«Ўзбекистон темир йўллари» датк



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/73
Sana07.06.2021
Hajmi1,45 Mb.
#65818
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
Bog'liq
koprik va quvurlarni loyihalash va qurish

bp

,  ya’ni betonning siqish daqiqasida 

mustahkamligi uning sinfining 50% idan hamda 11 MPa dan kam bo’lmasligi; 

A–IV, At–IV, K–7, K–19, Vr–II singari o’ta mustahkam armaturalarda esa 15,5 

MPa  dan kam bo’lmasligi zarur. 

Armaturani taranglash usullari.  Armaturani taranglashning asosan uchta 

usuli: mexanik, elektr-termik va fizik-kimyoviy (o’z o’zini zo’riqtirish) usullari 

mavjud.  Armaturani  mexanik usul  bilan taranglashda ko’pincha gidravlik 

domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda aramaturada katta zo’riqish hosil  

qilishdan tashqari taranglash kuchini ham aniq o’lchasa bo’ladi. Bunda 

cho’ziladigan sterjenlarni domkrat silindriga biriktiriladi, domkratning porsheni 

element uchiga yoki maxsus tirgaklarga tiraladi. Qudratli domkratlarda 

taranglanadigan armaturani porshen bilan biriktiriladi. O’ramli armaturani 

taranglashda ikki yo’nalishda ishlaydigan yengil ko’chma domkratdan 

foydalaniladi. 

Armaturani  taranglashning  elektr-termik  usuli  keyingi  yillarda  keng 

tarqaldi:  endilikda  oldindan  zo’riqtirilgan  konstruksiyalarning  3/4  qismi  shu 

usul bilan tayyorlanmoqda. 

Usulning afzalligi uning soddaligi va istalgan korxonada quyish imkoniyati 

mavjudligidadir.  Ishlatiladigan  uskunalar  5...10  marta  arzon,  konstruksiya 

tayyorlash  uchun  sarflanadigan  mehnat  ham  2...3  marotaba  kam.  Biroq,, 

aniqligi mexanik usuldagiga qaraganda ancha past. Bundan tashqari, bu usulda 

ko’pincha  issiqligicha  cho’zilgan  simlardan  foydalaniladi,  chunki  boshqacha 

mustahkam simlarda yuksak kuchlanish hosil qilish uchun juda katta haroratda 

qizdirishga to’g’ri keladi, bu esa simning mexanik xossasiga salbiy ta’sir etishi 

mumkin. 

Armaturaning 

elektr-termik 

usul 


bilan 

taranglashda, 

armatura 

sterjenlarining uzunligi (ankerlar oralig’ini) qolip tirgaklarida ma’lum miqdorga 

kaltaroq  olinadi  (2.11-rasm),  armaturadan  tok  o’tkazib,  uni  300...400

0

S  ga 



qizdiriladi.  Uzaygan  sterjenlar  qolipning  tirgaklariga  erkin  joylanadi,  sovish 

jarayonida tirgaklar sterjenning qisqarishiga qarshilik ko’rsatadi, shu yo’l bilan 

sovigan  sterjenlar  oldindan  zo’riqtiriladi.  Shundan  so’ng  qolipga  beton 

yotqiziladi  va  beton  yetarli  mustahkamlikka  erishgandan  so’ng  armaturani 

mahkamlash  uskunalari  (ankerlar)  dan  bo’shatiladi,  bo’shagan  armatura 

qisqarib betonni siqadi. 

Ba’zan,  o’ta  mustahkam  simlarni  taranglashda  ikki  usulni  birgalikda 

qo’shib  ishlatish  hollari  ham  uchraydi.  Qo’shma  usulga  ko’ra  qizdirilgan  sim 

aylanma  stol  yordamida  uzluksiz  ravishda  taranglanadi. 

Тaranglashning  bu 

usuli  kuchlanishning  50%i  mexanik  usulda,  qolgan  50%i  qizdirib  sovutish 

natijasida  hosil  qilinadi.  Buning  oqibatida  uskunaning  mahsuldorligi  ikki 

marotaba  oshadi,  konstruksiyasi  ixchamlashadi,  oldindan  uyg’otilgan 

kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati yana ham yaqinlashadi. 




 

33 


Тaranglashning 

fizik-kimyoviy 

usuli 

o’z-o’zidan 

zo’riqadigan 

konstruksiyalarni  tayyorlashda  qo’llaniladi.  Bunda  kengayuvchan  sementdan 

tayyorlangan betonning o’zi kengayishi oqibatida armaturada kuchlanish paydo 

bo’ladi.  Armaturada  uyg’ongan  cho’zuvchi  kuchlanishlar  betonni  siqadi.  Shu 

tariqa konstruksiya oldindan zo’riqadi. 


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish