3. Fonetik so‘z o‘z urg‘usiga ega bo‘lgan so‘z yoki bir urg‘uga
birlashadigan (bir urg‘u bilan talaffuz etiladigan), ikki va undan ortiq so‘zshakldir.
Takt tarkibidagi fonetik so‘zlar soni undagi so‘zlarning umumiy miqdori bilan
emas, urg‘uli so‘zlar miqdori bilan belgilanadi, ya’ni takt ichida urg‘uli so‘z
qancha bo‘lsa, fonetik so‘z ham shuncha bo‘ladi: Dashtda / odam aqli shoshadigan
/ buyuk ishlar / qilinadi // (Y.Shamsharov). Bu fraza tarkibida to‘rtta takt bo‘lib,
birinchi taktda bitta, ikkinchi taktda uchta, uchinchi taktda ikkita, to‘rtinchi taktda
esa bitta fonetik so‘z qatnashgan. Bu frazadagi so‘zlarning umumiy soni fonetik
so‘zlarning umumiy soniga teng.
Mustaqil urg‘uga ega bo‘lmagan yordamchi so‘zlar o‘zlari tobe bo‘lgan
mustaqil so‘z bilan birga bir urg‘uga ega bo‘ladi va bir fonetik so‘zni tashkil etadi:
Dilda saqlangan adovat temir zangiga o‘xshaydi, zang temirni yegani kabi, adovat
qalbni azob va iztirob bilan yemiradi (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Bunda 14 ta
fonetik so‘z bo‘lib, bularning ikkitasi (yegani kabi, iztirob bilan) ning tarkibida
ko‘makchi so‘zlar qatnashgan.
Bir tushunchani ifodalaydigan qo‘shma so‘zlar ham, tarkibidagi so‘zlarning
umumiy miqdoridan qat’i nazar, bir fonetik so‘z sanaladi: Qo‘pol va dag‘al
barmoqlar torlarni shunday chertar ediki, oddiygina qildan taralayotgan bu ohang
dillarni rom qilib olgandi. (To‘lqin) Fraza tarkibidagi rom qilib olgandi bo‘lagi
bitta fonetik so‘z deb qaraladi.
4. Bo‘g‘in o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan
aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiluvchi
tovushdir. Shuning uchun so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham
shuncha bo‘ladi. Masalan, adolat so‘zida uch bo‘g‘in bor: a-do-lat. Birinchi
bo‘g‘in bir tovushdan, ikkinchi bo‘g‘in ikki tovushdan, uchinchi bo‘g‘in uch
tovushdan iborat. Demak, bo‘g‘inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko‘p tovushli
bo‘lishi mumkin. Chunonchi: o-ta, o-na, a-ka so‘zlarining birinchi bo‘g‘ini bir
tovushdan, ikkinchi bo‘g‘ini ikki tovushdan, a-dir, o-qil, e-shit, i-dish so‘zlarining
ikkinchi bo‘g‘ini uch tovushdan, a-van-gard, ak-sent, e-le-ment, an-ti-fa-shist, ar-
31
tist, ge-o-graf so‘zlarining oxirgi bo‘g‘ini to‘rt tovushdan, a-le-bastr, a-git-punkt
so‘zlarining oxirgi bo‘g‘ini besh tovushdan iborat. Bo‘g‘inning tuzilishi
quyidagicha ifodalanadi: ona: V – C. Bunda V belgisi lotincha vokalis so‘zidan
olingan bo‘lib, aslida unli (ovoz) degan ma’noni bildiradi. C belgisi esa inglizcha
Do'stlaringiz bilan baham: |