Homo economicus



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

antroposentristik
qarashlardan voz kechib, ularni biosferosentrizm bilan 
almashtirishni talab qiladilar. Biosferosentrizmda falsafiy tadqiqotlar markaziga 
inson o’rniga tabiatni qo’yish taklif qilinadi va shu tariqa tabiat inson ehtiyojlari 
nuqtai nazaridan qaralmaydi, inson mohiyati va uning ehtiyojlari esa tabiiy 
qonunlarni va biosferaning tadrijiy rivojlanish tendensiyalarini bilish nuqtai 
nazaridan tadqiq etiladi.
Yangi davrda inson falsafaning diqqat markazidan tushmadi, lekin unga 
bo’lgan qiziqish asosan, ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki bilan bog’landi. Yangi 
davrda insonga biluvchi subyekt sifatida yondashildi. Masalan, Dekart insonning 
mohiyati, o’ziga xos xususiyatini uning tafakkuri, fikrlash qobiliyatida ko’rdi. 
XVIII asr fransuz materialist faylasuflari (Didro, Golbax, Gelvesiy, Lametri) 
tabiatshunoslik va mexanika sohasida erishilgan hayratomuz yutuqlar ta’sirida 
insonning jonini ong bilan, tanasini esa – avtomat, mashina bilan tenglashtirib, uni 
mexanistik talqin qildilar.
Buyuk nemis faylasufi I.Kant (1724-1804) insonni tushunish yo’lida muhim 
qadam tashladi. U inson betakror mavjudot va u haqda alohida falsafiy mulohaza 
yuritish mumkin, deb hisoblar edi. Ayni vaqtda, u «inson uchun maktab bo’lib 
xizmat qiladigan madaniyat sohasidagi barcha muvaffaqiyatlarning maqsadi 
o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni amalga tatbiq etishdan iboratdir. Ammo bu 
bilimlar tatbiq etilishi mumkin bo’lgan dunyodagi eng muhim predmet insondir, 
zero u o’zi uchun pirovard maqsaddir»
1
, deb qayd etadi.
Dunyoning butun rang-barangligi orasida I.Kant tabiatning turli, lekin bir-biri 
bilan uzviy bog’langan uch darajasi: notirik tabiat, tirik tabiat va inson tabiatini 
farqladi. Uning fikricha, bu darajalarning har birida tabiat o’z qonunlariga, 
chunonchi: notirik tabiat – mexanika qonunlariga, tirik tabiat – maqsadga 
muvofiqlikka bo’ysunadi, inson tabiati esa erkinligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda 
u inson tabiatini qolgan ikki tabiatga bog’lash va ular orqali bilish mumkin 
emasligini ta’kidlaydi. Inson tabiatini faqat uning erkinlikdan kelib chiqadigan o’z 
qonunlariga muvofiq anglab yetish mumkin. Shunday qilib, I.Kant inson tabiatning 
undagi boshqa jonli va jonsiz obyektlar kabi o’ziga to’q obyekti hisoblanishi 
haqidagi fikrni ilgari surish orqali insonni o’rganish uchun yangi imkoniyatlar 
1
Кант И. Соч. Т. 6. – М., 1966.– С.351. 


yaratdi va shu tariqa falsafiy bilimning mustaqil bo’limi sifatida falsafiy 
antropologiyaning yaratilishiga yo’l ochdi.
I.Kantdan keyin nemis klassik falsafasida inson asosan madaniyat dunyosini 
yaratuvchi ma’naviy faoliyat subyekti sifatida, umumiy ideal asos – ruh, aql 
manbai sifatida tushunildi. L.Feyerbax (1804-1872) bu yondashuvga qarshi chiqdi. 
O’sha davrda obyektiv idealizm falsafasida hukm surgan tushunchalar («g’oya», 
«ruh»)ga zid o’laroq, u «inson» kategoriyasini ilgari surdi. Feyerbax insonga 
tarixiy ma’naviy rivojlanish mahsuli sifatida emas, balki avvalo biologik, hissiy-
jismoniy mavjudot sifatida yondashib, undagi tabiiy-biologik asosga murojaat etdi. 
Unda inson Xudo yaratgan banda emas, balki tabiatning bir qismi bo’lib, fransuz 
faylasuflari qayd etganidek mexanizm emas, balki organizmdir.
Ayni shu sababli Feyerbax falsafasi «antropologik materializm» degan nom 
oldi. Uning insonga nisbatan yondashuvi shu bilan tavsiflanadiki, insondagi 
tabiiylik va ijtimoiylik materialistik monizm nuqtai nazaridan tushuntiriladi. Bu 
inson bir vaqtning o’zida notirik va tirik tabiatning tadrijiy rivojlanishi mahsuli 
sanalgan biologik mavjudot sifatida ham, mohiyati ijtimoiy munosabatlar bilan 
belgilanadigan ijtimoiy mavjudot sifatida ham qaralishini anglatadi.
XIX asrdan boshlab Yevropa falsafiy tafakkuri F.Shelling, A.Shopengauer, 
M.Shtirner, S.Kyerkegor, F.Nisshe, N.Berdyayev, A.Bergson kabi faylasuflarning 
sa’y-harakatlari bilan inson mavjudligini individual va tarixiy muayyanlashtirish 
sari yuz burdi. Hayot, sezgilar, xohish-iroda, irrasionallik tushunchalari maxsus 
falsafiy tahlil predmetiga aylandi va keyinchalik ekzistensializm, intuitivizm va 
personalizm falsafasida rivojlantirildi.
Xususan, ekzistensializm nuqtai nazaridan obyektiv dunyo – bu avvalo «inson 
borlig’i» bo’lib, insondan tashqarida dunyo haqida biron-bir gap aytish mumkin 
emas. Inson borlig’i to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi, chunki inson borliq 
xususida savollar beradi, uning mazmunini tashkil etgan holda uni boshdan 
kechiradi, anglab yetadi.
Inson muammosiga qisqacha tarixiy-falsafiy nazar tashlash XX asr boshiga 
kelib falsafada bilimning yangi mustaqil sohasi – inson haqidagi ta’limot, ya’ni 
falsafiy antropologiya vujudga kelishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini 
ko’rsatadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish