Yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari



Download 283,72 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi283,72 Kb.
#721010
Bog'liq
Yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh va-


Aim.uz

Yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari

Vaqtning asosiy birligi sifatida Yerning o’z o’qi atrofida bir marotiba to’la aylanib chiqish davri sutka olinadi. Sutkaning hisob boshi qilib osmon sferasida tanlangan nuqtaning osmon meridianidan o’tish payti olinadi.


Astronomiyada bunday tanlangan nuqtalar sifatida bahorgi tengkunlik, Quyoshning gardishini markazi, o’rtacha Quyosh deb ataluvchi va o’rni istalgan payt uchun nazariy hisoblab topiladigan faraziy nuqta olinadi. Bu nuqtalarning osmon sferasidagi vaziyatlariga qarab aniqlangan vaqt mos ravishda yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari deyiladi.
Bahorgi tengkunlik nuqtasining ketma-ket ikki marta yuqori kulminasiyasidan o’tishi orasidagi vaqtga yulduz sutkasi deyiladi. Yulduz sutkasining hisob boshi qilib  nuqtaning yuqori kulminasiya payti olinadi. U holda yulduz vaqti S bahorgi tengkunlik nuqtasining soat burchagi t ga teng bo’ladi.  nuqta osmonda biror yoritgich bilan bog’lanmagan, shuning uchun vaqtni aniqlash uni bevosita kuzatish bilan bog’liq emas. Yulduz vaqti, yulduzlarning meridiandan o’tish paytini kuzatishga ko’ra topiladi. Yulduzlarning meridiandan o’tish paytidagi yulduz vaqti shu yulduzning  koordinatasiga teng bo’ladi.
H aqiqatdan ham rasmdan 9-chi rasmdan t=t+α bo’lgandan S= t+ bo’lib, t=0 bo’lganda S=α bo’ladi. Yulduz vaqti astronomik masalalarni yechishda keng ishlatiladi. Lekin kundalik hayotda esa uni qo’llash noqulay bo’lib, kundalik hayotda vaqt Quyoshga qarab taqsimlanadi. Quyosh diski markazini muayyan bir geografik meridianda ketma-ket ikki marta quyi kulminasiyada bo’lishi orasidagi vaqt haqiqiy Quyosh sutkasi T deyiladi..Quyosh diskining markazining quyi kulminatsiyasidan har qanday vaziyatlargacha bo’lgan holatni ko’rsatuvchi soat burchagiga haqiqiy Quyosh vaqti deyiladi, T=t+12h. Quyosh soat burchagigi t - ni bevosita kuzatishlardan aniqlaydilar.
Quyoshning yillik harakat yo’li ekvatorga 23°27 burchak xosil qilgani va harakati notekis bo’lganidan haqiqiy Quyosh vaqti buyicha sutka davomiyligi yil davomida o’zgarib turadi. Shuning uchun amalda o’rtacha Quyosh vaqti qo’llaniladi. Bu vaqt o’rtacha Quyosh harakatiga ko’ra aniqlanadi. O’rtacha Quyosh deb ekvator buylab tekis harakatlanadigan va baxorgi tengkunlik nuqtasidan haqiqiy Quyosh bilan bir vaqtda chiqib bir vaqtda qaytib keluvchi faraziy nuqtaga aytiladi. O’rtacha Quyoshning ketma-ket ikki marta quyi kulminasiyadan o’tish orasidagi vaqtga o’rtacha Quyosh Tm sutkasi deyiladi. O’rtacha Quyosh sutkasini, hisob boshi qilib yarim tun ya’ni o’rtacha Quyoshning quyi kulminasiya payti qabul qilingan.
Kuzatuvchi meridianda o’rtacha Quyosh vaqti Tm o’rtacha Quyosh­ning soat burchagi tm bilan quyidagicha Tm=tm+12h bog’langan, chunki tm soat burchagi meridianning janub qismidan boshlab hisoblansa, Tm o’rtacha Quyosh vaqti quyi kulminasiyasidan boshlab hisoblanadi.
Download 283,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish