Ensiklopediyasi


Germaniya. Bavariyadagi qal’a



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Germaniya. Bavariyadagi qal’a.
www.ziyouz.com kutubxonasi


GERODOT
(Miloddan avvalgi taxminan 
484—425-yillar)
Miloddan avvalgi 530-yil. Jang maydoni. 
Birtomonda g'olib lashkar. Ikkinchi tomonda
— asirlar. 0 ‘rtada jangovar kiyimdagi ayol — 
To‘maris. Uning oldida qon tola mesh, qolida 
esa massagetlar yurtiga bostirib kirgan Eron- 
ning m aglub podshohi Kirning kallasi ... 
To‘maris kallani qon tola meshga solar ekan, 
xitob qiladi: «Sen umring bo'yi qonga 
to'ymading. Men o'z ontimga amal qilib, seni 
qon bilan sug'ordim . Birovning yurtiga 
zo'ravonlik bilan bostirib kirganlarning jazosi 
shu!»
Bu — qadimgi massaget qabilasining 
jangovar hayoti haqidagi rivoyatdan bir 
lavha... Bu rivoyat bizning davrimizgacha qan­
day yetib kelgan? Umuman, o'tmish voqea- 
hodisalari haqida biz qay tarzda xabardor 
bo'lamiz? Tarix fani orqali!
Aziz bolajonlar! Maktabda sizlar tarix fani- 
ni o'rganasizlar. Ana shu fanning asoschilari- 
dan biri — yunonistonlik Gerodotdir.
Gerodot Kichik Osiyoning janubi-g'arbi 
(hozirgi Turkiya)dagi qadimgi Kariya viloyati- 
ning Galikarnas shahrida tug'ilgan. Yosh- 
ligidan siyosiy hayotga aralashib, istibdodga 
qarshi kurashgan. Mamlakatda mustabid 
hokimiyat qaror topib, zulm kuchaygach, 
tug'ilib-o'sgan yurtini tark etishga majbur 
bolgan (455). Malum vaqt Samos orolida 
yashagan. So'ng Gerodot hayotining sayohat- 
larga to'la davri boshlangan. U Kichik Osiyo- 
dagi mamlakatlarga, Bobil, Finikiya, Frakiya, 
Makedoniya, Misr, Kirenaga, Qora dengiz 
atrofidagi mamlakatlarga borgan. So'ng 
miloddan avvalgi 443-yilda Janubiy Italiyaning 
Furiya shahriga borib, umrining so'nggi yillari-
ni shu shaharda o'tkazgan. Markaz—Afinada 
ham bo'lgan.
Hayotining ko'p qismi turli mamlakatlarda 
o'tgan Gerodot sayohatdan olgan taassurot- 
larini yozib, to'qqiz kitobga jamlagan. Keyin­
chalik bu kitobga «Tarix» deb shartli nom 
berilgan. To'maris to'g'risidagi afsona ana 
shu kitob orqali bizgacha yetib kelgan.
Gerodot o'z kitobida ahomaniy forslar dav- 
latining gullab-yashnashi, Bobil, Ossuriya, 
Misr, Midiya, Lidiya, Skifiya kabi mamlakat- 
lardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy 
hayot tasviriga, o'ziga xos davlat tuzilishiga 
maxsus to'xtalgan. Ushbu mamlakatlarning 
geografik-iqtisodiy ahvoli, u yerlarda is- 
tiqomat qiluvchi xalqlarning urf-odatlari, din-u 
diyonatlari, m adaniyati, osori atiqalari, 
og'zaki ijodi haqida qiziqarli hikoya qilgan.
Kitobda, shuningdek, forslarning yunonlar 
ustiga qilgan harbiy yurishlari ham bayon etil­
gan.
Buncha malumotni muallif o'z kuzatuvlari 
natijasida, ko'rgan-bilganlarning hikoyalari- 
dan, ilgari yozilgan kitoblardan, xalq afsona va 
rivoyatlaridan, kohinlarning hikoyalaridan, ras- 
miy bitiklardan olgan. Uning hikoyalarini 
o'qigan kitobxon muallif g'oyat bilimdon, 
qiziquvchan, tug'ma iste’dod egasi, ko'p 
o'qigan, ko'p ko'rgan va eshitgan kishi 
bo'lganligini darhol fahmlab oladi.
«Tarix» kitobida Gerodot uch asrdan 
ziyodroq davrni qamrab oluvchi turli-tuman 
materiallami umumiy diniy-axloqiy qarash nuq- 
tai nazaridan birlashtirishga intilgan. Natijada 
o'z davri uchun g'oyat xolislik bilan yozilgan 
qimmatli asar yuzaga kelgan. Shu bois 
qadimgi Rim notig'i Sitseron Gerodotga 
«Tarix otasi», degan faxriy nom bergan.
Gerodotning qayerda vafot etgani va qa- 
yerga dafn qilingani to'g'risida ma’lumot 
saqlanib qolmagan.
GEYZER
Dunyoda shunday ajoyib favvoralar bor- 
ki, ular odam ishtirokisiz o'zidan- o'zi oti- 
laveradi. Ular to'ppa-to'g'ri yer ostidan otilib 
chiqadigan qaynoq suv va bug'dan iborat.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bular geyzerlardir. Darhaqiqat, geyzerni ne- 
mislar qaynoq desalar, islandlar — otiluv- 
chi, deb ataydilar. Ularni Kamchatkada, Is­
landiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Yaponiya, 
Xitoy va AQSHda — Yellouston milliy parki- 
da ko'rish mumkin.
Geyzerlar doim harakatdagi yoki yaqin 
vaqtlarda so'ngan vulkanlar yon-atroflarida 
bo'ladi. Magmadan ajralib chiqayotgan 
qaynoq bug' va gazlar ta’sirida yer osti suv­
lari isib, qaynoq favvora yoki buloq sifatida 
yer yuzasiga otilib chiqadi. Ko'pincha har 
bir geyzer o'zicha, ma’lum vaqt oralatib, turli 
kuch bilan otiladi. Kamchatkadagi bir gey­
zer har to'rt minutda «ishlaydi», shu sababli, 
uni Soat deb atashgan. Yellouston parkida- 
gi Ko'hna Harbiy geyzeri har soatda, Hor- 
mas-tolmas geyzeri esa har yarim minutda 
otiladi-ki, buni hatto soat bilan tekshirish 
mumkin. Islandiyadagi Katta Geyzer sut- 
kasiga bir marta otiladi, lekin uning favvo- 
rasini to'xtovsiz uch soat tomosha qilish 
mumkin. Suv otilishi to'xtaydi va hammay- 
oqni sokinlik qoplaydi, go'yo hech nima 
bo'lmagandek. Keyin yangi otilish sodir 
bo'lgunga qadar suv yana biqirlayveradi. 
Boshqa bir xil geyzerlar esa nomuntazam
otiladi. Geyzerlardan otilib chiqayotgan suv 
nisbatan toza, bir oz minerallashgan bo'ladi. 
Ular 40 metr balandlikkacha otiladi. Yel­
louston parkida qariyb 200 ta, Kamchatka­
da 100 dan ortiq, Islandiyada 30 tacha 
geyzer bor. Yangi Zelandiyada 1899-1904- 
yillarda har kuni otilib turgan Vaymangu 
geyzeri dunyoda eng katta va kuchli geyz­
er bo'lgan; u har otilganda 800 tonna suv 
chiqqan.
Geyzerning otilishi ham, har xil rangli 
geyzerit birikmalari — geyzerning qaynoq 
suvidan 
a jra la d ig a n
kre m n iyn in g
cho'kishidan hosil bo'ladigan oq, sariq, kul 
rang jinslar tufayli tevarak-atrof ham ajib 
manzara kasb etadi. Geyzerit har xil — 
pushti, ko'kimtir-sarg'ish va marvarid rang- 
lidir.
Ilgarilari geyzerlarning qaynoq suvi behu- 
da oqib ketardi, endi esa ularning suvidan 
binolarni, issiqxonalarni va suzish havzalari- 
ni isitishda, energetika qurilmalarida foy- 
dalanilyapti.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish