Homo economicus


Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv
. Biz insonga nisbatan sof 
falsafiy yondashuvga hali qaytamiz va falsafa inson bilan qancha shug’ullanmasin, 
u haqda hamma narsani bilishi va mazkur bilimni uzil-kesil va eng so’nggi haqiqat 
deb hisoblashi mumkin emasligini ko’rsatib beramiz. Hozir esa shuni qayd etishni 
istar edikki, o’zi haqida va o’zini qurshagan dunyo haqida inson falsafa paydo 
bo’lishidan ancha oldin mulohaza yurita boshlagan. Ammo keyinchalik, 
«donolikka muhabbat» paydo bo’lgach ham, inson mavzusi falsafaning diqqat 
markazidan darhol o’rin olgani yo’q.
Insonni qurshagan tabiat haqida bilimlar to’planishi va ularning rivojlanishiga 
qarab, odamzotning o’z-o’ziga bo’lgan qiziqishi ham kuchayib bordi, inson 
borlig’ining bu sohadagi tadqiqotlar uchun yanada kengroq imkoniyatlar 
yaratuvchi yangi va yangi o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Odatda, jamiyat 
hayotida tarixan qisqa vaqt ichida jiddiy va teran o’zgarishlar yuz bergan, insoniy 
munosabatlar negizini tashkil etuvchi eskicha tasavvurlar va qarashlar ta’sirida 
butunlay o’zgargan davrlarda insonga bo’lgan falsafiy qiziqish ayniqsa kuchaygan. 
Bunday davrlarda falsafada insonning mohiyati, uning burchi, vazifasi va yuz 
berayotgan voqyealar uchun javobgarligi haqidagi azaliy masalalarga bo’lgan 
qiziqish yana kuchaygan. Shunday qilib, falsafaning ontologiya, gnoseologiya, 
etika, estetika kabi bo’limlari bilan bir qatorda, inson haqidagi bilimlar sohasi asta-
sekin shakllanib bordi. Bu yerda inson nafaqat turli tomonlardan tahlil qilindi, 
balki uning ijtimoiy, tabiiy va kosmik jarayonlar bilan o’zaro aloqalari ham 
o’rganildi.
Xo’sh, bilimning bu sohasida asrlar mobaynida qanday ijobiy bilimlar 
to’plangan? Insonni tushunish borasida taraqqiyotga erishildimi? Falsafa va fan 
sohasida erishilgan insonning mohiyatini tavsiflovchi, uning muhim xususiyatlarini 
yoritib beruvchi qanday shak-shubhasiz yutuqlarni qayd etish mumkin? 
Insonni bilish borasidagi ko’p asrlik sa’y-harakatlarni bir yerga jamlab, 
ularning orasidan uzil-kesil yechilgan deb hisoblash mumkin bo’lganlarini ajratib 
olsak, shak-shubhasiz yutuqlar soni uncha ko’p bo’lmaydi. Ular orasida avvalo shu 
dalilni qayd etish lozimki, insonning paydo bo’lishi Yerda hayotning rivojlanishi 
bilan uzviy bog’liq bo’lib, u o’z ibtidosi va muayyan tarixiga egadir. Xususan, 


1982 yil Vatikandagi Rim Papasi fanlar akademiyasi tashkil etgan kongress 
ishtirokchilari – dunyoga mashhur antropologlar, bioximiklar va genetiklar hozirgi 
zamon tabiatshunosligiga tayanib, inson va hayvonot dunyosi o’rtasida yaqin aloqa 
mavjud, degan umumiy xulosaga keldilar.
Inson va uni qurshagan dunyo tadrijiy rivojlanishini isbotlangan deb hisoblash 
mumkin. Bu nafaqat arxeologiya va Yer geologik tarixi bilan tasdiqlanadi, balki 
Yerdagi hayotga doir hozirgi tasavvurlardan va umumiy e’tirof etilgan «kengayib 
boruvchi Olam» nazariyasi tushuntiradigan dunyodagi evolyusion jarayonlardan 
ham kelib chiqadi.
Biroq fan, ayniqsa genetika ba’zan bizning avvalgi tasavvurlarimizni butunlay 
o’zgartiradigan yangi kashfiyotlar qilishda davom etmoqda. Xususan, jonli 
mavjudotlarning biologik nusxalarini yaratish imkoniyatini beruvchi klonlash 
ketidan genetiklar, shov-shuvga sabab bo’lgan eng so’nggi xabarlarga ko’ra, 
qadimgi faylasuflarning ilgari faqat odatdagi tajribaga tayangan o’lmaydigan odam 
yo’qligi haqidagi taxminiy (induktiv) xulosani jiddiy shubha ostida qoldirishga 
qodir natijaga yaqinlashdilar. Jumladan, italyan olimlari sut emizuvchilarning 
qarish jarayonini P66ShC sifatida ma’lum bo’lgan alohida gen boshqarishini 
aniqladilar. Ular mazkur genni «nazorat osti»ga olish va shu tariqa sinalayotgan 
hayvonlar umrini populyasiya bo’yicha umrning o’rtacha uzunlik ko’rsatkichiga 
nisbatan 35% ga uzaytirishga muvaffaq bo’ldilar.
Shunga qaramay, bugungi kunda jismoniy umrboqiylik ilmiy nuqtai nazardan 
biologiyaning fundamental qonunlariga zid hisoblanadi. Bu qonunlarga muvofiq 
hujayralarning bo’linish yo’li bilan ko’payish qobiliyatining susayib borishi inson 
hayotini cheklaydi. Xususan, insonning yetuk organizmi taxminan 50 000 milliard 
hujayradan iborat ekanligi aniqlangan. «Odamda uning umri mobaynida bir 
hujayra avlodida ketma-ket bo’linishlar soni elliktagacha bo’ladi. Bo’linish 
jarayonlari maromini hisobga olganda, shuni taxmin qilish mumkinki, inson 
umrining uzunligi (ba’zi bir istisno hollardan tashqari) 110 yoshdan oshishi 
mumkin emas»
1
.
Biroq fan bir joyda to’xtab turgani yo’q va shu bois matbuotda vaqti-vaqti 
bilan paydo bo’layotgan genetik olimlarning hujayra qarishini to’xtatadigan 
moddani topish, shuningdek organizmda mazkur moddaning ajralishini 
boshqaradigan genni aniqlash borasidagi urinishlari haqidagi xabarlar o’ziga jiddiy 
e’tibor berishni talab qiladi.
Inson nima va uning mohiyati qanday degan savollarga javob topish uchun 
yo’l ochadigan ba’zi bir muhim muammolarning ta’riflanishini ham ilmiy 
tadqiqotlarning shak-shubhasiz natijasi deb hisoblash lozim. Ularning eng muhimi 
– insonning kelib chiqishi, shuningdek ong, til, ijod, axloq, ma’naviyat va shu 
kabilarning tabiatini aniqlashdir.
Ko’rsatilgan muammolarni anglab yetishga ahd qilgan har qanday odam,
o
hayot nima? 
o
birinchi odam qayerda va qachon paydo bo’lgan? 
o
inson ma’naviyatining tabiati qanday? 
1
Годфруа Ж. Что такое психология. – М.: 1996. Т. 2. – С.10. 


o
Yerda inson paydo bo’lishining sababi nimada? 
o
bunda muayyan mantiq, qonuniyat, azaldan belgilangan muqarrarlik 
mavjudmi yoki bunga qandaydir tasodif, anomaliya, kimningdir xohish-istagi 
sabab bo’lganmi? 
o
hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi? 
o
inson butun Koinotdagi birdan-bir aqlli mavjudotmi?, kabi masalalarni 
e’tibordan chetda qoldirishi mumkin emas. 
Bu va boshqa shunga o’xshash masalalar yechimini topish ustida falsafiy 
tafakkur ham, ilmiy tafakkur ham tinimsiz izlanadi. Ammo tabiatshunoslik uchun 
ularning aksariyati nafaqat mushkul, balki yechib bo’lmaydigan, ba’zi bir hollarda 
esa umuman ochiq masalalar hisoblanadi, chunki ular xususida mavjud bilimlar 
shu qadar oz, yuzaki va muammolarga to’laki, bunday bilimlarga asoslangan 
mulohazalar (boshqacha mulohazalar umuman mavjud emas) o’zining ishonchlilik 
darajasiga ko’ra taxminiy xususiyatga ega bo’lishi mumkin.
Ammo fan o’z kuchini yo’qotgan, yoki, hali kuchga to’lmagan joyda aniq 
ta’riflar, bir xillashtirilgan til, yagona metodologiya va ishonchli dalillar bilan 
cheklanmagan falsafa o’zini erkin his qiladi. Bu muayyan soha – antropologiyada 
o’z ifodasini topadi. 
Falsafa «boqiy» masalalarni o’rganar va butun borliqning dastlabki asoslari 
va muhim qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil yechimlar va 
shak-shubhasiz javoblar olishga da’vogarlik qilmaydi. Sinovdan o’tkazilgan 
dalillar va isbotlangan asoslarning yo’qligi uni xijolatga solmaydi, zero falsafa 
intuisiya, g’oyibona ta’sir, ilhom, mantiqiy kuchga asoslangan farazlar, taxminlar, 
to’ldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga mavjud bilimlar va shakllangan 
tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq isbotlangan ilmiy yechimga ega 
bo’lmagan narsa yoki hodisani o’zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. 
Shu tariqa falsafa insonni bilish chegaralarini kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq 
darajaga ko’taradi, balki yangi muammolarni qo’yish imkonini beruvchi yangicha 
yondashuvlar, o’zgacha nuqtai nazarlar va eng muhimi – eski muammolarning 
yangicha talqinlari bilan boyitadi.
Shu ma’noda S.Sheroziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan savolga 
hyech ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob 
beradi
6
. Dunyoga keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim
7

Shunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson bilan 
bog’liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan 
farqli o’laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil yechimi 
topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi 
xususida olimlar orasida to’la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon 
tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. 
Ammo fandan farqli o’laroq, falsafaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u 
har qanday hodisani o’rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va 
mo’ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni shu sababli bu yerda u yoki bu 
faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, 
6
Қаранг: Саъдий Шерозий. Рубоийлар. –Т.: Шарқ, 1995. –Б.26
7
Саъдий Шерозий. Рубоийлар. Рубоийлар–Т.: Шарқ, 1995. –Б. 26


muhim rol o’ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd 
etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan 
faylasufning boshqa narsalarga bo’lgan tegishli munosabati, uning umumiy va 
xususiy masalalarga doir falsafiy pozisiyasi kelib chiqadi.
Shunday qilib, bilimni umumiy maxrajga keltirish an’anasi uzoq vaqt hukm 
surgan fandan farqli o’laroq, falsafa har xil, shu jumladan bir-birini istisno etadigan 
nuqtai nazarlarni ilgari suradi, ayni bir hodisalar va obyektlarni tushunishga 
nisbatan har xil yondashuvlarni ta’riflaydi. Insonni tushunishga doir turli-tuman 
falsafiy konsepsiyalarning ko’pligi ayni shu hol bilan izohlanadi. Bu 
konsepsiyalarda inson azaldan dam umumiy obraz sifatida, dam o’z individual 
borlig’idagi muayyan odam sifatida, dam boshqa odamlar, jamoa, jamiyat, 
insoniyat bilan, nihoyat, tabiat, kosmos bilan uzviy bog’liq bo’lgan aqlli mavjudot 
sifatida talqin qilinadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish