Матншунослик фани адабий манбашунослик ва матншуносликнинг назарий муаммолари, хусусан, қадим қўлёзма меросимиз манбалари устида илмий фаолият олиб бориш малакасини шакллантириш, араб имлосига асосланган эски ўзбек ёзувини эркин ўқий олиш



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/115
Sana12.06.2022
Hajmi2,58 Mb.
#660050
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115
Bog'liq
11111 . Matnshunoslik fan siratida

10. Qo‘lyozma nusxalar o‘rtasidagi farqlar tahlili. 
Matnshunos qo‘lyozma asar 
nusxalari ustida ishlar ekan, ularning qaysi matndan ko‘chirilganligini aniqlashi 
nusxalar o‘rtasidagi farqlarning paydo bo‘lish sabablarini oydinlashtiradi. Bu 
jarayonda nusxalardagi matniy o‘zgarishlar xronologik tartibda guruhlashtiriladi va 
eng qadimiy nusxalar bilan solishtiriladi. Ushbu tahlil natijasida asarning dastlabki 
varianti haqida muayyan tasavvurga kelinadi. 
11. Nusxalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va munosabatni aniqlash usuli. 
Qo‘lyozma va toshbosma usullarida chop etilgan asarlar o‘rganilayotganida 
muayyan asarning qaysi matn asosida ko‘chirilganligini aniqlash muhim 
hisoblanadi. O‘rganilayotgan asar asl nusxa yoki yagona kopiya sifatida etib 
kelgan bo‘lsa, tabiiyki, ushbu usul qo‘llanmaydi. Biroq asl nusxa ham, ko‘plab 
kopiya nusxalar ham mavjud bo‘lgan taqdirda matn tarixini yoritish nuqtai 
nazaridan, shuningdek, nusxalarning jo‘g‘rofiy-hududiy va davriy jihatdan ko‘p 
yoki kam ko‘chirilganligi, sifat darajasiga qarab o‘sha davrlardagi adabiy 
jarayonlar va mazkur asarga bo‘lgan munosabat aniqlanadi. 
12. Matnlarni klassifikatsiya qilish (tasniflash) usuli. 
Matnlar janr va nashr turlari 
bo‘yicha tasniflanadi. Janr turlariga adabiy (devon, doston-masnaviy, qasida va shu 
kabilar), tarixiy (tarix-yilnomalar, tazkira-esdalik, manoqib, vaqfiya va shu 
kabilar), yozishmalar (maktubot, ruq’aot, munshaot va shu kabilar), diniy (tafsir, 
ta’vil, fiqh, kalom, tasavvuf va shu kabilar), fan sohalariga bag‘ishlangan matnlar 
kiradi. Turli to‘plamlar, monografik risolalar, majmualar, bayozlar shaklida 
ko‘chirilgan yoki toshbosma usulida chop etilgan asarlar nashr turlari bo‘yicha 
tasniflanadi.Tasniflash matnshunos uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, tadqiq 
etilayotgan matn turli janr va nashr turlariga xos belgilarga ega bo‘lishi mumkin. 
Masalan, tazkiralarda biografik ma’lumotlar bilan birga she’rlardan parchalar, 
xatlardan namunalar yoki tarixiy lavhalar qorishiq keladi. Devonlar esa, muayyan 
strukturaga ega bo‘lib, bu tartib buzilishi uning majmuaga aylanib qolishiga olib 


keladi. Bayozlar tazkiralar kabi to‘plam-antologiyalar xarakterida bo‘lsa-da, 
ularning tarkibini shoirlar ijodlaridan namunalar tashkil etadi. 
13. Tekstologik belgilarni aniqlash usuli. 
Qo‘lyozma asarlar o‘z ko‘chirilish 
tarixining muayyan bosqichlarida boshqa nom ostida ko‘chirilishi ham mumkin. 
Asarning xalq orasida mashhur bo‘lgan nomi yoki shu janr guruhiga kiruvchi 
atamalar bunga sabab bo‘ladi (masalan, “Hidoya”, “Muxtasar”, “Viqoya” yoki 
“Xazoyin ul-maoniy”, “Chor devon” kabilar). Asarning asl nomini tiklash uchun 
matnshunos o‘zi tadqiq etayotgan qo‘lyozma asarning nusxalarini qiyosan 
o‘rganib, saralash yo‘li bilan ular orasidan matni aynan takrorlanayotganlarini 
ajratib oladi. Ularning ahamiyatga ega o‘xshash jihatlarini, ya’ni tekstologik 
belgilari o‘rtasidagi mutanosiblikni tiklaydi. Nomi bir xil bo‘lgan matnlar o‘rtasida 
farq bor yoki yo‘qligini kuzatadi. Tekstologik belgilar barcha tavsifiy alomatlar, 
tahrir izlarini o‘z ichiga oladi. 
14. Matnni tiklash (rekonstruksiya) usuli. 
Matnshunos asosiy matnni tuzishda 
qo‘lyoma asar nusxalarida uchraydigan farqlar, tushirib qoldirish yoki qo‘shib 
yozish kabi holatlarga duch keladi. Ularning to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirish va 
aniq to‘xtamga kelgandan so‘ng asosiy matnga tuzatish kiritish matnshunosdan 
katta mehnatni talab qiladi. Bu jarayonda yuqorida tilga olingan ayrim usullardagi 
kabi qadimiyroq nusxalarga tayanish ish bermaydi. Matnshunos birlamchi matn 
bilan o‘zi tuzatayotgan asosiy matn orasida ko‘chirilgan nusxalardagi matn 
bo‘lagini chiroyli va yaxshi o‘qilayotgani nuqtai nazaridan emas, mantiq jihatidan 
bog‘lanishi va muallifning g‘oyaviy-badiiy saviya va darajasiga mutanosibligi 
jihatidan kelib chiqib tahlil qilishi lozim. 
15. Matnni sanalashtirish usuli. 
Matnning sanasi bo‘lmagan taqdirda matnshunos 
nusxalardagi tafovutlar, birlamchi matn varianti haqida xulosa chiqarishga 
qiynaladi. Qo‘lyozma asarni yoki uning nusxasini sanalashtirish nusxaning tavsifiy 
belgilari, qog‘ozi yoki hoshiyalardagi qaydlar vositasida taxminan belgilanishi 
mumkin. Sananing belgilanishi nusxalar tahriri va boshqa xronologik voqealarning 
matn ko‘chirilishi bilan bog‘liq jarayonlarga ta’sirini aniqlash uchun muhimdir. 


16. Matnning yaratilish joyini aniqlash usuli. 
Matn muallifi aniq bo‘lmagan 
holatlarda matnning yaratilish joyiga qarab muayyan xulosalarga kelish mumkin. 
Bunda matn voqealari bayoni, hoshiyalar va ochiq sahifalardagi qaydlar, muhrlar 
kabi matn tarixini ochishga imkon beradigan barcha imkoniyatlar o‘rganiladi. 
Matndagi shevaga xos fonetik, morfologik va leksik shakllar, muayyan makonga 
xos marosim va urf-odat, an’analar matnning yaratilish joyini aniqlashda yaxshi 
ko‘rsatkich bo‘la oladi. 
17. Atributsiya va ateteza. 
Atributsiya deganda matn muallifini aniqlash 
tushuniladi. Ateteza esa, muayyan asarning muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda 
uni noo‘rin mualliflikdan himoya qilishga aytiladi. Atributsiya holatida 
matnshunos matnning, masalan, g‘azaliyot bo‘ladigan bo‘lsa, maqta’dagi taxallus 
vositasida, matn klassifikatsiyasi, sanalarni belgilash, tekstologik belgilar, 
matnning yaratilish joyini aniqlash kabi bir qancha tekstologik tadqiq usullaridan 
foydalanib, muallif nomi va tarjimai holini tiklashi mumkin. Ateteza holatida esa, 
bahs qilinayotgan muallifning barcha asarlari qiyosan o‘rganilib, hududiy va 
davriy, g‘oyaviy, uslubiy, tekstologik jihatdan kompleks tadqiq amalga oshiriladi 
va xulosa chiqariladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadqiq usullari matnshunoslikning qo‘lyozmalar 
bilan bog‘liq faoliyat sohasida qo‘llanadi. Zamonaviy adabiyotlar, adabiy arxiv 
materiallari, davriy matbuot tadqiqi bilan shug‘ullanadigan matnshunoslik tadqiq 
usullari ulardan farq qiladi. 
Tekstologik prinsiplar tuzilajak matn shakllariga bog‘liq ravishda qo‘llanadi. 
Matnshunos barcha nusxalarni kuzatuvga olish, nusxalarni saralash, asarning 
qadimiy, ishonchli nusxasini tayanch nusxa sifatida olish, asar mazmuni, g‘oyasi, 
matn tarixini chuqur o‘rganish va aniq xulosaga kelish, jalb etilgan nusxalar 
matnini tanqidiy o‘rganish, matniy o‘zgarishlarni ilmiy apparatda qayd etish, matn 
shaklini yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilish prtinsiplari asosida ish ko‘radi. 
Shular bilan birga muayyan shaklda tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan umumiy 
prinsiplar ham bor. Bunday prinsiplar matniy tafovutlarni jadvallarda ko‘rsatish, 
matn strukturasini saqlash, nashr yordamchi ilmiy apparatini qo‘llash, jalb etilgan 


nusxalarni saralash, ularni tayanch, yordamchi va nazorat nusxalariga ajratish, 
qo‘lyozma nusxada yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan nomlash, original 
yozuvni saqlash, transliteratsiya kabi bir qancha prinsiplardan iborat. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish