223
zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og’ir
shikast yetkazish;
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari
chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og’ir shikast yetkazish;
qasddan badanga yengil shikast yetkazish;
qiynash;
ehtiyotsizlik orqasida badanga o’rtacha og’ir yoki og’ir
shikast
yetkazish.
Ushbu guruhga kiruvchi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda badanga yengil,
o’rtacha og’ir va og’ir shikast yetkazishlik darajasini aniqlab olish birinchi darajali
ahamiyat kasb etadi. Yuridik adabiyotlarda bunday darajalarni belgilab beruvchi
yagona standartlar mavjud emas va buning iloji ham yo’q. Chunki badanga
yetkazilgan jarohatlar har kimning jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib turlicha
iz qoldirishi mumkin. Shu nuqtai nazardan bunday darajalarni aniqlashda
jinoyatlarning dispozitsiyasiga e’tibor beriladi.
Jinoyat kodeksining 104, 105 va 109-moddalarida
badanga shikast
yetkazishning umumiy asoslari belgilab berilgan. Ularni birma-bir ko’radigan
bo’lsak,
badanga
og’ir
shikast
yetkazish
JKning
104-moddasining
dispozitsiyasidan o’rin olgan quyidagi yakunga olib kelishi holati bilan aniqlanadi:
ko’rish, so’zlash, eshitish qobiliyatini yo’qotish;
biron a’zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyatini tamoman
yo’qolishi;
ruhiy holatning buzilishi;
sog’lig’ining boshqacha tarzda buzilishi;
umumiy mehnat qobiliyatining 33% dan kam bo’lmagan qismining
doimiy yo’qolishi;
homilaning tushishi;
badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishi.
224
Mazkur holatlar badanga og’ir shikast yetkazilganligi me’yorlarini
belgilaydi. Agar ularning bittasi jabrlanuvchining badanida aks etsa,
jinoyat
badanga og’ir shikast yetkazgan deb topish uchun yetarli bo’ladi.
Badanga o’rtacha og’irlikdagi shikast yetkazish quyidagi oqibatlardan biri
bilan bog’liq bo’ladi:
sodir etilayotgan vaqtda hayot uchun xavfli bo’lmagan;
og’ir shikast darajasidagi oqibat keltirib chiqarmagan;
sog’liqni 21 kundan 4 oygacha bo’lgan davrdagi yomonlashuviga olib
kelgan;
umumiy mehnat qobiliyatining 33% dan ko’p bo’lmagan qismining
yo’qotilishi.
Badanga yengil shikast yetkazishning birinchi marta sodir etilishi jinoiy
javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Xususan, qasddan
badanga yengil shikast
yetkazganlik holati uchun shaxsga dastlab ma’muriy jazo choralari qo’llaniladi.
Agar o’sha harakat bir yil davomida qaytadan sodir etilsa, bu shaxsga nisbatan
jinoiy jazo qo’llaniladi. Yengil shikast yetkazishning darajasi sog’liqning qisqa
muddatli yomonlashuvi yoki mehnat qobiliyatini uzoq muddat yo’qolishiga olib
kelmagan holat bilan o’lchanadi.
Sog’liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarning ob’ekti inson sog’lig’i
hisoblanadi. Sog’liqqa yetkazilgan shikast darajasini aniqlashda Sog’liqni
saqlash
vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Badanga yetkazilgan shikastlarning og’irlik
darajasini sud-tibbiy yo’l bilan aniqlash qoidalari”ga murojaat qilinadi. Ushbu
hujjatda shikastlarning og’irlik darajasini aniqlashda tibbiy va iqtisodiy mezonlar
qo’llanishi asoslari belgilangan.
Sog’liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlar badanga qandaydir darajada shikast
yetkazilishida namoyon bo’ladi. Ular orasida qiynash (110-modda)
jinoyati biroz
ajralib turadi. Ushbu jinoyat qasddan badanga og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast
yetkazish (104-105-moddalar) kabi oqibatlarni keltirib chiqarmagan holatdagi
muttasil ravishdagi do’pposlash yoki boshqa ko’rinishdagi harakatlar bilan
qiynashda ifodalanadi. Bunda nisbatan yengil jarohatlar
kelib chiqishi mavjud
225
bo’lsada, ma’muriy jazo qo’llashga qaraganda og’irroq oqibat keltirib chiqaradi.
Oqibat jabrlanuvchining qisqa muddatli jismoniy, lekin uzoq muddatli ruhiy
qiynalishi, ma’naviy azoblanishini keltirib chiqarishiga olib keladi. Ruhiy azob
qon
bosimining ortishi, qiynash asoratlarining keyinchalik paydo bo’lishi yoki
ruhiy holatining o’zgarishiga olib kelishi mumkinligi ushbu harakatni jinoyatlar
toifasiga kiritilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun qiynash holati jinoyat deb
topilgan.
Sog’liqqa qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda Oliy sud Plenumining
2007 yil 27 iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast
yetkazishga oid ishlar
bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida”gi qarori sudlar faoliyati uchun katta amaliy
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: