O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Topshiriq
Yuqori qavatdan yiqilib tushgan bemorni “Tez tibbiy yordam” markaziga olib
kelishdi. Uni o’limdan saqlab qolish uchun kuchli ukol-dorilar berishdi. Biroq
bemordagi autizm xastaligi ularni davolovchi xususiyatiga bardosh bera olmay,
koma holatini vujudga keltirdi. Bemor komadan chiqa olmay, uch kundan keyin
vafot etdi. O’lgan bemorning qarindoshlari vrachlarni sovuqqonlikda ayblab,
ularning ustidan prokuraturaga shikoyat qilishdi.

Prokuratura nima chora qo’llashi kerak?


81 
qonunning buzilishidir. Jinoyat kodeksida jinoyat uchun besh yildan o’n yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan hollarda, sud tomonidan ishning 
xususiyatlari ko’rib chiqilib, ikki yarim yildan ham kamroq ozodlikdan mahrum 
qilish jazosi belgilanishiga yo’l qo’yiladi. Bunda jazo kamaytirilib tayinlanishi 
sabablari sudning hukmida asoslantirilishi talab qilinadi. 
Jazoning yengillashtiruvchi holatlari
Jinoyat kodeksida jazoni yengillashtiruvchi holatlar sud tomonidan jazo 
tayinlanishida e’tiborga olinadigan asosiy jihatlardan biridir. Yengillashtiruvchi 
holatlar jazoni yumshatish, aybdorning holati og’irlashuvini oldini olish, kelajakda 
jamiyat uchun xavfli shaxsga aylanishiga yo’l qo’ymaslik kabi maqsadlarni ko’zda 
tutadi.
Jinoyatning yengillashtirilishida jinoyat sodir etgan shaxsning aybni 
bo’yniga olish to’g’risidagi murojaati, sodir etgan qilmishidan chin ko’ngildan 
pushaymon bo’lishi, shuningdek jinoyatni ochish uchun faol yordam berishi yeng 
muhim asos vazifasini o’taydi. Boisi, shaxsning xatti-harakati huquqni himoya 
qiluvchi organlar ishini yengillashtiribgina qolmay, jinoyat oqibatlarini bartaraf 
etilishida ham katta ahamiyatga ega bo’ladi. Shaxsning o’z aybini bo’yniga olib 
tegishli organlarga murojaat qilishi tayinlanadigan jazoning qisqartirilishini 
ta’minlaydi. Murojaat qilish tegishli organlarga o’zining kelishi, og’zaki, yozma 
yoki elektron tarmoqlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Uning chin ko’ngildan 
pushaymonligini aniqlash sodir etgan qilmishini to’liq va ochiq e’tirof etish, o’z 
xatti-harakatni qoralash, jazoni itoatkorona qabul qilish kabi asoslarda aniqlanadi. 
Aybiga pushaymonlik jinoyat protsessining istalgan bosqichida ro’y berishi 
mumkin. Jinoyatning ochilishiga faol ko’maklashish qilmishga aniqlik kiritish, 
uning noma’lum jihatlarini tergov va sudga yetkazishda namoyon bo’ladi.
Etkazilgan zararni ixtiyoriy bartaraf etish jazoni yengillashtirishdagi ikkinchi 
jihat bo’lib, u jismoniy, mulkiy va ma’naviy zarar shaklida bo’lishi mumkin. 
Zararni qoplash jabrlanuvchiga kelib oqibat uchun ruhiy zarbani yumshatishga 
yordam beradi.


82 
Jismoniy zarar badanga shikast yetkazilishida namoyon bo’ladi. 
Davolanishga ko’maklashish, dori-darmon, tibbiy vositalar uchun to’lovni amalga 
oshirish, tana a’zolaridan taqdim etish jismoniy zararni qoplashni anglatadi.
Mulkiy zarar zararlangan mulkni asl holiga qaytarish yoki unga tenglashgan 
boshqa mulk bilan almashtirish, pul berish shaklida bo’ladi va yo’qotilgan 
mulkning o’rni qoplanishiga xizmat qiladi.
Ma’naviy zararni o’lchash mezonlari bo’yicha umummajburiy standartlar 
hozirgacha mavjud emas. Uni ikki xil shaklda, ya’ni pul berish yoki uzr so’rash 
shaklida amalga oshirish mumkin. Ma’naviy zararni qoplashda pul berish shakli 
nisbatan keng yoyilgan, ba’zi hollarda jabrlanuvchi pul bilan uzr so’rashni ham 
talab etish holatlari uchraydi.
Og’ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda 
jinoyat sodir etish yengillashtiruvchi holatlar ichida miqyosi kengroq holat bo’lib, 
yengillashtiruvchi holatlarga boshqa vaziyatlarni ham kiritish imkonini beradi. 
Bunday vaziyatlarni tartibga solishning imkoni mavjud emas. Jinoyat sodir etishda 
asosiy mezon shaxsning og’ir ahvoli hisoblanib, bunga juda ko’p omillar sababchi 
bo’lishi mumkin. Oilaviy, moddiy, salomatlik, ruhiy va boshqa jihatlardan qiyin 
vaziyatga tushish, ko’pincha kishilarni jinoyatga boshlashi isbot talab etmaydigan 
haqiqat. Og’ir sharoit sababli jinoyat sodir etish jazodan ozod qilmaydi. Faqat jazo 
tayinlanishida qilmishni yengillashtiruvchi holat deb topiladi. Shaxsning 
ichkilikbozlik, giyovandlikka chalinganligi, qimorda boy berishi sababli jinoyat 
sodir etishi holatlari yengillashtiruvchi holat deb topilmaydi.
Majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan 
qaramlik sababli jinoyat sodir etish shaxsning majburan shunday ishga qo’l 
urishida namoyon bo’ladi. Majburlash jismoniy yoki ruhiy ko’rinishda bo’lishi 
mumkin. Majburlashning har ikki turi shaxsni irodaviy holatiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi va qonun belgilagan chegaradan chiqishiga sababchi bo’ladi. Aynan 
shuning uchun mazkur holatni yengillashtiruvchi holat deb topish mumkin. 
Shaxsning moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramligi oqibatida jinoyat 
sodir etishida ijtimoiy xavfli qilmish bilan oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanish 


83 
bo’lishi hamda unga aynan qaramlik asos bo’lishi kerak. Jinoyat sodir etilishiga 
xizmat qaramligi sabab bo’lmagan holatlarda yengillashtiruvchi holat mavjud 
bo’lmaydi. Sud tomonidan jazo tayinlanishida majburlash va qaramlik haqiqatdan 
jinoyat yuz berishiga sababchi bo’lganligi hisobga olinadi. 
Kuchli ruhiy hayajon holatida jinoyat sodir etish yengillashtiruvchi holat 
sifatida qabul qilinadi. Bunda jabrlanuvchi tomonidan zo’rlik, og’ir haqorat yoki 
boshqacha g’ayriqonuniy harakatlari jinoyat sodir etilishiga sabab bo’lishi lozim. 
Bu kabi harakatlarga aloqador bo’lmagan odamlarga nisbatan qilingan tajovuz 
yengillashtiruvchi holat hisoblanmaydi. Kuchli ruhiy hayajonlanish affekt holat 
sifatida e’tirof etilishi uchun sud tomonidan ekspertiza tashkil etiladi va uning 
xulosasi jazo tayinlashga asos bo’ladi.
Zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni 
ushlash, kasb yoki xo’jalik faoliyati bilan bog’liq asosli tavakkalchilik sharoitida 
zarar yetkazish qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar hisoblanib, agar 
uning chegarasidan chiqilsa, javobgarlik paydo bo’ladi. Zarar yetkazgan shaxs 
foydali maqsadlarni ko’zlaganligi bois sud tomonidan uning xatti-harakati 
yengillashtiruvchi holat deb topiladi. Jazo tayinlanishida ushbu foydali 
maqsadlarning amalda mavjud bo’lganligi fakti ahamiyatga ega bo’ladi.
Yengillashtiruvchi holatlarning yana biri uning voyaga yetmagan shaxs 
tomonidan sodir etilishi bo’lib, 18 yoshga to’lmaganlik fakti buning asosidir. 
Voyaga yetmaganlar yoshi katta shaxslarga qaraganda qilayotgan harakati yoki 
harakatsizligining ijtimoiy xavflilik darajasini yetarlicha tushunmasligi mumkin. 
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar yoshi kattalarga qaraganda huquqiy ongi 
nisbatan pastligi, qiziqqonligi, oqibatni to’la tasavvur qila olmasligi sababli 
muammoli holatlarga ko’p uchraydi. Shuning uchun jazolar qo’llanilishida 
yoshning ahamiyati yuqori bo’ladi. Chunonchi, voyaga yetmaganlar uchun jazo 
nisbatan kamroq muddatlarga qo’llaniladi. Xatto 16 yoshga to’lganlar va bu 
yoshga to’lmaganlar uchun bir xil jinoyatga ikki xil jazo tayinlanishiga yo’l 
qo’yiladi.


84 
Homilador ayollar uchun tayinlanadigan jazolar homilador bo’lmagan 
ayollarga qaraganda yengilroq shaklga ega. Jinoyat sodir etilishi paytida ayolning 
homiladorligi ahamiyatlidir. Ayollar homiladorlik paytida ruhiy muvozanati tez 
buzilishi va kayfiyatining tez o’zgarishi ayrim hollarda jinoyat sodir etishga 
yetaklashi mumkin. Sud buni inobatga oladi va ayolga yengilroq jazo yoki 
majburlov chorasini qo’llaydi. Bunga homiladorlik faktining o’zi yetarlidir.
Jinoyat kodeksining 55-moddasi i) bandi jabrlanuvchining g’ayriqonuniy 
yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’sirida jinoyat sodir etishni yengillashtiruvchi holat 
deb topadi. Bunda huquq va axloq me’yorlariga mos kelmaydigan xulq-atvor 
tushuniladi. Bunday xulq nafaqat jinoiy, balki intizomiy, fuqaroviy yoki ma’muriy 
huquqbuzarlik doirasi kirishi, shuningdek ma’naviy qadriyatlarga zid bo’lishi 
ahamiyatga ega. Bunda jinoyat sodir etilishiga jabrlanuvchining atayin uyushtirgan 
g’ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori jinoiy oqibatga olib kelishi asosiy 
mezondir.
Jinoyat kodeksida yengillashtiruvchi holatlar sifatida to’qqizta band 
ko’rsatilgan bo’lib, ular jazo tayinlanishida inobatga olinuvchi qat’iy qoidalardir. 
Jazo tayinlashda faqat shu bandda ko’rsatilgan holatlarni yengillashtiruvchi deb 
topish to’g’ri emas. Shaxsning birinchi marta jinoyat sodir etganligi, oilaning 
yagona boquvchisi ekanligi, qaramog’ida keksa ota-onalari yoki nogiron 
farzandlari borligi kabi Jinoyat kodeksining 55-moddasida ko’zda tutilmagan 
holatlar ham jinoyatni yengillashtiruvchi holat deb topilishiga olib keladi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish