Homo economicus


Teosentrizm nuqtai nazaridan insonning mohiyatini anglab yetish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

Teosentrizm nuqtai nazaridan insonning mohiyatini anglab yetish

masalan, qadimgi yunon faylasuflari yoki keyingi materialistik falsafiy 
konsepsiyalardagi kabi oqilona fikrlash yo’li bilan emas, balki Muqaddas Kitobda 
ta’riflangan vahiylar yordamida amalga oshiriladi. Bu vahiylarni faqat Injil 
aqidalariga e’tiqod qilish orqali tushunib yetish mumkin. Teosentrizm nuqtai 
nazaridan e’tiqod nuridan charog’on bo’lgan aql dunyodagi ilohiy tartibning 
tarkibiy qismi sanalgan va «Xudoning timsoli» sifatida amal qiladigan insonning 
o’zini emas, balki uning ba’zi bir jihatlarinigina aniqlashga yordam beradi. Ayni 
shu sababli xristianlik, Xudoni oliy mohiyat deb e’tirof etadigan va insonga U 
yaratgan banda sifatida qaraydigan boshqa teosentrik falsafiy tizimlar kabi, insonni 
Xudoning o’zi singari tagiga yetish mumkin bo’lmagan sir, jumboq deb e’lon 
qiladi.
Teosentrizm falsafasini boshqa falsafiy nuqtai nazarlar – antroposentrizm va 
kosmosentrizm siqib chiqara boshlagan 
Uyg’onish davri
da insonga doir 
qarashlarda jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. O’rta asrlarda inson u yoki bu 
korporasiya vakili sifatida amal qilgan bo’lsa, Uyg’onish davrida u o’zlikni 
anglash tuyg’usi va ijtimoiy nuqtai nazari o’sishi natijasida o’z manfaatlarini ifoda 
eta boshladi. Inson shaxs sifatida kamol topdi. U o’zini o’z shaxsiy hayoti va 
taqdirining bunyodkori sifatida tobora kuchliroq anglay boshladi. Inson 
mustaqillikka va tabiatni o’ziga bo’ysundirishga harakat qildi, o’z ijodiy 
imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishona boshladi. Mazkur qarashlar italyan 
faylasufi Piko della Mirandolaning «Inson qadr-qimmati haqida so’z» deb 
nomlangan mashhur asarida o’z aksini topdi. Tasviriy san’at, me’morchilik, axloq, 
estetika, adabiyot va pedagogikani yaxshi tushunadigan har tomonlama komil 
inson o’sha davrning idealiga aylandi. Uyg’onish davri bu idealga to’la mos 
keladigan Leonardo da Vinchi, Alberti Bottichelli, Rafael kabi atoqli shaxslarni 
dunyoga berdi.
O’sha davr falsafasida insonga bo’lgan qiziqishning kuchayishi bilan bir 
qatorda tabiatga bo’lgan qiziqish ham tiklandi. N.Kuzanskiy, J.Brunoning 
panteistik konsepsiyalari xristianlar Xudosini siqib chiqara boshladi. Yunonlarning 
kosmosentrizmi tabiiysentrizm sifatida qayta anglab yetildi. Bunda antik 


faylasuflarning markazida Yer joylashgan pirovard kosmos haqidagi tasavvurlari 
cheksiz va markazsiz kosmosga o’rin bo’shatdi.
Bunday kosmos umumiyroq va kengroq tushuncha – «tabiat» bilan 
tenglashtiriladi. Shundan beri u turli falsafiy tizimlarda faol o’rganiladi. Xususan, 
Ma’rifat davri falsafasida fundamental tushunchaga aylanadi, Shelling ijodida 
markaziy o’rin egallaydi, shuningdek ekologiyaga qarab mo’ljal oluvchi ayrim 
hozirgi falsafiy konsepsiyalarda dunyo va insonni tushunishda tayanch nuqtasi 
hisoblanadi. Mazkur yondashuvga ko’ra inson tabiatning ajralmas qismi sifatida 
qaraladi. Bunday qarashlarning izchil tarafdorlari, masalan, XX asrning ikkinchi 
yarmida rivojlangan ijtimoiy ekologiya namoyandalari e’tiborni haddan tashqari 
keng qaratadigan tabiatdan uning muayyan qismiga – inson o’z hayot faoliyatini 
amalga oshiradigan biosferaga qaratish lozimligini qayd etadilar va bunda 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish