37
2.
“Pufakchalar”
mashqi
10 daq.
Talab etilmaydi
Diqqatni jamlash, guruhda
ishchanlik vaziyatini hosil
qilish
3.
“Uychasiz
quyon”
mashqi
10 daq.
Eski gazetalar
Sezgirlikni rivojlantirish,
birlashish, hamkorlik qilish
va noverbal munosabatlarga
kirishish ko‘nikmalarini
rivojlantirish
2-sessiya. Asosiy qism
4.
“Emotsiyalar
so‘qmog‘i"
mashqi
10 daq.
Emotsiyalar va
holatlar ro‘yxati;
har biriga
bittadan
emotsiya nomi
yozilgan A4
varaqlargi
Ishtirokchilarda guruhning
emotsional holatini
aniqlash malakasini ishlab
chiqish
5.
“Emotsiyalar
nima? O‘z
emotsional
reaksiyalarni
qanday
jilovlash
mumkin?”
Mini-ma’ruza
15 daq.
Taqdimot
Emotsiyalar va
hissiyotlar
haqida bilimlarni boyitish,
ularni inson hayotidagi
ahamiyati va boshqarish
uchullari haqida
tushunchalarni
rivojlantirish
6.
“Uyat bilan
o‘yinlar”
mashqi
10 daq.
Konvertlar va
qog‘ozlar
O‘z emotsiyalarini
tushunish va tahlil qilish
malakalarini rivojlantirish;
ba’zi negativ emotsiyalar
asosida
yotuvchi irratsional
ustanovkalarni aniqlash;
o‘zgalarning emotsiyalarini
qabul qilish malakasini
hosil qilish
3-sessiya. Xulosa qismi
7.
Qayta aloqa
10 daq.
Barcha
ishtirokchilarga
qog‘oz-ruchka,
flipp-chart.
Kunning sarhisobini qilish
Jami: 1 soat 20 daqiqa
38
1-sessiya. Kirish qismi
1.
Videorolik.
Qadimgi tabiblardan biri Аvitsennaning taʼkidlashicha, vrachning kasallikni
yengishi uchun uchta quroli boʼladi: soʼz, giyoh va pichoq.
Eʼtibor bering «soʼz» birinchi oʼrinda.
Parij gospitallarining birida yosh psixolog Emili Ki oʼz bemorlariga kuniga uch
maxal 10 marotabadan xayolan va ovozini chiqargan xolda «Kundan kunga men
oʼzimni yaxshi xis qilayapman» deb takrorlashni odat qilgan.
Gapirganda xam
shunchaki mezanik tarzda emas, balki yurakdan chiqarib, chin dildan aytishgan.
Nima deb oʼylaysiz, natija qanday boʼlgan?
Bir oydan keyin bu vrachning bemorlari avval gospitalning tibbiy personallari
uchun, keyincha butun Fransiyaning muxokama manbaiga aylangan. Аjablanarli,
ammo fakt – ogʼir bemorlarning bir oy ichida tuzalib ketgani va xattoki ularning
ayrimlariga jarroxlik aralashuvlarini zarurati yoʼqolgani aniqlangan.
Xulosa: qadimgi yunon olimi Paratselьsning soʼzlari tasdiqlangan – «ishonch
moʼjiza yaratadi».
Inson salomatligi – uning tafakkurini toʼgʼridan-toʼgʼri oqibati xisoblanadi. Yaʼni
insonning ruxiy va jismoniy xolatlari oʼrtasida bevosita bogʼliqlikning mavjudligi
xech kimda gumon uygʼotmaydi.
Yomon narsa haqida oʼylasang – ogʼrib qolasan.
Psixologik qonunlarning birida aytilishicha: «Sevgi, simpatiya va qoyil qolishni
soʼz
orqali ifodalash, u kimga yoʼnaltirilgan boʼlsa, shu insonning hayotiy
energiyasini kuchaytiradi». Qaxrli va yovuz soʼzlar esa tinglovchining energiyasini
kamaytiradi.
Yomon fikrlar bilan bogʼliq kasalliklarning umumiy soni kundan-kunga oʼsib
bormoqda.
Ularga qarshi turish uchun, qadimgi donishmandlar maslaxatiga quloq tutish
kerak. Yaʼni, qanchalik ogʼir boʼlmasin xayotdan quvonish kerak. Shunday qilib,
inson sogʼligʼi, xayoti va taqdiri uning fikrlari bilan bevosita bogʼlangan.
Yaxshilikni oʼylasang – yaxshilikni kut.
Yomonlikni oʼylasang-oʼylaganingni olasan.
Inson doimo oʼylab yuradigan narsalar ishonchga aylanib, shu narsa sodir boʼlishi
kerakligiga zamin yaratiladi va bu eʼtiqod amalga oshadi.
Shunday ekan bugundan boshlab, yaxshilik xaqida oʼylang, va yaxshi narsalarga
umid qiling. Аrzimagan narsalarga qaygʼurmang.
Yurak infarkti va yetishmovchiligini profilaktika qilish boʼyicha
mutaxassis
amerikalik kardiolog Robert Eliotning ikkita oltin qoidasini keltirib oʼtamiz:
Birinchi qoida: Аhamiyatsiz narsalar uchun qaygʼurmang.
Ikkinchi qoida: Hamma narsa ahamiyatsiz.
39
Quyida mavuga oid xayotiy misol keltiramiz.
- Bir bolakay uyiga kelib onasiga: "Bu xatni maktabdagi oʼqituvchim berib
yubordilar"- deydi. Onasi xatni oʼqib koʼz yoshlarini zoʼrgʼa tutib turdi. Uni bolasiga
baland ovozda oʼqib berdi: «Sizning oʼgʼlingiz daho! Maktabimiz uning qobiliyatiga
kichiklik qiladi. Shuning uchun siz bolangizga uyingizda taʼlim bering!». Oradan
yillar oʼtdi. Insoniyat tarixiga ulkan ixtiro kashf qilgan inson Edisonning onasi vafot
etdi. Kunlarning birida u onasining javonini koʼzdan
kechirayotib qutidagi xatga koʼzi tushdi: «Sizning oʼgʼlingiz kaltafahm, tentak.
Erta tongdan boshlab uni maktabga kiritmaymiz!». Buni oʼqigan Edison rossa
yigʼladi va oʼzining xotira daftariga ushbu bitiklarni bitib qoʼydi:
- «Edison tentak bola boʼlgan. Lekin aqlli onasining tadbiri ila dahoga aylandi!».
Onaning hayotdagi oʼrni shunday, u oʼgʼlini olim darajasiga yetishishiga ishontira
olgan, oʼgʼlini ijobiy fikrlar bilan sugʼora olgan!!!
Bizning «baxt gormonlar»imiz miqdorini oshirib kayfiyatimizga taʼsir etishning
oddiy usullari mavjud.
Bizni nima baxtli qilishi mumkinligi haqida oʼzimizdan soʼraganimizda odatda
shart-sharoitlar, mol-mulk yoki hayotimizdagi odamlar haqida oʼylaymiz. Biroq,
aslida baxtni his etish kimyoga bogʼliq. Miya ishlab chiqaradigan toʼrt asosiy modda
baxt bilan bogʼliq boʼlgan tuygʼu va hissiyotlarni yaratishga masʼuldir. Bu juda
yaxshi yangilik-a, toʼgʼrimi? Bu deganiki, shart-sharoit, boylik yoki hayotimizdagi
odamlarsiz ham baxt gormonlarimizni oshirib kayfiyatimizga taʼsir
etishimiz
mumkin.
Endorfin. Endorfinlar jismoniy ogʼriqlarni yengish uchun markaziy asab
tizimidan ishlab chiqariladi. Ularni ishlab chiqarishning zararsiz yoʼli – bu jismoniy
mashqlar bilan shugʼullanish. Bir tadqiqotga koʼra, 10 kun davomida 30 minut
yugurish yoʼlakchasida yurish klinik depressiyani sezilarli tarzda kamaytirishga
yordam berarkan.
Serotonin. Ehtimol, eng mashhur «baxt kimyosi».
Bu neyromediator tabiiy
ravishda biz har kunlik bajaradigan baʼzi narsalardan kelib chiqadi. Uni miqdorini
oshirishning yoʼli: quyosh nurida boʼlish. Jismoniy mashq va pozitiv fikrlash ham
uni ishlab chiqarishda stimul beradi.
Dofamin. Uni koʼpincha «mukofot kimyosi» deb atashadi. Maqsadingizga
erishganingizda yoki istagingiz amalga oshganida – yaxshi ishlaganingizni anglab
siz dopaminning yoqimli dozasini olasiz. Yana bir yoʼli siz uni odamlarga yaxshi
munosabatda boʼlib ham his etishingiz mumkin. Volyontyorlik dofamin gormonini
oshiradi. Kimnidir sevish va u haqidagi yoqimli oʼylar ham bu gormonni ishlab
chiqaradi.
Oksitotsin. Bu gormon bilan onalarimiz yaxshi tanishlar. Bu gormon tugʼruq va
emizish vaqtida ishlab chiqariladi. U asosan mehribonlik, gʼamxoʼrlik
va yaqin
40
munosabatlar bilan bogʼliq. Oksitotsin gormoni koʼp boʼlishini istaysizmi? Kimnidir
quchoqlang – mushukcha boʼlsa ham mayli.
Baʼzan, baxt uzoq, yetib boʼlmas orzu kabi koʼrinishi mumkin. Yaxshiyamki,
bizning tanamizda doimo murakkab kimyoviy jarayonlar mavjud boʼlib, ular
bizning kundalik harakatlarimizga taʼsir qiladi. Bizning gormonlarimiz va
neyrotransmitterlarimiz
qanday
ishlashini
tushunganimizda,
biz
ularni
oʼylaganimizdan ham koʼra osonroq «ishga tushirishimiz» mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: