27
2.7-rasm. Ikki blokli qovurg’ali oraliq qurilmalar:
a – blokdagi bitta
qovurg’ali; b – ikkita qovurg’ali
Bitta qovurg’alida bloklar tejamliroq, biroq, tashish va montajda
noustivorroqdir. O’rnatiluv joyida ularni bir-biri bilan birlashtiriladi. Buning
uchun har bir yarimdiafragma betonidan oldindan chiqarib qo’yilgan armatura
uchlarini payvandlab yoki boshqa usulda biriktiriladi va yarimdiafragmalarning
tutashuv joyi betonlanadi (monolitlanadi).
Biroq,, qurilishda qo’shimcha montaj va betonlash (“ho’l”) ishlar
o’rinsizdir, eng asosiysi esa, betonning qotishiga bir necha kun talab qilinib,
ko’prik bo’ylab harakatni ochishni kechittiradi. Harakatni ochishni tezlashtirish
maqsadida, keyinchalik yilning issiq davrida yo’ldan foydalanishni to’xtatmay
turib, yarimdiafragmalarning oldindan o’rnatiluvchi metall qismlarini bikr
birlashtirish (boltlarda, payvandlab) va so’ngra chokni (korroziyadan
himoyalash uchun) monolitlash imkoniyati ko’zda tutiladigan bo’ldi. Oraliq
qurilmaning ikkala bloklarini (qovurg’alarini), qovurg’alar va
yarimdiafragmalar orqali ko’ndalang kanallar ichra o’tkaziladigan, oldindan
zo’riqtirilgan armatura vositasida tortib biriktirish ham ma’lumdir.
Ikkita qovurg’ali bloklar ustivordir. Ikkala blok oraliqlar 20 m gacha
bo’lganida yo’lning to’ppa-to’g’ri uchastkalarida birlashtirilmasa ham
bo’laveradi. Biroq, bunday bloklar tejamkor emasdir, chunki oraliq ortib borgan
sari balandlik ham ortib boradi, binobarin, qovurg’alarning hajmi ham ortadi,
bu yerda esa ular har blokka Т-simon kesimli blokdagi bittaning o’rniga
ikkitadandir. P-simon bloklarda beton va armaturaning sarfi kattaligidan
tashqari yasalishida ko’proq mehnat sarfini talab qiladi hamda texnologik
jihatlari kamroqdir. Shuning uchun ikkita qovurg’ali bloklar uzunligi 15...18 m
bo’lgan oraliqlarda qo’llanilgan. Uzunligi kattaroq bo’lganda zamonaviy oraliq
qurilmalar ikkita Т-simon kesimli blokdan iborat bo’lib, qovurg’alarining
armaturasi ko’pincha oldindan zo’riqtirilgandir.
Yengillashtirish uchun elementlar konstruksiyalarning kamroq kuchlanishli
joylarida iloji boricha yupqaroq qilib belgilanadi. Chunonchi to’sinlarning,
28
tayanch bosimi uzatiladigan va betondagi ko’ndalang kuchlar eng yirik bo’lgan
tayanch yaqinlari (uchlari)da qovurg’aning kesimi to’g’ri to’rtburchak shakliga
ega (2.7,a-rasm, o’ngda). Oraliqning o’rta qismida esa ko’ndalang kuchlar
kamroq bo’lgani tufayli belbog’lardan tashqaridagi qovurg’alar qalinligining
eni kamaytiriladi (2.7,a-rasm, chapda). Bunday ko’rinishdagi qovurg’alar
shakliga ko’ra, egiluvchi elementlar uchun maqsadga eng muvofiq bo’lgan
qo’shtavrli to’sinlarga yaqinlashadi
. Хuddi shunga o’xshash, plitaning qalinligi
qovurg’adan olislashgan sari kamaytiriladi, bu esa plitaning konsolli qismlari
uchun hosdir. Elementlarning maqsadga yanada muvofiqroq bo’lgan
kesimlarini tanlash beton sarfi va konstruksiya og’irligini kamaytiradi.
Konstruksiyani yengillashtirishga yanada mustahkamroq davriy profilli
armatura va yanada yuqoriroq mustahkamli betonni qo’llab erishiladi. Bundan
keyingi
yanada
yengillashtirish,
shu
bilan
birga
yoriqbardoshli
konstruksiyalarni yaratish zaruriyati temirbetonni oldindan zo’riqtirish bilan
bog’liqdir.
Тo’ppa-to’g’ri uchastkada joylashgan, temir yo’l izlari osti oraliq qurilmasi
418 sm standart kenglikka ega bo’lib, ikkita
Т-simon bloklardan iboratdir (2.8-
rasm
). Тo’sinning balandligi oraliqning uzunligiga bog’liq bo’lib, (1/10
...1/12)·
l
oralig’ida belgilanadi. Bo’ylama ishchi armatura odatda d=16...36 mm; plita va
xomutlar ishchi armaturasi d = 8...22 mm; taqsimlovchi armatura esa d=6...8
mm qabul qilinadi. Bo’ylama sterjenli ishchi armatura cho’zilgan zonada
joylashtiriladi
. Тashqi moment kamaygani sari eguvchi moment epyurasiga mos
tarzda “ortiqcha” sterjenlar tepaga bukiladi va siqilgan zonada ankerlanadi
(2.9,a,b,v-rasm). Bo’ylama armaturaning bukilmalari, qovurg’ada paydo
bo’ladigan cho’zuvchi bosh kuchlanishlarning bir qismini qabul qilib,
betondagi qiya yoriqlarning ochilishini kamaytiradi. Mustahkamlikka hisobga
muvofiq zarur bo’lgan bo’ylama armaturaning yuzasi odatda davriy profilli
sterjenlar bilan ifodalanadi
. Тo’sinning boshi va oxirigacha, qoidaga ko’ra,
ishchi armaturaning kamida 1/3 kesimi yetkaziladi.
Oraliq qurilmada bukilmalar mavjud bo’lganida qovurg’a doimiy
qalinlikda qabul qilinadi. Uzunligi 16,5 m gacha bo’lgan oddiy temirbetondan
qilingan turkumiy oraliq qurilmalarda qovurg’a qalinligi 50 sm ga teng qabul
qilinadi. Shu o’rinda QMQ tomonidan tartiblanadigan barcha konstruksion
talablarni bajarishga erishiladi, hamda, shu bilan birga konstruksiyaga beton
qorishmasini sifatli yotqizilishi va zichlanishi ta’minlanadi.
Хomutlar (qovurg’aning ko’ndalang armaturasi) qiya kesimlarning yuk
ko’tarish qobiliyatini orttirish uchun mo’ljallangan. Хomutlar sterjenlari qadami
va diametri hisob-kitob bilan aniqlanadi. Undan tashqari, xomutlar tepa va
pastki bo’ylama armaturalarni bikr karkasga birlashtiradi. Ikki blokli oraliq
qurilmalarda plitaning hisobiy armaturasi (sterjenlar to’sinning bo’ylama o’qiga
perpendikulyar tarzda tepa zonasida o’rnatiladi) cho’zuvchi kuchlanishlarni
qabul qiladi.