nimalar bo'layotganligini darrov bilib olamiz:
qayerda yangi korxonalar ishga tushdi yoki
mashinalarning yana qanday turi yaratildi.
O lim larim iz qanday kashfiyotlar qildilar,
sportchilar
qanday rekordlarga erishdilar, yer
yuzi xalqlari jahonda tinchlik uchun qanday
kurashmoqda. Gazeta bilan birga xonadoni-
mizga juda ko‘p ajoyib kishilarning rang-
barang «hayoti» ham kirib keladi. Gazetalar-
da ularning suratlari bosilgan hamda mehnat
jasoratlari to'g'risida hikoya qilingan bo'ladi.
Gazeta qanday
qilib yangiliklardan juda
tez xabardor bo'ladi? Yer yuzining hamma
burchaklarida gazetalarning o'z muxbirlari
bor. Ular diqqat bilan turmushni kuzatadilar
va eng qiziqarlilari haqida darhol gazetaga
xabar beradilar. Tahririyatga radio, telefon,
telegraf, xalqaro aloqa vositasi —
internet
o rq a li y a n g ilik la r y e tib k e la d i. B u la r
to'g'risida gazeta o'z o'quvchilariga ertasi
kuniyoq hikoya qilib beradi.
Siz qo'lingizda gazetaning yangi sonini
ushlab turibsiz. Siz bilan birga gazetaning
xuddi shu son in i m in g-m in glab kish ila r
o'qiydi. Chunki
gazeta bosmaxona mashi-
nalarida juda ko'p nusxada bosib chiqarila
di.
Gazetani yuzlab kishilar: muxbirlar, mu-
harrirlar, harf teruvchilar, bosmaxona ishchi-
lari tayyorlaydi. Bulardan tashqari gazeta
qog'ozi, bosmaxona bo'yog'i, harf terish va
bosma mashinalarini
ishlab chiqaruvchilar
ham gazeta tayyorlovchilar sirasiga kiradi.
Tayyor gazeta mamlakatimizning turli tomon-
lariga mashina, poyezd, samolyotlarda olib
b o rila d i. O 'z b e k is to n d a «X a lq s o 'z i» ,
«O 'zbekiston ovozi», «Pravda Vostoka»,
«B W » , «O'zbekiston adabiyoti va san’ati»,
«Menejer», «Mulkdor», «PressTIJ», «Tafak-
kur» «Saodat», «Fan va turmush» kabi 600
dan ortiq gazeta va jurnallar bor.
Yoshlar va bolalarning ham ko'pgina om-
maviy nashrlari mavjud. Ular: «Turkiston»,
«Молодёжь Узбекистана», «Tong yulduzi»,
«Солнышко», «Gulxan», «G'uncha». Ishchilar,
paxtakorlar, olimlar, o'qituvchilar, shifokorlar,
ishbilarmon va tadbirkorlar, tijoratchilar, biznes-
menlar, bankirlar, xullas, barcha kishilar gaze-
ta sahifalari orqali muhim masalalarni muhoka-
ma qilad ilar, ba hslasha dilar. G azetaga
shikoyatlar yo'llansa,
ular tekshirilib, natijalari
«Mushtariy xatlari izidan» sarlavhasi ostida
ma’lum qilinishi mumkin.
Jurnal tashqi ko'rinishidan jajji kitobni es-
latadi. Unda ocherk, maqola, hikoya, she’r
va shu kabilar bosiladi.
Jurnallar ham turli xil bo'ladi. Fan va tex-
nikaga, tijorat, moliya, iqtisod, siyosat, ada-
biyot, til, san’at, tarix, filologiyaga oid juda
ko'p jurnallar mavjud.
Shunday jurnallar bor-
ki, ular juda kam nusxada nashr etiladi.
C hunki u la r m uayyan m u ta xa ssisla rg a
mo'ljallangan bo'ladi. Ayrim jurnallar esa juda
ko'p nusxada chop etiladi, xususan sevimli
«Gulxan» va «G'uncha» jurnallari har safar
bosilganda bir galgi tiraji bir necha ming
nusxani tashkil etadi.
Jurnallarning har bir
nusxasini bir emas, kamida besh-o'n kishi
o'qiydi.
O'zbekistonda bolalar uchun yana «Yosh
kuch» jurnali ham nashr etiladi.
Har yili birinchi sentabr arafasida mam
la katim izn in g aloqa b o 'lim la rid a m ayda
harflar bilan bir necha yuz gazeta va jurnal
larning nomi yozilgan qalin kitob paydo
bo'ladi. Siz mana shu kitobdan o'zingizga
yoqqan gazeta va jurnalni tanlab,
obuna
bo'lasiz. Shu bilan Siz yil bo'yi sevimli nashr-
laringiz bilan oshna bo'lasiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi