Mavzu bo’yicha nazorat savollari
1.
Jinoiy jazolarning maqsadi nimaga qaratiladi?
2.
Jarima boshqa jazolar bilan almashtirilganda qanday differentsiyani
tashkil etadi?
3.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosining asosiy va qo’shimcha jazo
sifatida qo’llanilish muddatlarini ko’rsating.
4.
Majburiy jamoat ishlarining qo’llanilish soatlari va muddatlarini ayting.
5.
Axloq tuzatish ishlarining ko’rsatkichlarini tavsiflang .
6.
Xizmat bo’yicha cheklashning o’ziga xos xususiyatini ko’rsating.
7.
Sud hukmi nima uchun davlat nomidan qo’llaniladi?
8.
Jinoyat kodeksida nima uchun jazo yengilidan og’iriga qarab
joylashtiriladi?
9.
Jinoiy jazo turlarini sanab bering.
10.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tavsiflang.
11.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosining ayollar va erkaklar uchun
belgilangan chegarasini ayting.
12.
Qo’shimcha jazolarni qo’llanilish maqsadlarini tavsiflang.
78
13.
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish qanday holatlarda
qo’llaniladi?
14.
Ozodlikni cheklashning boshqa jazolardan farqini tushuntiring.
15.
Majburiy jamoat ishlarining xususiyatlarini tavsiflang.
6 BOB. JAZO TAYINLASH ASOSLARI
Jazoni umumiy asoslarda tayinlash asoslari
Jazo tayinlash Jinoyat kodeksining XI bobida o’z aksini topgan bo’lib, unda
jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo qo’llash asoslari
belgilangan. Jazo qo’llanilishida jinoyat qonunchiligining Umumiy va Maxsus
qismi normalari ishtirok etadi.
Qilmishni jinoyat deb topish va unga jazo tayinlash Umumiy qism
normalarida nazarda tutilgan asoslarda amalga oshiriladi. Umumiy qism normalari
jazoni jinoyat sodir etgan shaxs uchun moslashtirish imkonini beradi. Jinoyat
kodeksining Maxsus qismi qilmishning dispozitsiyasi va sanktsiyasini ifodalaydi.
Jinoyat printsiplari, og’irlashtiruvchi, yengillashtiruvchi holatlar, qilmishning
jinoiyligini istisno qiluvchi, javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar, tibbiy
yo’sindagi majburlov choralari kabi mezonlar jazo tayinlanishida uning
adolatliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Jazo tayinlash – jinoyat sodir etishda aybdor bo’lgan shaxsga sud orqali
davlat tomonidan ta’sir o’tkazilishidir. Qo’llaniladigan ta’sir chorasi jinoyat uchun
javobgarlikni belgilovchi normani aniqlash va uning sanktsiyasida nazarda tutilgan
jazo turlaridan birini tanlab olishni ko’zda tutadi.
Jinoyatning sodir etilishi javobgarlikni keltirib chiqaradi. Jinoyat-protsessual
harakatlar sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb topish uchun asos bor
yoki yo’qligini aniqlaydi. Surishtiruv va tergov paytida qilmishning jinoyat
emasligi, ya’ni unda ijtimoiy xavflilik, huquqqa xiloflilik, ayb va jazoga
sazovorlikning mavjud bo’lmasligi jinoiy ish yuritish to’xtatilishiga olib keladi.
79
Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasida jazo tayinlash uchun ayblash
va hukm qilish asoslari belgilangan. Unda ko’zda tutilishicha, jinoiy ishni sudga
yuborish va jazo qo’llash uchun quyidagilar isbotlangan bo’lishi kerak:
1)
jinoyatning ob’ekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va
miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar;
2)
sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida
ko’rsatib o’tilgan boshqa holatlari; qilmish va ro’y bergan ijtimoiy xavfli
oqibatlar o’rtasidagi sababiy bog’lanish;
3)
jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;
4)
jinoyat to’g’ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o’z-o’ziga
ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari;
5)
ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar.
1
Ushbu elementlar tergovchi tomonidan tekshiriladi. Tergov bo’linmalari
ichki ishlar bo’limlari, davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari tizimida
mavjud bo’lib, barcha me’yorlar mos kelganda tergovchilar ish hujjatlari ko’rib
chiqish uchun dastlab prokurorga yuboradi. Prokuror tomonidan ish o’rganib
chiqilib, ayblov to’g’ri qo’yilgan bo’lsa, sudga jo’natiladi va sudda prokuror yoki
prokuratura xodimi davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etadi.
Sudda sudlanuvchiga ayblovning e’lon qilinishi jazo tayinlashni
kafolatlamaydi. Zero ishning sudda ko’rilishi sudlanuvchiga oqlov hukmi
chiqarilishiga ham olib kelishi mumkin. Oqlov hukmining chiqarilishi uchun sudda
ko’rilayotgan ish bo’yicha jinoiy hodisa ro’y bermaganligi, qilmishda jinoyat
tarkibining mavjud emasligi va shaxsning jinoyatga daxli yo’qligi holatlaridan biri
asos bo’ladi.
Jazo tayinlanishida Maxsus qism normalarida nazarda tutilgan muqobil
jazolardan bittasi qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Bir nechta asosiy jazolarning
qo’llanilishi jinoyat qonunchiligining buzilishi hisoblanib, bu keyinchalik
hukmning bekor qilinishiga olib keladi.
1
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. –T.: Adolat, 2019. – 49-bet.
80
Sud tomonidan ish ko’rib chiqilib, sudlanuvchi aybdor deb topilsa, unga jazo
tayinlanishida sodir etilgan jinoyatning xususiyati, ijtimoiy xavfliligiga ko’ra
darajasi, qilmishning sodir etilish sabablari, yetkazilgan zarar miqdori va
xususiyatlari, aybdorning shaxsiga xos sifatlar hamda jazoni yengillashtiruvchi va
og’irlashtiruvchi holatlar e’tiborga olinadi.
Barcha holatlarni hisobga olish tayinlanadigan jazoning adolatliligiga xizmat
qilishi lozim. Sud tomonidan jazoning belgilanishida aybdorning shaxsi jiddiy
tahlil etilishi zarur. Bunda sudlanuvchining yoshi, jinsi, salomatligi, ayollarda
homiladorlik, ma’lumoti, oilaviy sharoiti, ma’naviy axloqi, muqaddam
sudlanganligi, konstitutsiyaviy tuzumga munosabati kabi omillarga oid
ma’lumotlar inobatga olinadi.
Jazo tayinlanishida shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davrida
ko’rsatmalarni o’zgartirishi, bir-biriga ziddiyatli javoblar berishini sudga qarshi
harakat deb hisoblamaslik lozim. Jazo tayinlashda sud tomonidan bunday
harakatlarni og’irlashtiruvchi holat deb topish noto’g’ridir, lekin aybiga iqrorlik va
jinoyat ochilishiga sidqidildan yordam berish jazoning yengillashtirilishiga, ayrim
hollarda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazo choralari
tayinlanishiga olib keladi.
Sud tomonidan tayinlanadigan jazo Maxsus qismda belgilangan jinoyat
uchun belgilangan jazo muddatidan oshib ketmasligi kerak. Masalan, biror jinoyat
uchun ozodlikdan mahrum qilishning yeng uzoq muddati besh yilgacha qilib
belgilangan bo’lsa, unday holda aybdorga besh yilu bir kunlik muddat ham
Do'stlaringiz bilan baham: |