O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Hayot yoki sog’liq uchun xavfli jinoyatlar



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Hayot yoki sog’liq uchun xavfli jinoyatlar
Hayot yoki sog’liq uchun xavfli jinoyatlar qilmishni sodir etuvchi tomonidan 
bajarilgan harakat yoki harakatsizlikning yakuni aybdorning o’ziga bog’liq 
bo’lmagan oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunda sodir etilgan harakat yoki 
harakatsizlik mudhish oqibat keltirib chiqarishidan qat’iy nazar, jinoyat sanaladi va 
javobgarlik uchun asos bo’ladi. Bunday jinoyatlarning bevosita ob’ekti inson 
hayoti yoki sog’lig’i bo’lib, quyidagilardan iborat bo’ladi: 
32-rasm. Hayot yoki sog’liq uchun xavfli jinoyatlar 
Hayot yoki 
sog’liq uchun 
xavfli jinoyatlar
O’ldirish yoki zo’rlik 
ishlatish bilan qo’rqitish
Tanosil yoki OIV 
kasalligi/OITSni 
tarqatish
Jinoiy ravishda 
homila tushirish 
(abort)
Ayolni o’z homilasini sun’iy 
ravishda tushirishga 
majburlash
Kasb yuzasidan o’z 
vazifasini lozim 
darajada bajarmaslik
Xavf ostida qoldirish


226 
Mazkur jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortiluvchi sub’ekt 
16 yoshli jismoniy shaxslardir. Ular tomonidan sodir etilgan jinoiy tajovuz 
badanga og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast yetkazilishiga olib kelishi, homilaning 
sun’iy tushirilishi, tanosil yoki OIV/OITS kasalligini yuqtirish xavfi ostida 
qoldirilishi hamda o’ldirish yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish orqali 
jabrlanuvchining hayoti va sog’lig’ini xavf ostiga qo’yadi.
Jinoyatlarni ko’rib chiqadigan bo’lsak, o’ldirish yoki zo’rlik ishlatish bilan 
qo’rqitish (112-modda) jinoyati o’zida ikkita belgini namoyon etadi. Birinchisi, 
jinoyatni bajaruvchisi tomonidan qo’rqitish holatining o’zi bo’lib, ikkinchisi 
qo’rqitishda bayon qilingan holatni sodir etish uchun xavfsirash asosining 
mavjudligi.
Qo’rqitish ruhiy ta’sir o’tkazish orqali jabrlanuvchini bosim ostida qoldiradi. 
O’ldirish bilan qo’rqitish biror shaxsni hayotdan mahrum qilish niyati borligini 
bayon qilishda namoyon bo’ladi. Bunda o’ldirilishi kerak bo’lgan odam aniq bitta 
yoki bir nechta shaxs bo’lmog’i lozim. Umumiy ma’nodagi “Hammang o’lasan” 
shaklidagi qo’rqitish jinoyatning ob’ektiv tomonini tashkil eta olmaydi.
Zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish jismoniy yoki ruhiy shaklda amalga 
oshiriladi. Bunda badanga shikast yetkazish, qiynash, do’pposlash holatlari 
nazarda tutiladi. Jismoniy zo’rlik ruhiy holatga ham ta’sir ko’rsatishi mumkin yoki 
har ikkisi tajovuzchi tomonidan baravar qo’llaniladi.
Qo’rqitishdan xavfsirash uchun asoslar mavjud bo’lsa, ya’ni o’ldirilishi 
aytilgan shaxsni o’ldirilishi uchun real asoslar borligi jinoyatning ikkinchi belgisi 
hisoblanadi.
Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish (113-modda) jinoyati bunday 
kasallikni yuqtirish xavfini vujudga keltirish hamda uni bevosita yuqtirishda 
ifodalanadi. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda jinsiy yaqinlik qilish jarayonida 
tarqaladi. Jinsiy yaqinlik paytida kasallik yuqtirilishining oldini olish natijasida 
boshqalar o’z hayoti va sog’lig’ini asrab qolishi mumkin, ammo bu boshqalarga 
shu kasallikni yuqtirish xavfini vujudga keltirgan hamda yuqtirgan shaxslarni 
javobgarlikdan ozod qilmaydi. Tibbiyot rivojlangan hozirgi vaqtda ayrim tanosil 


227 
kasalliklarini davolash choralari topilgan. OIV/OITS kasalligini davolashning 
samarali yo’llari faqat umrni biroz uzaytirishga yordam beradi, ammo undan 
butunlay sog’ayishning iloji yo’q.
Jinoyat kodeksining 114 va 115-moddalari homilani sun’iy tushirish bilan 
bog’liq jinoyatlar hisoblanib, har ikkisida ham jinoyat ob’ekti ayolning hayoti va 
sog’lig’idir. Bunday homila tushirilishida sub’ekt, joy va boshqa omillarda bir-
biridan farqlanuvchi jihatlar ko’zga tashlanadi. Jinoiy ravishda homila tushirish 
(abort) jinoyati homila tushirishi mumkin bo’lgan shifokor, akusher yoki ginekolog 
tomonidan davolash muassasasidan tashqarida yoki tibbiy noqulay joyda amalga 
oshiriladi. Bunda ayolning salomatligiga shikast yetkazilishi, homilaning 12 
haftalikdan katta ekanligi va avvalgi abortdan 6 oy o’tmasdan yana abort qilinishi 
ta’qiqlovchi asosni vujudga keltiradi.
O’z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash ayolning erkiga 
qarshi olib borilgan harakat hisoblanib, u eri, yaqin qarindoshi va boshqalar 
tomonidan amalga oshiriladi. Homilaning sun’iy tushirilishi ayolga og’ir yoki 
o’rtacha og’ir shikast yetkazilishiga olib kelsa, 115-modda bilan birga sog’liqqa 
qarshi jinoyatlar tizimidagi boshqa jinoyat ham sodir etiladi. Qilmish jinoyatlar 
jami sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Kasb yuzasidan o’z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik qasddan yoki 
ehtiyotsizlikdan sodir etiluvchi jinoyat bo’lib, u badanga og’ir yoki o’rtacha og’ir 
shikast yetkazilishiga olib keluvchi oqibat bilan kvalifikatsiyalanadi. Aybdorning 
o’z vazifasini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi jinoyatning 
ob’ektiv tomonini tashkil etadi. Bunday jinoyatlar shifokorlar, akusherlar, 
hamshiralar, farmatsevtlar kasbi bilan bog’liq holatlarda ko’p uchraydi.
Xavf ostida qoldirish jinoyati qasddan sodir etiluvchi jinoyat sanaladi. 
Aybdor o’zi yordam berishi shart yoki bunga imkoniyati bo’lgan holda, xavf ostida 
qolgan va o’zini o’zi himoya qila olmaydigan shaxsga yordam bermasligi yoki 
aybdorning o’zi jabrlanuvchini shunday ahvolga solishi jinoyatning ob’ektiv 
tomonini tashkil etadi. Aksariyat hollarda bu jinoyat ona o’z bolasiga qaramasligi, 
qutqaruvchilarning o’z vazifalarini bajarmasliklari natijasida kelib chiqadi.


228 
Xavf ostida qoldirish jinoyati qasddan sodir etiluvchi jinoyat sanaladi. 
Aybdor o’zi yordam berishi shart yoki bunga imkoniyati bo’lgan holda, xavf ostida 
qolgan va o’zini o’zi himoya qila olmaydigan shaxsga yordam bermasligi yoki 
aybdorning o’zi jabrlanuvchini shunday ahvolga solishi jinoyatning ob’ektiv 
tomonini tashkil etadi. Aksariyat hollarda ona o’z bolasiga qaramasligi, 
qutqaruvchilar o’z vazifalarini bajarmasliklari natijasida shunday jinoyatlar kelib 
chiqadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish