Zo’riqtiriladigan armatura ankerlari. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton
oraliq qurilmalarda zo’riqtirilgan armatura betonda ishonchli mahkamlangan
bo’lishi hamda berilgan siquvchi zo’riqishlarni betonga uzatishni ta’minlashi
kerak. Buning uchun turli xildagi ankerlardan foydalaniladi. Ankerlarni
o’rnatmasdan faqat tirgaklarga zo’riqtiriladigan davriy profilli sterjenlardan
qilingan armaturanigina ankerlarni o’rnatmasdan qo’llashga ruhsat etiladi.
Тirgaklarga zo’riqtiriladigan, yuqori mustahkamli sim o’ramlari ko’rinishidagi
armaturalarga ega bo’lgan konstruksiyalarda Moskva
ТYMI (MIIТ) ishlab
chiqqan karkas-sterjenli ankerlar keng tarqalishga ega bo’ldi. Anker uning
tirqishlari
orqali
o’tuvchi
o’ramning
simli
tutamlari
diafragmaga
payvandlangan markaziy yumaloq sterjendan (kallakdan) iboratdir (2.14-rasm).
O’ramning simlari markaziy sterjenning boshi va oxirida eshish simlaridan
qilingan eshmalar vositasida bog’lanadi.
Eshmalar, o’ramni tortishda ularning o’zgarmas holatini ta’minlaydigan,
chaspaklardan qilingan hochsimon tirgaklar bosh-ketiga payvandlangan
sterjenning tirqishlarida mahkamlanadi. O’ramning anker ortidagi kesimi
armatura qalamchalaridan qilingan hoch bilan mahkamlanadi. Ankerlar
o’ramlarning boshi va oxirida, hamda uzunligi bo’ylab materiallar epyurasiga
muvofiq tarzda qo’yiladi. Тo’sinni yasashda beton ankerning butkul
35
bo’shlig’ini to’ldiradi, bu esa armaturaning betonda ishonchli qotirishini
ta’minlaydi. Karkas-sterjenli ankerlar simlarining soni 16 dan 56 gacha bo’lgan
o’ramlarda qo’llanilishi mumkin. Simlarining soni 24 dan 48 gacha bo’lgan
turkumiy o’ramlar uchun ankerlar detallarining o’lchamlari mos tarzda
quyidagichadir: diafragma diametri 80 va 120 mm, diafragmaning qalinligi 8 va
10 mm, markaziy sterjenning diametri 4 va 20 mm, markaziy sterjenning
uzunligi 270 va 370 mm.
2.14-rasm. Karkas-sterjenli anker: a – ankerning konstruksiyasi;
b – diafragma; v – chaspaklardan qilingan tirgak; g – o’ramning anker ortidagi kesimi;
1 – o’ramning simlari; 2 – markaziy sterjen; 3 – diafragma; 4 - eshma
Armaturani betonga taranglashda o’ramlarni mahkamlash uchun turli
konstruksiyali bosh ankerlar qo’llaniladi. Konussimon bosh ankerlar keng
tarqalgan. Konussimon anker (2.15-rasm) konussimon teshikli shondan va
konussimon tiqindan iborat. O’ramning simlari oldindan qoldirilgan teshik
orqali o’tkaziladi va o’ram ikkilanma ta’sirli domkrat vositasida (2.15-rasm)
taranglangandan so’ng konussimon tiqin bilan ponalanadi, bunda u kichik
silindr shtoki bilan zichlab boriladi
. Тiqinning sirti, simlarning ponalanishini
kuchaytiradigan o’yiqqa ega. Konussimon ankerlar o’lchamlari o’ramlarning
turi va simlarning soniga bog’liqdir.
Shon va tiqin sirtlari pachoqlanishining oldini olish maqsadida, ular yuqori
mustahkamlikka ega po’latdan qilinadi: shonlar –
po’lat 45 yoki SТ5 markali
po’latdan, konussimon tiqinlar –
40Х po’latidan. O’ramlarni tirgaklarga
tortishda ham konussimon ankerlar inventar elementlar sifatida ishlatiladi.
Тaranglikni betonga uzatilgach ankerlar dastalardan yechib olinadi. Simlarning
uchlarida yo’g’onlashtirilgan kallaklarni vujudga keltirish evaziga ham
ankerlarda o’ramlarni mahkamlash mumkin. Ushbu holatda simlar sirpanmaydi
36
va tortishni bir marotabalik ta’sirga ega domkratlar bilan olib borish mumkin.
2.15-rasm. Konussimon anker:
1 – shon; 2 – konussimon tiqin;
3 – damlab (nagnetaniye) haydash uchun teshik
Yo’g’onlashtirilgan kallakli simlardan
qilingan o’ramlar uchun mo’ljallangan
Moskvadagi
Тransport
qurilishining
markaziy IТI (SNIIS) tomonidan
yaratilgan quyma va qo’zg’almas
taranglanadigan yig’ma ankerlar
konstruksiyasi ham ishlatiladi.
Тaranglanadigan quyma anker o’zida simlarni o’tkazish uchun
parmalangan teshiklarga ega po’lat silindrni aks ettiradi. Silindrik korpusning
ichki sirtida domkrat shtoki bilan ankerni tutib olish uchun rezba ochilgan.
Тashqi rezba taranglangan o’ramni beton sirtida mahkamlaydigan anker
gaykasini burab qotirish uchun bajarilgan.
Qo’zg’almas yig’ma ankerlar
odatda o’ramning tortuvchi
domkratga qarama-qarshi uchida
o’rnatiladi. Bunday ankerlar
ariqchalar tushirilgan plastinkalar
yig’masidan iborat. Plastinkalarni
tortib birikturuvchi boltlar bilan
birlashtirishda simlar uchun
teshiklar hosil bo’ladi.
2.16-rasm. Sterjenli armatura
ankerlari: a – rezbali;
b – payvandlangan qalamchalilar;
v – payvandlangan ilmoqli;
g – chiqarma kallakli
Unchalik uzun bo’lmagan sterjenli armaturalarni taranglab tortish uchun
(masalan, oldindan zo’riqtirilgan xomutlarni), sterjen rezbasiga burab
37
kirgiziladigan gayka ko’rinishidagi rezbali ankerlar ishlatiladi. Sterjenlarning
qo’zg’almas uchlari payvandlangan qalamchalar, ilmoq yoki chiqarma kallaklar
yordamida qotiriladi (2.16-rasm).Loyihalash jarayonida konstruksiya va uni
tayyorlash, saqlash, tashish paytida, shuningdek inshootni tiklash davrida ta’sir
etadigan yuklarni e’tiborga olish lozim bo’ladi. Hisob ishlarida yuklarni
me’yoriy va hisobiy qiymatlaridan foydalaniladi. Konstruksiyadan o’z
me’yorida foydalanish davrida me’yor /8/ bo’yicha unga qo’yilishi mumkin
bo’lgan yuklarning maksimal qiymati me’yoriy deb ataladi.
Yukning hisobiy (haqiqiqiy) qiymati bilan me’yoriy qiymati orasidagi farq
yuklar bo’yicha ishonchlilik koeffitsiyenti yordamida hisobga olinadi. Bu
koeffitsiyentning qiymati ko’pincha birdan katta bo’ladi (
γ
f
=1,1...1,3),
konstruksiyaning o’zi hisobiy yuk ta’siriga hisoblanadi. Hisobiy yukni aniqlash
uchun me’yoriy yuk g
n
ishonchlilik koeffitsiyentiga ko’paytiriladi, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |