Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy univer-
sitetidagi globus.
www.ziyouz.com kutubxonasi
timetr bo'lgan. Globusning ilmiy jihatiga
Toshkentga kelgan taniqli rus olimlari yuk
sak baho berganlar. Globus 1897-yili Peter-
burgga olib borilganda uni rus podshosi Ni
kolay II o'z a ’yonlari bilan hayratlanib
ko'zdan kechirgan. Globus hozir Samar-
qanddagi tarix va madaniyat muzeyida
namoyish qilinmoqda.
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston
Milliy universitetining geografiya fakultetida
maxsus buyurtma asosida Perm shahrida
yasalgan katta o'quv globusi (diam etri
qariyb 2 m etr) saqlanm oqda. U O 'rta
Osiyoda relyefli yagona globus bo'lib,
masshtabi 1 santimetrda 70 kilometr. Kat
ta globuslardan yana biri (diametri 310 san
tim etr) Sankt-Peterburgdagi M.V.Lomo
nosov muzeyida saqlanmoqda. Uni 18-asr
boshida nemislar Petr I ga sovg'a qilishgan
edi. Uning sirtida Yer kartasi, ichki tomoni
da yulduzlar osmoni tasviriangan. Globus
ichiga bemalol 10— 12 kishi sig'gan.
Avstriya poytaxti Vena shahrida va An-
gliyaning Grinvich shaharchasida globuslar
muzeylari ham bor. Bularning barchasi Yer
yuzasini tasvirlovchi geografik globuslardir.
Ayni vaqtda Oy va osmon globuslari ham
mavjud. Globuslar badiiy adabiyotda ham
o'z aksini topgan. Muhtaram shoirimiz Mu
hammad Ali globusni nazmda bayon qil-
ganlar.
GOLLANDIYA
— qarang
Niderlandiya.
GRADUS TO ‘RI
Geografik xarita va globusga nazar sol-
sangiz, ularning ingichka to'r chiziqlar bilan
qoplanganligini ko'rasiz. Bu qanday to'r?
Uning nima keragi bor. Bu Yerning gradus
to'ridir. U graduslarga bo'lingan meridian va
parallellardan iborat.
Meridianlar Yer qutblari nuqtalarida —
Shimoliy va Janubiy qutblarda kesishib, Yer
ni «o'rab oladi». Barcha meridianlarning
uzunligi bir xil. Londondagi Grinvich obser-
vatoriyasidan o'tadigan meridianni olimlar
bosh meridian (00) deb hisoblashadi. Me
rid ia n la r h isobi shundan b o sh la n a d i.
Joyning geografik uzunligi m eridianlar
bo'yicha aniqlanadi. Grinvich meridianidan
sharqdagi barcha yerlar sharqiy uzunlikka,
g'arbdagisi esa g'arbiy uzunlikka ega.
P arallellar go'yo Yerning belbog'iga
o'xshaydi. Ular meridianlardan farqli ravish
da bir-biri bilan kesishmaydi va uzunliklari
ham har xil: qutblardan qanchalik uzoqda
joylashsa, shunchalik uzun bo'ladi. Yerning
qoq belida joylashgan eng uzun parallel —
40075160 metr—ekvator deb ataladi. Ek-
vator qutblardan teng uzoqlikda joylashgan
bo'lib, Yerni shimoliy va janubiy yarim shar-
larga bo'ladi. Parallellar hisobi har vaqt ek-
vatordan boshlanadi. Joyning geografik
kengligi parallellar bo'yicha aniqlanadi. Yer
yuzasining ekvatordan shimolda joylashgan
barcha nuqtalari shimoliy kenglikka, janub-
dagilari esa janubiy kenglikka ega.
Kenglik va uzunliklar nuqtalarning yer yu-
zasidagi o'mini belgilovchi geografik koor-
dinatlardir.
Ba’zan shunday radiogramma olinishi
mumkin:
— Tayga yonyapti. Samolyot yuboring.
Koordinatlarni ma’lum qilamiz: 550 shimoliy
kenglik, 920 sharqiy uzunlik.
— Kema halokatga uchrayapti. U 400
janubiy kenglik, 1600 g'arbiy uzunlikda.
Shu tarzda geografik koordinatlar o'z
vaqtida shoshilinch yordam ko'rsatish im-
konini beradi.
GRAFIK
Toshkentlik bir o'quvchi ta ’til paytida
o'rtog'i bilan Guliston shahridagi qarin-
doshlarini ko'rib kelish va shu bahonada
sayohat qilib qaytishga kelishib olishdi.
Toshkentdan Gulistongacha 150 kilometr
cham asi y o 'l bosish ke rak b o 'la rd i.
«Keling, yaxshisi, velosipedlarda bora
qolaylik, — dedi o'rtog'i. — Ertalab soat 7
larda yo'lga chiqamiz, soatiga 15 kilometr-
dan yo'l bossak, 5 soatda yo'lning yarmiga
borib qolam iz, 3 soatcha dam olam iz,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ovqatlanamiz va yana yo‘lni davom ettira-
miz». Shunday deb o‘rtog‘i yashil qalam bi
lan velosiped sayohatining grafigini chizdi.
«Ko‘rdingizmi, — dedi u. — Chinozda o‘n
bir yarimlarda, Sirdaryoda to'rt yarimlarda
bo'lamiz. Gulistonga taxminan kech soat 8
larda yetib boramiz». Sayohat juda ko'ngilli
bo'ldi, lekin u ertalab soat 7 da emas, bal
ki 8 da boshlandi (nima uchunligini o‘zingiz
o'ylab ko‘ring) va yo ‘l bosish ham ular
o'ylaganchalik bo'lib chiqmadi (rasmga
qarang).
Siz sayohat grafigidagi qizil chiziqni
ko'zdan kechiring va velosipedga nima
bo'lganligini ayting. Dastlabki soatlarda ular
qanday tezlikda yurishgan? Velosipedlar
qachon buzilgan va ularni qanchalik tez
tu z a tis h g a n ? Y o 'ln in g q a ye rid a u la r
m o‘ljaldagidan tezroq yurishgan? Soat
nechalarda suv bo'yida dam olishgan?
Yo'lning ta’mirlanayotgan uchastkasida qan
day tezlikda yurishgan? Ular Chinozdan qa
chon o'tishgan va Gulistonga qachon yetib
kelishgan? Velosipedlarda qancha kilometr
yo‘l bosishgan? Yo'lakay mashinalarda-chi?
Hikoyamizdagi bolalar
0
‘tilgan yo‘lning
vaqtga bog'liqlik grafigini tuzishgan, lekin
hayotingizda faqat har xil transport turlari-
ning harakat grafiklarini emas, boshqa
grafiklarni ham chizish va ko'rishingizga
to‘g‘ri keladi. Kasalxonalarda bemor haro
rati grafiklarini chizishadi. Bu grafik kasal
lik qanday kechayotganligini, haroratning
davolash muddatiga bog‘liqligini yaxshiroq
tasavvur qilishga yordam beradi. Katta
zavod direktori kabinetida turli-tuman ishlab
chiqarish grafiklarini, masalan, rejaning ba-
jarilish grafigini ko‘rish mumkin.
Har gal biror sonli qiymat — o'tilgan yo‘l,
harorat, mahsulot miqdori, og‘irlik, uzunlik
qiymati boshqa biror son qiymatiga bog'liq
bo‘lsa, bu bog'liqlik va uning xarakterini
grafik osongina namoyon qiladi. Masalan,
siz ukangizning og'irligi bilan bo‘yi o'rtasi-
dagi bog'liqlik grafigini chizishingiz mumkin.
Grafiklardan turli kasblarda foydalaniladi.
Xullas, grafiklarning turi ko'p: muayyan vaqt
mobaynida atmosfera bosimining o'zgarish
grafigi, transporting harakat grafigi, kema
larning qatnov grafigi, samolyotlarning uch
ish grafigi, m aktablardagi navbatchilik
grafigi va hokazo. Ko'pincha, turli miqdor-
lar orasidagi bog'liqlikni chizma tarzida ifo
dalash uchun diagrammalardan foydala-
www.ziyouz.com kutubxonasi
niladi. Diagrammada har qaysi miqdor
to'g'ri chiziq kesmasi, to'g'ri to'rtburchak,
doira va hokazo shakllar bilan belgilanadi.
GRAFIKA
Xayolingizga birfikr keldi. Uning mazmu-
nini kimgadir, masalan, do'stingizga yetkaz-
m o qch isiz. Buni yu zm a -yu z b o 'lg a n
ondayoq aytasiz. Agar do'stingiz yaxshi
eshitm agan b o'lsa, darrov g a pingizni
bo'ladi: «Tovushingni balandroq chiqar».
Shu o'rinda do'stingiz haq. Chunki siz ayt-
moqchi bo'lgan fikr mazmunini tinglovchiga
tovushingiz vositasida yetkazasiz. Inson nut-
qi tovushlarda tashiladigan ma’nolar, ya’ni
mazmundir. Nutqdagi har bir so'z bir necha
tovushlar majmuasida beriladi. Shu tovush
tilshunoslikda fonema deyiladi. Fonema-
ning so'z ma’nosini farqlashda o'z aha-
miyatiga ega eng kichik nutq bo'lagi — to
vush hisoblanadi.
Insoniyat madaniy taraqqiyotda tobora
yuqorilay boshlagach, fikrni tinglovchiga yet-
kazuvchi boshqa bir vositani, ya’ni yozuvni
yuzaga keltirdi. Bunda endi nutq tinglan-
maydi, balki o'qiladi. Tinglovchi qatorida
endi o'quvchi yaratildi. Yozuvda ma’lum so'z
bir necha belgilar orqali o'z ifodasini topishi
mumkin. O'sha belgilar fanda grafika deb
ataladi. Lekin grafika tildagi faqat fonema-
larni ifodalovchi yozuv belgilari emas. Agar
shunday bo'lganda, u harf deb nomlangan
bo'lur edi. Kirill yozuviga asoslangan o'zbek
grafikasida yumshoqlik — «Ь» va qattiqlik
(ayirish) — «’» belgilari bor. Ularfonemani
bildirmaydi, biroq grafika qatoridan joy ola
di. Yana ye, yo, yu, ya grafemalari ham
grafik belgidir. Shu belgilarning har biri esa
ikkitadan (bir undosh va bir unli) fonemani
o'zida ifodalaydi. Masalan e - ye, ё-уо, ю -
yu, я-уа.
Tinish belgilar ham ma’lum til yozuvi
uchun belgilangan grafika tizimiga kiradi.
Chunki har bir tinish belgi nutqdagi talaffuz
me’yorining ayrim tom onlarini ko'rsatib
turadi. Ular ham o'z xususiyatiga ko'ra yum
shoqlik va qattiqlik belgisiga o'xshashdir.
Masalan, Ahmad keldi? gapining oxiriga
so 'ro q b e lg is in i q o 'y s a n g iz , u so'roq
ohangida, nuqta qo'ygan bo'lsangiz, xabar
ohangida talaffuz etiladi. Birinchisida kesim
keskin va ta’kidlanib, ikkinchisida cho'zib
va past qayd qilinadi.
O'zbek yozuvi lotin grafikasiga asoslan-
ganidan (1995) keyin tildagi fonetik tizim
bilan yozuvdagi belgilar tizimi o'rtasidagi
munosabat — grafikada ba’zi nomosliklar
kelib chiqdi. Kirill yozuvidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |