1) so‘z urg‘usi (yoki leksik urg‘u) so‘z bo‘g‘inlaridan biriga tushadigan
urg‘udir. Yozuvda urg‘u bo‘g‘indagi unli ustiga qo‘yiladigan maxsus belgi ( ´ )
orqali ko‘rsatiladi. Masalan: Аslida insоn tabiatning oltindаn hаm bebahо
mo‘jizasi -ku! Dunyodа insondаn aziz, insondаn qimmatli narsа bоrmi o‘zi?
(O.Husanov). Leksik urg‘u so‘zning qaysi bo‘g‘iniga tushishiga ko‘ra ikki xil
bo‘ladi: a) bog‘liq urg‘u; b) erkin urg‘u.
O‘zbek tilida so‘z urg‘usi asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga (masalan,
daftár, ovóz, sariq, burún kabi) tushadi. Shuning uchun so‘zlarga qo‘shimchalar
qo‘shila borishi bilan urg‘u ham so‘z oxiridagi bo‘g‘inga ko‘cha boradi. Masalan:
imzó-imzolá- imzolamóq, paxtá -paxtakór- paxtakorlár. So‘zning biror bo‘g‘ini
(masalan, oxirgi) bilan bog‘liq bo‘lgan urg‘u bog‘liq urg‘u deyiladi.
O‘zbek tilining so‘z urg‘usi, asosan, bog‘liq urg‘u hisoblanadi. So‘zning
turli bo‘g‘inlariga tushishi mumkin bo‘lgan urg‘u esa erkin urg‘u deyiladi. Bu
asosan ruscha-internatsional so‘zlarga xos. Masalan, vitamín, abzás, avangárd,
batón, operativ, bufét, gigánt (oxirgi bo‘g‘inida), avantyúra, aviátsiya, proféssor,
akrobátika, geólog (o‘rtadagi bo‘g‘inda), áriya, vánna, nóta, máksimum, váxta,
síntaksis, áksiya (birinchi bo‘g‘inda).
Bundan tashqari, o‘zbek tilida urg‘usi birinchi bo‘g‘inga (bárcha, hámma,
dóim, áslo, lékin kabi, o‘rtadagi bo‘g‘inga (hamisha, afsúski, albátta) tushadigan
so‘zlar ham bor. Demak, o‘zbek tilida bog‘liq urg‘u bilan bir qatorda, qisman
erkin urg‘u ham mavjud.
Shuni ham aytish kerakki, o‘zbek tilida urg‘u olmaydigan elementlar ham
bor. Masalan: -ku, -u, -yu, -da, -mi, -chi, -dir, gina, -oq(-yoq) yuklamalari;
o‘xshatish ma’nosini ifodalaydigan –day (-dek); -cha shakl hosil qiluvchi
qo‘shimchalar; -dir, -man, -san, -miz, -siz kabi kesimlik qo‘shimchalari;
bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalovchi –ma qo‘shimchasi shular jumlasiga kiradi.
Leksik urg‘u muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki u, birinchidan, so‘zlarni
to‘g‘ri talaffuz qilish normalarini belgilaydi; ikkinchidan, so‘z ma’nolarini farqlash
uchun xizmat qiladi: órgan - organizmning bir qismi, orgán – cholg‘u asbobi;
uchinchidan, so‘z shakllarini ajratishga yordam beradi: qushchá – kichraytish oti,
qúshcha – “qushdek” ma’nosini ifodalovchi ravish; tarbiyachimiz (bizning
tarbiyachi) – tarbiyachimiz (biz – tarbiyachi).
Demak, leksik urg‘u adabiy talaffuz (orfoepiya) bilan bog‘liq. Chunki
so‘zning urg‘uli bo‘g‘ini buzilsa, so‘zni tushunish qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |