Homo economicus


Insonnning bioijtimoiy mohiyati



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

Insonnning bioijtimoiy mohiyati.
Falsafiy antropologiya yechadigan muhim 
muammolar orasida inson biologik va ijtimoiy mohiyatining o’zaro nisbati 
to’g’risidagi masala alohida o’rin egallaydi. Inson jonli tabiatning bir qismi, 
shuningdek biologik evolyusiya mahsuli ekanligi hozirgi zamon tabiatshunosligi 
fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma’rifatli odamlarning keng doirasi 
uchun ham aniq-ravshan va deyarli shak-shubhasiz dalilga aylandi. Har bir inson 
o’z biologik xususiyatlari: genetik kodi, vazni, bo’yi, mijozi, terisi va sochining 
rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko’ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson 
ijtimoiy mavjudot ekanligi, uning o’ziga xosligi va betakrorligi odamzotning 
ijtimoiy tabiati, u kamol topgan, ta’lim-tarbiya olgan, madaniy va axloqiy 
qadriyatlar va mo’ljallarni o’zlashtirgan ijtimoiy muhit bilan belgilanishi ham 
shak-shubhasizdir.
Ayni shu sababli inson individi nafaqat biologik, balki ijtimoiy mavjudot 
sifatida ham o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, insonning 
kamol topishi jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi.
Insonni tushunishda dualizm va monizm.
Odamlar o’rtasidagi biologik va 
ijtimoiy farqlarni va ularni betakrorligini tan olishdan inson tabiatining yaxlitligini 
tushunishga nisbatan ikki muhim yondashuv: dualistik va monistik yondashuvlar 
kelib chiqadi.
Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan 
dualistik
yondashuv 
shundan iboratki, odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan 
esa – mustaqil mohiyat sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy 
jondan tashkil topgan mavjudot sifatida qaraladi. Bu yondashuv, masalan, boqiy 
g’oyalar dunyosida yashaydigan o’lmas jon inson tug’ilayotgan paytda uning 
tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib o’rnashadi, uning o’limidan keyin esa 
vujudni tark etib, yana g’oyalar dunyosiga qayta, deb hisoblagan Platon falsafasida 
ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jonlarning o’lmasligi g’oyasi Sharq falsafiy 
an’anasiga ham xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo’llab-quvvatlaydigan inson talqinining 
monistik
konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg’ulari, fikrlari, emosiyalari va 
kayfiyati inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari 
hayot faoliyatining mahsulidan o’zga narsa emas, degan tushunchadan kelib 
chiqadi. Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko’ra, ruhiy hodisalar qandaydir 
nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun yetarli dalillar mavjud emas, shu 
sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizmida yuz beradigan moddiy 
jarayonlar chegarasidan chetga chiqishning hojati yo’q.
Shunday qilib, tavsiflangan muammo inson o’z tabiatiga ko’ra faqat biologik 
mavjudotmi yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog’lanmaydi. U, 
hyech shubhasiz, ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning o’zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan 
ustunroqmi va inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi qizg’in bahs-
munozaralar predmetidir. Mazkur masalalar hanuzgacha o’zining uzil-kesil 
yechimini topgani yo’q, hozirda mavjud turli biologik, psixologik va falsafiy 
maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish