘y berishi mumkin.
Xatoning muallif tomonidan ongli ravishda qilinmaganligini aniqlash muallifning
g‘oyaviy pozitsiyasi tahlili,
ilmiy-badiiy iqtidori, matn mazmuniga talabchanligi
darajasini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
5. Matnni ongli ravishda o‘zgartirish hollarini tahlil qilish usuli.
Matn qasddan
yoki beixtiyor o‘zgartirilganini farqlash murakkab tahliliy jarayonni talab qiladi.
Matn o‘zgartirilgan hollar xattot yoki kotibning “o‘ta bilag‘onligi”, shunday
bo‘lishi kerak edi yoki bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan
iddaoda matnni tuzatib
ketishi natijasida yuz beradi. Matnshunos, avvalo, manbalarning xronologik
yoshiga qarab farqlar dinamikasini tuzib chiqishi lozim. O‘shanda o‘zgartirish
manba “taqdiri”ning qaysi bosqichida yuz bergani ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng
manbaning ko‘chirilish sanasi, davri va hududi, davrning ustun g‘oyaviy,
siyosiy
yo‘nalishlari o‘rganiladi. Ushbu tahlillar o‘zgartirish qasddan yoki beixtiyor
qilinganligini aniqlab beradi.
6. Qo‘lyozma tavsifini amalga oshirish usuli.
Matn ustida ishlash qo‘lyozmaning
tashqi belgilarini o‘rganishdan boshlanadi. SHarq kitobat san’ati o‘zining qat’iy
prinsiplariga asoslanadi. Masalan, har bir asarning «bismillo»dan boshlanishi
(basmala), so‘ng Ollohning madhi (hamd, tamhid) va Muhammad (s.a.v.) ta’rifi
(na’t), shundan keyin asarning yozilish sababi (sababi ta’lifi kitob) qaydi kitobat
qilinishda tashlab ketilishi mumkin bo‘lmagan asosiy prinsiplardandir.
Qo‘lyozmaning tavsifiy belgilari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: