Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

GALAKTIKA
Qorong'i tunlari beg'ubor, yulduzli osmon­
da siz kuchsizgina nurlanib turgan enli yo'lni 
ko'rishingiz mumkin, u go'yo osmon gar-
www.ziyouz.com kutubxonasi


dishini o‘rab turgandek tuyuladi. Bu yo‘l 
to‘kilgan sut iziga bir oz o'xshaydi, somon 
rangini ham eslatadi, shuning uchun uni 
qadimgilar Somon yo'li deb atashgan.
Hozirgi kuchli teleskoplar bilan kuzatilgan- 
da Somon yo‘li kuchsiz nurlanadigan son- 
sanoqsiz yulduzlarga ajralib ko‘rinadi. Oddiy 
ko‘z bilan qaraganda esa bu yulduzlar go‘yo 
yaxlit yog'dudek tuyuladi.
Somon yo'li ulkan yulduzlar sistemasi — 
Galaktika tarkibiga kiradigan yulduzlarning 
asosiy qismidir. Yer osmonida kuzatiladigan 
boshqa yulduzlar hamda bizning yulduzimiz — 
Quyosh ham Galaktikaga kiradi. Galak- 
tikadagi yulduzlar son-sanoqsiz — yuz mil- 
liardga yaqin. Galaktikaning eng katta 
ko'ndalang o'qi shunchalik ulkanki, yorug'lik 
nuri uni yuz ming yildagina bosib o'tishi 
mumkin. Quyosh — Galaktikaning oddiy yul- 
duzidir. U yulduz sistemasining markazidan 
ko'ra chekkasiga yaqinroq joylashgan. Galak­
tika markazi esa zich, yulduzlar deyarli shar- 
simon to'plamda bo'lib, u Galaktika yadrosi- 
ni tashkil qiladi.
Barcha yulduzlar ana shu Galaktika yadro­
si atrofida aylanadi. Quyosh o'z atrofidagi 
sayyoralar bilan birga Galaktika yadrosini 
180 million yilda to'liq aylanib chiqa oladi. 
Ana shu nihoyatda katta vaqt oralig'i Galak­
tika yili deb ataladi.
Yulduzlardan tashqari, Galaktika tarkibiga 
mayda qattiq kosmik chang va gazlarning 
juda yirik siyrak buluti ham kiradi. Ular chang 
va gaz tumanliklari deb ataladi. Galaktikaning 
ko'p yulduzlari atrofida sayyoralar aylanib yur- 
sa ham ajab emas, lekin hozir mavjud bo'lgan 
eng kuchli teleskoplar yordami bilan ham ular­
ni ko'rib bo'lmaydi.
Galaktikamizning ba’zi sayyoralarida koi- 
notga radiosignallar yuborishga qodir bo'lgan 
aqlli mavjudotlar ham bo'lishi ehtimoldan xoli 
emas. Olimlar kuchli radioteleskoplar yorda­
mida boshqa sayyoralarda yashovchilarning 
radiosignallarini tutishga anchadan beri hara­
kat qilishmoqda. Biroq hozircha bunday sig- 
nallar ushlanganicha yo'q. Bizning Galaktika- 
mizdan tashqari Olamda ko'plab boshqa 
galaktikalar ham bor. Ulardan eng yaqinlari
yer osmonida mayda tuman dog'lari tarzida 
ko'rinadi. Ana shu galaktikalardan bizgacha 
yorug'lik nuri millionlarcha yillarda, ma’lum 
galaktikalarning eng uzoqlaridan esa milliard- 
larcha yillarda yetib keladi.
Agar bizning Galaktikamiz Olamning be- 
poyon okeanidagi yulduzli shahar yoki yuldu- 
zli orol bo'lsa, o'zga galaktikalar Olamning 
boshqa yulduzli shaharlari, boshqa orollaridir. 
Okeandagi orollar kabi galaktikalar u yer - bu 
yerda arxipelaglar — o'nlab va ba’zida esa 
minglab galaktikalar to'dasini hosil qiladi. Biz­
ning Galaktikamiz — eng yirik galaktikalardan 
biri.
Kattalashtiruvchi optik truba — teleskop 
orqali osmonni kuzatgan birinchi inson mash­
hur italyan olimi Galileo Galiley bo'lgan.
1608-yilda Galiley Gollandiyada ko'rish 
trubasi kashf qilinganidan xabar topdi. Uning 
miyasiga o'sha davr uchun nihoyatda dadil 
hisoblangan fikr, o'sha ko'rish trubasini tungi os- 
monga qaratish va osmon jismlarini kuzatish 
fikri kelib qoldi. Shundan so'ng Galiley fan tarix- 
idagi dastlabki ikki teleskopni yasadi. Ular hali 
u qadar takomillashmagan edi: kichigi narsal- 
ami faqat uch marta, kattasi 32 marta kattalash- 
tirib ko'rsatardi. Lekin Galiley ana shu oddiy as­
boblar bilan ham buyuk kashfiyotlar qildi.
1609-yil kuzida u birinchi marta teleskop bi­
lan Oyni kuzatdi va uning sirtidagi notekisliklar
— oy tog'lari va vodiylari borligini aniqladi. De­
mak, o'sha paytlarda ko'pchilik o'ylaganidek Oy 
silliq billur shar emas, balki xuddi yerga 
o'xshagan sayyora ekan.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish