Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat
Sovet hokimiyatiga qarshi harakatning yuzaga kelishi.
Turkistonning yaqin o'tmishi hamda xiyla uzoq davom etgan, qonli, fojeali voqealarga to'lib-toshgan sovet hokimiyatiga qarshi harakat ko'p zamonlar noxolis, g'ayriilmiy nuqtai nazardan yori-tilib kelindi. O'z safiga erk va hurlikka tashna, vatan mustaqilligi yo'liga jonini tikkan millionlab yurt fidoyilarini birlashtirgan bu qudratli harakatning mazmun-mohiyatini kelgindi, qizil sovet mustamlakachilari muttasil buzib, noto'g'ri talqin qilib, soxtalashtirib keldilar. Uni sho'ralar terminida «bosmachilik harakati», «aksil-inqilobiy kuchlar bosqini», «bir to'da yurt buzg'unchilari harakati» va shu singari nomlarda «ta'riflab», «tavsiflab» kelish sovet tarixshunosligida o'ziga xos odatiy tusga kir-gandi. Biroq xalqimizda «oyni etak bilan yopib bolmay-di» deyilganidek, ajdodlarimizning elu yurt erki, ozodli-gi uchun olib borgan bu mardona kurashi to'g'risidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan to'liq tiklanib, o'z haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to'qib chiqargan shunchaki «bosmachilik» harakati emas, balki sovet hokimiyatining g'ayri tabiiy siyosati va zo'ravonlikka asoslangan amaliyotga qarshilik ko'rsatish harakatidir.
Xo'sh, bu harakatning Turkiston zaminida yuzaga ke.lishining muhim ijtimoiy omillari, sabablari nimalardan iborat edi? Nega 1918-yil bahoridan Farg'ona vodiysida boshlangan bu quroUi harakat asta-sekin alan-ga olib, Turkistonning keng hududlari bo'ylab yoyildi?
Bu harakat mohiyatiga shu nuqtai nazardan yon-dashar ekanmiz, uni bir qator muhim sabablar keltirib chiqarganligiga amin bo'lamiz: Birinchidan, xalqimiz 1917-yilda sodir etilgan fevral va oktabr o'zgarishlariga katta umidvorlik bilan ko'z tikkandilar. Ular ilg'or jadid-chilik harakati rahnamoligida Rossiyada rivojlanib borayotgan demokratik harakatlardan foydalanib, erk, ozodlikni qo'lga kiritmoqchi, o'lka xalqlarini mustaqil-likka olib chiqmoqchi bo'lgandilar. Biroq sovet hoki-miyati o'rnatilgach, mahalliy xalqlarni sariq chaqaga arzitmasdan, ularni siyosiy faoliyatdan oshkora chetlatib zo'ravonlikni avjga mindirish yaqqol ko'zga tashlandi. Ikkinchidan, mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bayroq qilib olgan sovet zulmkorlari aholining milliy qadriyatlari, udumlari, diniy e'tiqodini tahqirlash, kamsitish, masjid, madrasalar, ziyoratgoh joylarni oyoq-osti qilish, noyob ma'naviy bisotlarni talash, dindorlarni ta'qibu quvg'in ostiga olish kabi nomaqbul ishlar bilan shug'ullandilar. Uchinchidan, o'lka xalqlarining xohish-irodasi ifodasi sifatida vujudga kelib, ularning milliy manfaatlari yo'lida ilk qadamlar qo'yib borayotgan Turkiston Muxtoriyatining qonga belanishi, yurt farzandlarining qirg'in qilinishi, Qo'qon shahri va uning atrofidagi qishloqlar begunoh aholisining ayovsiz talon-toroj qilinishi va fojeaga giriftor etilishi mahalliy xalq sabr-kosasini limmo-lim etib yuborgan edi.
O'z otameros zaminida o'z milliy davlatchiligini barpo etib, boshqa millatlardek emin-erkin yashashga bel bog'lagan, yurt jilovini qo'lga olishga intilgan xalqqa, uning vatanparvar rahnamolariga nisbatan sovet tuzumi uyushtirgan bunday g'ayriqonuniy qirg'inbarotlar butun Turkistonni oyoqqa turg'izdi. Dilda toptalgan vatan, xalq dardi, armoni jocsh urgan yuz minglab kishilarning qo'lda qurol bilan sovetlar zo'ravonligiga qarshi kurashi mana shu zaylda boshlanib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |