betonda siqilish va armaturada cho’zilish kuchlanishlari uyg’otilgan temirbeton
yoriqbardoshliligi va bikirligi yuqori darajada ekanligidadir. Ana shu xossa
tufayli o’ta mustahkam po’lat va betondan foydalanish imkoniyati tug’iladi,
31
va o’ta mustahkam armatura ishlatiladi. O’ta mustahkam materiallarning
qo’llanilishi temirbeton konstruksiyasining ko’ndalang kesimlarini kichraytirish
imkonini beradi; bu esa konstruksiya narxini kamaytiradi, chunki beton bilan
armaturaning narxi mustahkamlikka nisbatan sekinroq ortadi. Oldindan
zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari o’zining zanglashga qarshi o’ta
turg’unligi, ko’pga chidamliligi va bardoshliligi bilan farq qiladi.
Konstruksiyalrni oldindan zo’riqtirilishi oraliq (prolet)larni kattalashtiradi,
kesimlarni kichiklashtirish evaziga ulardan samarali foydalanish doirasini
kengaytiradi.
Betonda
cho’zuvchi
kuchlanishlar
paydo
bo’ladigan
konstruksiyalarda (egiluvchi elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va
h.k.) oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Oldindan zo’riqitirilgan konstruksiyalarni tayyorlash uchun ko’p mehnat
sarflanadi, maxsus uskunalar hamda yuqori malakali ishchilar talab etiladi;
bular uning kamchiligi hisoblanadi.
Oldindan zo’riqish hosil qilishning usullari. Oldindan zo’riqtirilgan
konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida armaturani beton yotqizishdan ilgari
tirgaklariga tirab yoki beton qotgandan keyin betonning o’ziga tirab taranglash
mumkin (2.11-rasm). Ba’zi hollarda taranglash ishlari bevosita qurilish
maydonchasining o’zida amalga oshiriladi. Bunga katta oraliqli va yirik
o’lchamli konstruksiyalar, ularning alohida bo’laklari zavodlarda tayyorlanib,
2.11-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan
temirbeton qonstruksiyalarni
tayyorlashning asosiy usullari:
a – armaturani tirgaklarga tirab
taranglash; b – armaturani betonga
qadab taranglash;
I – armaturani taranglash va
elementni betonlash;
II, IV – tayyor elementlar;
III – element armaturasining
cho’zilishdan oldingi qo’rinishi;
1 – tirgak, 2 – domkrat;
3 – anker
qurilish maydonchasida yig’iladigan temirbeton konstruksiyalar misol
bo’la oladi. Bunday hollarda konstruksiyaning o’zi tirgak vazifasini o’taydi,
betonni yotqizish jarayonida konstruksiyada armatura uchun tuynuk yoki o’yiq
qoldirilgan bo’ladi. Тuynuklar beton qotishi jarayonida sug’urib olinadigan
rezina shlanglar yoki po’lat quvurlar yordamida hosil qilinadi yoki maxsus
tayyorlangan sirti g’adir-budur po’lat quvurlar beton ichida qoldiriladi. Beton
yetarli mustahkamlikka erishgach, tuynuk yoki o’yiqdan o’tkazilgan armatura
tarang tortiladi va uchlari mahkamlanadi (ankerlanadi). Keyin armatura bilan
beton orasidagi yopishuvni ta’minlash va armaturani zanglashdan asrash
32
maqsadida tuynukka 0,5
...0,6
MPa bosim ostida sement qorishma xaydaladi.
Betonning uzatish mustahkamligi R
Do'stlaringiz bilan baham: