1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH VA
PSIXOLOGIK -PEDAGOGIK
RESPUBLIKA TASHXIS MARKAZI
JIZZAX VILOYATI “ISTIQLOL AVLODI”
IJTIMOIY-IQTISODIY,
HUQUQIY QO’LLAB-QUVVATLASH MARKAZI
“Ko‘rish, eshitish, tushunish” - voyaga yetmaganlarda o‘z
joniga qasd qilish xatti-harakatlarini erta aniqlash bo‘yicha
ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturi
(o‘qituvchilar jamoasi darajasi).
“Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda
ko‘nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish”
Toshkent-2022 yil
2
Ushbu qo‘llanma O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik
pedagogik respublika tashxis markazi ilmiy metodik kengashining 2021-yil
27-dekabrdagi 3-sonli yig‘ilish qarori bilan ma’qullangan va amaliyotga tavsiya etilgan.
Tuzuvchi- muallif:
Kamalova Nazifa Mirzaliyevna
Taqrizchi:
X.Usmonova –
Psixologiya fanlari nomzodi
“Ko‘rish, eshitish, tushunish” - voyaga yetmaganlarda o‘z joniga
qasd qilish xatti-harakatlarini erta aniqlash bo‘yicha ko‘nikmalarni
rivojlantirish dasturi (o‘qituvchilar jamoasi darajasi) nomli
metodik qo‘llanmaga
TAQRIZ
Axborot texnologiyalari davrida yashayotgan inson juda ko‘p ma’lumotlarni
o‘zlashtirishi, ularga javob berib borishi, ma’lumotlar natijasida yuzaga kelayotgan
muammolarini hal qilib borishi oqibatida, kundalik ijtimoiy muammolar uning ruhiy holati,
asab tizimiga turlicha ta’sir ko‘rsatmokda. Shaxs albatta, jamiyatda yashash va o‘z o‘rnini
topish uchun yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda turli qiyinchiliklarga uchrashi
tabiiy holdir. Jumladan, jamiyat hayotida jiddiy siyosiy o‘zgarishlar yuz berganida inson
o‘ziga, o‘zligiga yanada teranroq nazar tashlashga intilib qoladi. Inson umri va hayoti past-
baland, egri-bugri, tekis va notekis so‘qmoqlardan iborat. Bu holat hayotning o‘ziga xos
bo‘lgan sinovidir.
Mazkur metodik qo‘llanmani dolzarbligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta’lim va tarbiya sohalari va
ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmoni, 2019 -
yil 31- dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy
tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlar to‘g‘risidagi” 1059-
sonli qaroridagi vazifalar ijrosi, ya’ni milliy ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida
modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismonan va ma’nan sog‘lom
insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini
oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kabilar bilan
izohlash mumkin.
Ushbu metodik qo‘llanmada rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni yoxud
o‘qishida muammolari bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy psixologik hamda pedagogik
yordam ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish, xatar guruhiga mansub bolalarning ruhiy
holatidagi salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni ijtimoiy muhitga moslashtirish,
o‘smir yoshidagi o‘quvchilar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish (suitsid) muammolarini oldini
3
olish va uni bartaraf etish bo‘yicha eng so‘ngi tadqiqotlarni ilmiy tavsiyalari va pedagogik-
psixologik yondoshuvlar bilan tanishish mumkin.
O‘z joniga qasd qilish yoki o‘zini-o‘zi o‘ldirish holati azal-azaldan kishilik jamiyatida
mavjud bo‘lgan holat hisoblanadi. Bu haqda ko‘plab tarixiy va etnografik ma’lumotlarda aks
ettirilgan Bunga misol qiladigan bo‘lsak, qadimgi yapon Samuraylari, ular uchun asir
tushishdan ko‘ra o‘zini-o‘zi o‘ldirish bu sharaf hisoblangan, yoki qadimgi Misr malikasi
Kleopatriya ham Rim iste’losidan keyin o‘limni afzal bilgan, yoki arab bosqiniga qarshi
kurashgan Muqanna v.b.
Suitsid holatlarini qayd qilib boruvchi dunyodagi eng katta institut Shvetsiyada
joylashgan bo‘lib, uning hisob-kitoblariga ko‘ra Markaziy Yevropa davlatlari bu borada
peshqadam ekanligini ta’kidlashmoqda.
Mazkur metodik qo‘llanada yuqori suitsidal xavf-xatarga ega bo‘lgan depressiv
holatlar sifatida bolalar varianti (6-12 yosh) da sodir bo‘lish va ularda depressiya past darajada
ifodalanishi, zo‘riqish unchalik kuzatilmasligi, bolalar sustkash, charchoqdan arz qilishlari,
ta’sirchan, qaysar bo‘lib qolishlari qayd qilinadi. Bunday bolalarni o‘yinlarida “ko‘mish”
marosimi yaqqol ko‘rinadi (o‘yinchoqlar va uy hayvonlarini ko‘mish; rasmlarda mozor,
tobutlarni ifodalanishi, o‘zining ko‘milishi bilan bog‘liq fantaziyalar). Bunday yoshdagi
suitsidal harakatlar ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Sababi endogen kasalliklar.
Arzimagan nizo ham suitsidal harakatlarni keltirib chiqaradi. Deviant varianti - (10-
12-14 yosh) ilgari xos bo‘lmagan buzilishlar; zo‘riqish, chekish, ichish, daydilik,
intizomsizliklar, kayfiyatsizlik-isyon va namoyishkoronalik deb tushiniladi.
Ipoxondrik varianti (12-14-16 yosh). Somatik arzlar ko‘payadi. Affektlari-xavotir,
zo‘riqish, ta’sirchanlik, yolg‘izlik, tashlandiqlik hissi, tanadagi yoqimsiz hislar davosi yo‘q
kasaldek ko‘rinadi. Kasallik bahonasida darslardan qoladi. Kattalar bilan muloqoti
qiyinlashadi.
Depressiyaning astenik varianti (12-16 yosh). O‘qishdagi qiyinchiliklar ko‘payadi.
Avvalgi qiziqishlar yo‘qoladi, ruhan bo‘shashish, tashabbussizlik, zerikish va umidsizlik
haqida gapiradi. Xavotirlanish ortib boradi, uyqu yetarli, biroq tushlar yo‘qdek. O‘smir
maktabga borishni davom ettiradi, avvalgidek yashashga intiladi, biroq eplay olmaydi.
Nizolarni og‘ir qabul qiladi. Suitsidal harakat emotsional zo‘riqish vaqtida emas, balki psixik
jarohatdan so‘ng amalga oshiriladi. Sababi - psixogen, takrorlanuvchan.
O‘smirlik davriga hos bo‘lgan belgilar tizimidan iborat depressiv variant 16-18 yosh.
Hayot haqida va o‘tmish mohiyati borasidagi fikrlar, o‘limga rozi bo‘lish (sustroq ko‘rinishda).
Zo‘riqish past darajada. Suitsidal harakatlar nizolar bilan bog‘liq emas, o‘lim va hayot haqida
uzoq davom etgan fikrlash oqibatida sodir etiladi. Suitsid muvaffaqiyatsizlikka uchrasa yana
takrorlanadi. Katamnez sust kechuvchi shizofreniyani ko‘rsatadi. Oddiy belgili depressiv holat
(16-18 yosh) Xavotir, qo‘rquv, autoagressiya kuchayadi. Psixik zo‘riqish vaqtida suitsid ro‘y
4
beradi. Suitsidal harakat amalga oshmay qolsa xavotir va depressiya pasayadi, biroq bu holat
aldamchi bo‘lib, yana takrorlanishi mumkin.
Mazkur metodik qo‘llanmada suitsida holatning turlari (haqiqiy, demonstrativ va
noma’lum suitsid), Butun Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan sutsidni sodir etilishi
bo‘yicha davlatlar kesimidagi eng so‘ngi sutsidal holatlar statistikasi va yoshlar orasida
suitsidal xulq-atvorning shakllanish va namayon etilishining ijtimoiy-psixologik sabablari
bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur metodik qo‘llanmaning qimmati shundaki, unda suitsidni sodir bo‘lishiga
sabab bo‘luvchi omillar, suitsidga moyillik asosidagi emotsional buzilish belgilari, suitsidial
xulq-atvor toifalari, yuqori suitsidal xavf- xatarga ega bo‘lgan depressiv holatlar, bolalar va
o‘smirlardagi suitsidal axloq motivlari, yoshlik davridagi suitsidal axloqning o‘ziga xosliklari,
bolalar va o‘smirlarda depressiya alomatlari, ta’lim muassasalarida suitsidning oldini olish
metodikalari, ta’lim muhitida suiqasd profilaktikasi darajalari, suitsid bilan ishlashda maktab
psixologining maslahat jarayonidagi asosiy ish yo‘nalishlari, suitsidal holatlarni
korreksiyalashga qaratilgan psixologik treninglar, ota-onalarga, pedagoglarga o‘smirlarning
suitsidal harakatlari oldini olish bo‘yicha maslahatlar, destruktiv xulqli shaxslar bilan ishlash
usullari kabi ko‘plab eng so‘ngi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Shuning bilan birga mazkur metodik qo‘llanmada tuzatilishi lozim bo‘lgan o‘rinlar
mavjud:
Metodik qo‘llanmani mundarijasini yaratish lozim
Metodik qo‘llanmaga kiritilgan ma’lumotlarni mazmunida kelib chiqib sarlavhalar
berib borish lozim.
Metodik qo‘llanmani oxirida umumiy xulosa va maqsadli, manzilli amaliy tavsiyalar
keltirish maqsadga muvofiq.
Biroq, ko‘rsatilgan juz’iy kamchiliklar mazkur metodik qo‘llanmani ilmiy qimmatini
pasaytirmaydi. Xulosa qilib aytganda, metodik qo‘llanma talablar darajasida tayyorlangan,
uni amaliyotga joriy etish va nashrga tavsiya etish mumkin deb hisoblayman.
O‘quvchilarni kasb – hunarga-yo’naltirish va
psixologik-pedagogik
respublik
tashxis
markazi
tasarrufidagi Kadrlarni malakasini oshirish va qayta
tayyorlash markazi rahbari
Psixologiya fanlari nomzodi
X.Usmanova
Do'stlaringiz bilan baham: |